Qovoqvoy
34 subscribers
5 photos
1 link
Download Telegram
Sizlarni ham uyqusizlik bezovta qiladimi?
Va nihoyat ma-qistirlik darajasini ham qo'lga kiritdim)
.
Hamma salomatmi?
Bolaligimda sham yorug'ida o'tirganda, taxminan, 2023-yilda kamida uchar taksida ketayotganimni tasavvur qilardim. Kecha chiroq o‘chganida esga tushib ketdi...

© Qovoqvoy
Ashaddiy muxlis ekansizlar lekin bor-ku
Ashaddiylar qolibdi-ku faqat
#qovoqlandiya
— Qayta kanal ochmadingizmi, brat?
— Hozir "otkat" keladigan kanallarga qiziqib turibman
#qovoqcha_logika
Aytishlaricha, Boycott so'zini hayotiy tajribasiga asoslangan qovoqlandiyalik ba'zi kambag'al qovoqlar iste'molga kiritgan ekan...
Murakkab jarayonlar ichida qolaman ko'pincha. Qizig'i ularning paydo bo'lishiga sababchi o'zimman. Yo'qsa ikki yil uchun mo'ljallangan dissertatsiyani yozishni ikki kun qolganda boshlaymanmi🤦‍♂
Yo uyoqli, yo buyoqli qilamiz nasib endi
Davlat ishida "tanka"siz ishlamoqchi ekansan, ikkisidan birini ichishing kerak.
1. Moviy rangdagisi. Yillar davomida o'qiysan, ishga kirasan. Chumolidek ishlaysan, lekin arzimagan xatong uchun fildek gap eshitasan.
2. Qizilida ham xuddi shu shart, faqat qulupnayli.
- Сўнгги ижтимоий-сиёсий жараёнларга қандан фикр билдира оласиз?
- Цы, цы, цыы...
#qovoq_FM
Boshlig'i urishgan va o'rniga boshqa xodim olishi mumkinligi bilan tahdid qilingan xodimlar uchun Sultonposhsha O'dayevaning "Hoy oq ilon, oppoq ilon" deb nomlangan qo'shig'ini eshittiramiz.
Bolalikdagi jumboqlardan biri...
#qoramtir_yumor
Soch oldiryapman. Penalti tugadi. G'alaba-a-a!..

Sartaroshning ishontirishicha, bitta quloq bilan ham bemalol yaxshi eshitish mumkin ekan...
#luqma
Fikri ojizimcha, kosmosga ham tahorat bilan chiqqan ma'qul. Endi-da, bilib bo'ladimi...
#poliklinikada
— Sizlar xususiy klinikaga yo'llanma yozib berishdan boshqa yana nimadir ish qila olasizlarmi o'zi?
Birovi o'z sahifasiga "Hech nima qilmaydigan odamlardan ko'p maslahat chiqadi", deb post yozib qo'yibdi.

Shu insonga ba'zi maslahatlarimni yozib qo'ydim. Shaxsiydan yozsa word faylini tashlab beraman.