Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.6K photos
1.01K videos
2 files
12.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
☝️ 2024-yil 26-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar muhokama qilindi.

🔹 Xususan, Qonunchilik palatasining joriy yil 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

🔹 Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining fevral oyi oxirgi haftasida o‘z okruglaridagi uchrashuvlarini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

🔹 Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

☝️ 2024-yil 27-fevral kuni soat 11:00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Qonunchilik palatasi Parlament axborot markazi

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
O‘zbekiston vakili BMT Kengashining 55-sessiyasida so‘zga chiqdi

Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi. Sessiyaning Oliy darajadagi segmentida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov so‘zga chiqdi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO