Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.8K photos
1.02K videos
2 files
12.5K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

👉 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda.

👉 Majlisda qayd etilganidek, fuqarolar psixologni, psixologik yordam shakli, turi va shart-sharoitlarini mustaqil tanlash, o‘ziga ko‘rsatilgan psixologik yordam shakli, turi va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida hujjatdan ko‘chirma olish va psixogolik yordam ko‘rsatilishi natijasida ma’lum bo‘ladigan shaxsiy ma’lumotlarining sir saqlanishi va boshqa bir qator huquqlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bu endilikda psixologlarning mas’uliyati oshishi, ularning muntazam o‘z bilimlarini oshirib borishi, natijada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan psixologik yordam sifati yaxshilanishiga zamin yaratadi.
_______________________

👉 При этом Кодекс Республики Узбекистан об административной ответственности дополнен отдельной статьей, определяющей ответственность за оказание психологической помощи лицом, не имеющим такого права либо без соблюдения ограничений, определенных законодательством об оказании психологической помощи населению.

👉 Отмечалось, граждане имеют право самостоятельно выбирать психолога, форму, вид и условия оказания психологической помощи, получать выписку из документа о форме, виде и иные сведения оказываемой им психологической помощи, а также сохранять конфиденциальность своей личной информации, усиливается ряд и других прав. Это служит повышению ответственности психологов, совершенствованию на постоянной основе их знаний, в результате улучшится качество оказываемой психологической помощи гражданам.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Qonun loyihasining qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy poydevori yaratilishiga, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, aholini sifatsiz psixologik yordamdan himoya qilish, mamlakatimizda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini takomillashtirish, malakali psixologlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

➡️ Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 Принятие законопроекта послужит созданию правовой основы в сфере оказания психологической помощи населению, удовлетворению потребностей граждан в получении психологической помощи, защите населения от оказания некачественной психологической помощи, совершенствованию деятельности психологов, ведущих частную практику и поддержке квалифицированных психологов.

➡️ Законопроект принят депутатами во третьем чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Majlisda “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar nazarda tutilmoqda. Shu asosda, qonun loyihasida foydali qazilmalarning tasnifi yanada aniqlashtirilmoqda.

🔹 Shuningdek, yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni berish, hisobotlarni qabul qilish va boshqa sohadagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida “yagona darcha” prinsipi joriy etilmoqda. Investitsiya jozibadorligini keskin oshirish maqsadida davlat organi nazorati ostida yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomasini litsenziat tomonidan tasarruf etish (sotish, garovga qo‘yish yoki boshqa shaxslarga o‘tkazish) mexanizmi joriy etilmoqda.
_______________________

🔹 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона «О недрах».

🔹 Данный законопроект предусматривает нормы прямого действия, регулирующие отношения в сфере. Исходя из этого, в законопроекте уточняется классификация полезных ископаемых.

Также внедряется принцип «единого окна» в процесс выдачи разрешений на право пользования участками недр, приема отчетности и оказания других государственных услуг в сфере.

🔹 В целях резкого повышения инвестиционной привлекательности вводится механизм распоряжения лицензиатом разрешения на право пользования участком недр (реализация, залог или передача другим лицам) под контролем государственного органа.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☑️ Shu bilan birga, geologik axborotga bo‘lgan mulk huquqi, investorlar tomonidan uni alamashish va realizatsiya qilish normalari takomillashtirilmoqda. Yer qa’ridan foydalanish shart-sharoitlari bo‘yicha ba’zi foydali qazilmalarni o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uglevodorodlar yo‘nalishi keskin kuchaytirilib, xalqaro amaliyotdagi zamonaviy normalar bilan to‘ldirilmoqda.

☑️ Uglevodorodlar rekognossirovkasi, geologik jihatdan o‘rganish va qazib olishning normalari alohida moddalarda aks ettirilmoqda. Uran qazib olish va shu bilan bog‘liq jarayonda radiatsiyaviy xavfsizlik, shuningdek Xalqaro atom energetikasi talablari bilan bog‘liq holda qo‘shimcha talablar belgilanmoqda.

☑️ Bundan tashqari, noruda qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish va qazib olish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirishning aniq tartibi hamda ruxsatnomalarga ega yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilanib, davriy va yakuniy hisobotlarni taqdim etish, qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish hamda qazib olishning yillik minimal xarajatlari belgilanmoqda.
_______________________

☑️ При этом совершенствуются нормы имущественного права на геологическую информацию, ее обмена и реализации инвесторами. Исходя из специфических особенностей отдельных полезных ископаемых по условиям недропользования, резко усилено и детально наполнено современными нормами международной практики направление углеводородов.

☑️ В отдельных статьях отражены нормы по рекогносцировке, геологическому изучению и добыче углеводородов. Определяются дополнительные требования по радиационной безопасности при добыче урана и связанных с ним процессов, а также Международного агентства по атомной энергии.

☑️ Кроме того, определяются точный порядок оформления разрешений на геологическое изучение и добычу нерудных полезных ископаемых, права и обязанности недропользователей, по сдаче периодических и итоговых отчетов, по годовым минимальным затратам на геологическое изучение, а также по добыче полезных ископаемых.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi yer osti boyliklarini ma’suliyat bilan geologik jihatdan o‘rganish, ulardan foydalanish va muhofaza etishni zamonaviy standartlar asosida samarali va tizimli yo‘lga qo‘yishga, sohaga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jadallashtirish hisobiga mavjud xomashyo negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish, olis hududlarda barqaror yangi ish o‘rinlarini xizmat qiladi.

👉 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

☝️ По мнению депутатов, принятие данного законопроекта послужит эффективному и системному геологическому изучению, их использованию и охране на основе современных стандартов, вводу в эксплуатацию современных производств на базе имеющегося сырья за счет ускорения притока местных и иностранных инвестиций в отрасль, созданию устойчивых рабочих мест в отдаленных регионах.

👉 Законопроект принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔰 Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilinmoqda.
_______________________

🔰 На заседании концептуально в первом чтении обсуждается проект закона «О внесении дополнений и изменений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан, направленных на определение порядка осуществления просветительской деятельности», разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Qonun loyihasida
quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi yangi 59-4-modda bilan to‘ldirilib, ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ikkinchidan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 14-1-modda bilan to‘ldirilib, mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirish talablari belgilanmoqda. Jumladan:

– ma’rifiy faoliyat insonni shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda;

– ma’rifiy faoliyatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin ekanligi ko‘zda tutilmoqda;
– ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishi taqiqlangan shaxslar doirasi belgilanmoqda;

– ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shakllari, uni amalga oshirish talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Законопроектом предусматривается следующее:

Во-первых, Кодекс об административной ответственности дополнен новой статьей 59-4, которой устанавливается ответственность за случаи несоблюдения просветительской деятельности лицом, не имеющим права заниматься такой деятельностью, либо несоблюдение ограничений, установленных законодательством на осуществление подобной деятельности.

Во-вторых, Закон «Об образовании» дополнен статьей 14-1, путем этих дополнений и изменений определяются требования к осуществлению деятельности в этой сфере. В частности:
– просветительская деятельность не охватываемый государственными образовательными стандартами вид деятельности, направленный на формирование необходимых навыков и квалификаций для личностного, интеллектуального и духовного развития лица, повышение социальной и экономической активности, демонстрацию интеллектуального и творческого потенциала, совершенствование индивидуального потенциала, умений, коммуникативных способностей.

– предусматривается, что просветительская деятельность может осуществляться органами исполнительной власти страны, местными органами государственной власти, органами самоуправления граждан, физическими и юридическими лицами с учетом требований, предусмотренных законодательством;

– определяется круг лиц, которым запрещено осуществлять просветительскую деятельность;

– предусматривается, что порядок, формы, требования и условия осуществления просветительской деятельности определяются Кабинетом Министров

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi, noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

➡️ Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 По словам депутатов, с принятием законопроекта будет прекращено беспорядочное осуществление просветительской деятельности, усилена ответственность в отношении лиц, занимающихся незаконной просветительской деятельностью.

➡️ Законопроект принят депутатами во третьем чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida tanaffus e’lon qilindi.
_______________________

☝️ На заседании Законодательной палаты объявлен перерыв.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Yalpi_majlis

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

♻️ На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса концептуально рассмотрен в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении дополнений и изменений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан», разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Ta’kidlanganidek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunda sog‘liqni saqlash amaliyotida tashxis qo‘yish va davolashning faqat qo‘llashga ruxsat etilgan usullaridan foydalanilishi belgilangan. Ammo tashxis qo‘yish va davolashning ruxsat etilmagan usullarini qo‘llagan holda tibbiy yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.

➡️ Natijada, ayrim shaxslar moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ruxsat etilmagan usullarni, shu jumladan xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatib, insonlarning sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirmoqda.
_______________________

➡️ Отмечено, Закон «Об охране здоровья граждан» предусматривает использование в практике здравоохранения только разрешенные методы диагностики и лечения. Однако не предусмотрены меры ответственности за оказание медицинской помощи с использованием неразрешенных методов диагностики и лечения.

➡️ В результате некоторые лица подвергают опасности здоровье и жизнь людей, оказывая им услуги по диагностике и лечению заболеваний неразрешенными методами, в том числе не связанными с народной медициной, за счет получения материальных ценностей или имущественной выгоды.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun bilan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik, shuningdek xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy naf olish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

🔹 Shu bilan birga, mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

➡️ Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔹 Проектом закона вводится административная ответственность за оказание гражданам услуг по медицинской диагностике и лечению граждан лицом, не имеющим права осуществлять деятельность в области народной медицины, а также услуг с применением неразрешенных в направлении народной медицины методов за получение материальных ценностей или имущественной выгоды.

🔹 Вместе с тем, устанавливается административная ответственность за публичную пропаганду данных услуг. Кроме того, Закон Республики Узбекистан «О рекламе» дополняется нормой, запрещающей рекламу услуг по медицинской диагностике и лечению граждан с применением неразрешенных в направлении народной медицины методов.

➡️ Законопроект принят депутатами во третьем чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM