Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.8K subscribers
18K photos
1.03K videos
2 files
12.5K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

☝️ Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilinmoqda.
_______________________

☝️ На заседании во втором чтении постатейно рассматривается проект закона «О внесении изменений и дополнений в Закон Республики Узбекистан «О правовом положении иностранных граждан и лиц без гражданства в Республике Узбекистан», разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Qayd etilganidek, qonun loyihasi hozirgi globallashuv sharoitida O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash zaruratidan kelib chiqadi.

🔹 Qonun loyihasi bilan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topish asoslari va tartibi belgilanmoqda.

🔹 Mazkur shaxslar tomonidan O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi mazmundagi ommaviy chiqishlar qilish yoxud harakatlar sodir etish ularni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topish uchun asos bo‘lishi belgilanmoqda.

🔹 Shuningdek, mazkur toifadagi chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishni taqiqlash taklif etilmoqda. Qonun loyihasida mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni deportatsiya qilish asoslari va tartibi ham nazarda tutilgan.
_______________________

🔹 Отмечалось, законопроект обусловлен необходимостью установления в современных условиях глобализации дополнительных мер по защите суверенитета и территориальной целостности Узбекистана.

🔹 Проектом закона определяются основы и порядок признания неприемлемым пребывание иностранных граждан и лиц без гражданства в Республике Узбекистан.

🔹 Основаниями для признания неприемлемым их пребывание в нашей стране могут стать публичные призывы или действия противоречащие государственному суверенитету, территориальной целостности и безопасности Узбекистана, провоцирующие межгосударственную, социальную, национальную, расовую и религиозную вражду, дискредитирующие честь, достоинство, историю народа Узбекистана.

🔹 Также предлагается на пять лет запретить иностранным гражданам или лицам без гражданства этой категории въезд в Узбекистан, открытие банковских счетов, приобретение недвижимости, участие в приватизации государственного имущества, вступление в финансовые и договорные отношения.
Законопроектом также определяются основа и порядок депортации лиц, которым не разрешено находиться в стране.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Munozaralar davomida deputatlar tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini mustahkamlashga, yurtimizda davlatlararo, millatlararo, dinlararo ahillik, totuvlikni himoya qilishga hamda O‘zbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixi hurmat qilinishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

Отмечено, принятие законопроекта послужит укреплению государственного суверенитета, территориальной целостности и безопасности Узбекистана, защите межгосударственного, межэтнического, межрелигиозного согласия, обеспечению проявления уважения чести, достоинства и истории народа Узбекистана.

👉 На заседании проект закона принят в третьем чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Majlisida yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.
_______________________

🔰 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на совершенствование механизмов эффективного использования земельных участков и предупреждения правонарушений в данной сфере.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Qonun loyihasi bilan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari cudlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat egaligidagi yer uchastkalarini qaytarish hamda noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rib chiqishning alohida tartibini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq ariza kiritganda davlat bojidan ozod etilishi belgilanmoqda.
_______________________

Данным законопроектом усилены меры ответственности за деяния, связанные с нарушением требований законодательства об использовании земли. В частности, в Уголовном кодексе и Кодексе об административной ответственности, Уголовно-процессуальном кодексе предусматривается, что расследование преступлений, связанных с самовольным захватом земельных участков, относятся к полномочиям органов прокуратуры.

Кроме того, Экономический и Гражданский процессуальный кодексы дополняются отдельными главами, устанавливающими особый порядок рассмотрения в судах дел, связанных с возвратом самовольно захваченных земельных участков, находящихся в государственной собственности и сносом незаконных построений.

Также устанавливается, что органы государственной власти на местах освобождаются от уплаты государственной пошлины при подаче в гражданские и экономические суды заявлений о нарушениях земельного законодательства.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Deputatlarning qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlashga, yerlarni noqonuniy egallab olishning oldini olishga, yer qonunchiligiga rioya qilishga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

☝️ По мнению депутатов, принятие законопроекта послужит обеспечению рационального и целевого использования земельных ресурсов, предотвращению незаконного захвата земель и соблюдению земельного законодательства.

👉 Законопроект принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☑️ Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

☑️ На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан по дальнейшему укреплению прав детей».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘shimcha bandlar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

➡️ Ya’ni, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini tayinlash belgilanmoqda.

➡️ Shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilishga, ya’ni bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’lim berayotgan shaxslar ixtiyoriga diniy ta’lim olishi uchun topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.
_______________________

➡️ Проектом закона предусматривается дополнение статьи 47 Кодекса об административной ответственности дополнительными частями, предусматривающими установление административной ответственности за незаконное вовлечение ребенка в процесс религиозного воспитания родителями или лицами, их заменяющими.

➡️ То есть в случае незаконного вовлечения ребенка в процесс религиозного воспитания родителями или лицами, их заменяющими, будет наложен штраф в размере от 10 до 15 базовых расчетных величин. Если то же правонарушение повторяется в течение года после применения административного взыскания, то это влечет наложение штрафа в размере от 15 до 25 БРВ или административный арест на срок до 15 суток.

➡️ Также не допускается привлечение ребенка родителями или лицами, их заменяющими, к процессу религиозного воспитания в нарушение закона, то есть передача ребенка для получения религиозного образования незарегистрированным или не имеющим лицензии организациям либо лицам, не имеющим специального религиозного образования и осуществляющим религиозное обучение без разрешения центрального органа управления религиозными организациями в Республике Узбекистан.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔹 Majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

🔹 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона «Об оказании психологической помощи населению», разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan mamlakatimizda aholiga psixologik yordam ko‘rsatishni huquqiy jihatdan tartibga solish, jumladan, psixologik yordam ko‘rsatish borasidagi asosiy tushunchalarning mazmunini huquqiy jihatdan mustahkamlash, aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari hamda standartlari belgilanmoqda.

➡️ Bunda, psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs rahbari psixologiya sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi nazarda tutilmoqda.

➡️ Shu bilan birga, psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalarini aniqlashtirish, aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish ko‘zda tutilyapti.
_______________________

➡️ Законопроектом предусмотрено правовое регулирование оказания психологической помощи населению в нашей стране, в том числе правовое закрепление содержания основных понятий оказания психологической помощи, основных принципов, задач, видов, форм и стандартов оказания психологической помощи населению.

➡️ При этом предлагается, что стандарты психологической помощи должны быть разработаны и утверждены Министерством здравоохранения, а руководитель юридического лица, осуществляющего психологическую помощь, должен иметь высшее образование в области психологии.

➡️ Наряду с этим предусматривается определить права и обязанности участников сферы психологической помощи, уточнить категории лиц, которым оказывается бесплатная психологическая помощь, а также создать правовую основу для деятельности профессиональных ассоциаций в сфере оказания психологической помощи населению.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatish, ushbu sohadagi tadqiqot va ilmiy tajribalar o‘tkazish masalalari hamda psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks psixologik yordam ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda. Endilikda, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi taklif etilmoqda.
_______________________

Кроме того, определяются меры административной ответственности за оказание психологической помощи в организациях образования, проведение исследований и научных экспериментов в этой области, а также оказание психологической помощи лицом, не имеющим права на оказание психологической помощи.

В частности, Кодекс об административной ответственности дополняется нормами, предусматривающими ответственность за нарушение порядка оказания психологической помощи. Теперь оказание психологической помощи лицом, не имеющим такого права, либо несоблюдение ограничений, установленных законодательством о предоставлении психологической помощи, влечет наложение штрафа на граждан в размере от пяти до десяти, а на должностных лиц – от десяти до пятнадцати базовых расчетных величин.

Дела, связанные с нарушениями законодательства об оказании психологической помощи, предлагается рассматривать судами по уголовным делам.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlarning qonuniy faoliyat olib borishi ta’minlashga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

♻️ Принятие предлагаемого законопроекта послужит созданию правовой основы для оказания психологической помощи населению, удовлетворению потребностей граждан в психологической помощи, обеспечению правовой деятельности психологов, занимающихся частной практикой.

👉 Законопроект принят депутатами в первом чтении.


Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

🔰 На заседании в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении дополнения в статью 11 Закона Республики Узбекистан «О государственной пошлине», разработанный депутатами на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Mazkur qonun loyihasi bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan turar-joy bilan ta’minlashda mazkur ko‘chmas mulklarni ularning nomiga rasmiylashtirish bo‘yicha notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.

➡️ Amaldagi qonunga ko‘ra, uy-joylar Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, agar boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanishi belgilangan.

➡️ Shu munosabat bilan, qonun loyihasining notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etish to‘g‘risidagi 11-moddasi “yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar – ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylar ularning nomiga rasmiylashtirib berilganligi uchun”, degan qo‘shimcha band bilan to‘ldirilmoqda.
_______________________

➡️ Данным законопроектом устанавливается освобождение детей-сирот и детей, лишенных родительской опеки от государственной пошлины при совершении нотариальных действий за оформление на свое имя недвижимого имущества при обеспечении жилищем со стороны государства.

➡️ Согласно действующему закону, если дома расположены в городах Ташкент, Нукус и областных центрах, госпошлина уплачивается в размере 1БРВ, если же в других населенных пунктах, то 50% БРВ.

➡️ В связи с этим, законопроектом предлагается статью 11 закона об освобождении от уплаты госпошлины при совершении нотариальных действий дополнить пунктом «дети-сироты и дети, лишенные родительской опеки – за оформление на их имя жилья, приобретенного для них государством на вторичном рынке».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

👉 На заседании законопроект принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Majlisda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarovning “Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar orasida kasalliklarning profilaktikasi hamda ularni davolash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi istiqbol rejalar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida qaror qabul qilindi.
_______________________

☝️ На заседании принято постановление о заслушивании информации исполняющего обязанности министра здравоохранения А. Худаярова «О состоянии работы по профилактике и лечению заболеваний среди детей и подростков в стране, а также о перспективных планах в области здравоохранения».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO