Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.8K subscribers
18.6K photos
1.06K videos
2 files
13K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
Vazirdan asoslantirilgan javob taqdim etish so‘raldi

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X. Umarovaga “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborilgan edi.

🔹 Unda umumta’lim maktablarida tibbiyot xonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni zarur tibbiy jihozlar, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgan.

🔹 2024-yil 14-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida mazkur parlament so‘roviga kelgan javob deputatlar, tegishli vazirlik vakillari ishtirokida dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_ichida

Hafta davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhim tadbirlar haqida

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Parlament bilimdoni” tanlovining 2-bosqich natijalari bilan tanishing!

➡️ 12-17-iyun kunlari tanlovning ikkinchi bosqichida avvalgi bosqichda muvaffaqiyatli qatnashgan jami 100 nafar yoshlar maxsus bot orqali test sinovida ishtirok etdi.

➡️ Ikkinchi bosqichda eng ko‘p to‘g‘ri savollarga javob bergan ishtirokchilar uchinchi bosqichda qatnashadi.

📌 Uchinchi bosqich 19-25-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda har bir yosh kategoriyasidan 15 nafardan jami 30 nafar ishtirokchi og‘zaki savol-javobda ishtirok etadi.

☝️ Ikkinchi bosqich g‘oliblari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

– mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan Rais boshchilik qilishi;

– xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi;

– kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida Konstitutsiyamizda kafolatlangan normalar bilan bir qatorda “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” kabi yangi institutlar kiritilmoqda.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Issiqxona gazlari chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari belgilanmoqda

➡️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari tomonidan bir qator qonun loyihalari muhokama etildi.

➡️ Yig‘ilishda dastlab deputatlar tomonidan “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

➡️ Qonun loyihasi bilan issiqxona gazlari chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari, qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik munosabatlari, issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat organlarining vakolatlari, issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan hisobini yuritish tartib-qoidalari belgilanmoqda.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO