Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
18.5K photos
1.06K videos
2 files
12.9K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

☝️ Qonun loyihasining qabul qilinishi baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishdagi muammolarning bartaraf etilishiga, fuqarolarimizning ortiqcha chiqimdorligini kamaytirilishiga, shuningdek respublikada mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuvning joriy etilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.

🔹 Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasida dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga berish, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan normalar aniq belgilandi.

🔹 Shuningdek, qonun loyihasidagi “maqbul ekinlar” tushunchasini aniq talqin qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibiga asosan ekish belgilandi va Yer kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarni moddalar predmetidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqlashtirdi.

🔹 Bundan tashqari, loyiha bilan Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish huquqlari berilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Qizg‘in o‘tgan majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish maqsadida qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisidan fotolavhalar

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi 1-o‘qishda qabul qilindi

➡️ Qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

➡️ Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.

➡️ Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda.

➡️ Qonun loyihasi bilan ilk bor yangi institut joriy qilinyapti. Ya’ni, endilikda bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.

➡️ Loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish va yanada mustahkamlashga qaratilgan 5 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

1️⃣ Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanmoqda

2️⃣ O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqini rasmiylashtirish tartibi belgilanyapti

3️⃣ Endi bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi

4️⃣ Baholash faoliyati takomillashtirilmoqda

5️⃣ Qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha maxsus platforma ishga tushiriladi

Mamlakatimizda so‘nggi bir necha yil davomida yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Joriy yilda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million yoshlar xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM