Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
18.5K photos
1.06K videos
2 files
12.9K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

♻️ Qonun loyihasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Bundan tashqari, loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

➡️ Loyihada shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlari hamda ularni zo‘ravonlikdan himoya qilishning umumiy va yakka tartibdagi chora-tadbirlari belgilanmoqda. Xususan, zo‘ravonlik qurbonining murojaati, jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning yakka tartibdagi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

☝️ Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasidan...


Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#deputat_fikri

☝️ Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasidan...


Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Deputatlarning ta’kidlashicha, loyihaning qabul qilinishi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.

☑️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan bir ovozdan qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi belgilanmoqda.

➡️ Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish asoslari nazarda tutilmoqda.

➡️ Bundan tashqari, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini o‘zgartirish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari o‘z aksini topmoqda.

➡️ Loyihada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasidan...

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO