Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
18.5K photos
1.06K videos
2 files
12.9K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi boshlandi.

👉 Unda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Shuhrat Bafayev, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi:

🔹 O’tgan davr mobaynida qariyb 40 marotaba mas’ul qo‘mitalarning majlislari o‘tkazildi. Qo‘mita majlislarida mutaxassislar, ekspertlar, jamoatchilik, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Jahongir Shirinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi:

✔️ 2022 yil 24 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ilgari surilgan qator takliflar ham yangilanayotgan Konstitutsiyamiz matnida aks ettirildi. Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga, shuningdek ularning hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, jamoatchilik, parlament va deputat nazorati mexanizmlarini takomillashtirishga, ijtimoiy davlat prinsiplarini ro‘yobga chiqarishning konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritildi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☑️ Yangilanayotgan Konstitutsiya avvalambor ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan. Jumladan, Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi belgilanmoqda. Masalan, soliq qonunchiligida bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan normalar vujudga keldi. Bunday nomuvofiqlikni, tabiiyki, soliq organi davlat foydasiga, fuqaro esa o‘z foydasiga talqin qilishni xohlaydi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur kafolat esa, bunday bahsga nuqta qo‘yadi va nomuvofiqliklar davlatga emas, balki inson foydasiga hal etiladi deb qat’iy belgilaydi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔘 Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha normalar kiritildi. Jumladan, davlatning fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishga oid vazifalarini nazarda tutuvchi yangi modda kiritildi. Bundan tashqari, mazkur moddaga muvofiq, davlat fuqarolar bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etishi va rag‘batlantirishi nazarda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔹 Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, fuqarolarimizning uy-joyli bo‘lish huquqi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishiga shart-sharoit yaratishi belgilanmoqda. Ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan ta’minlashning qonuniy asoslari yaratilmoqda.

🔹 Eng muhimi, Konstitutsiyada hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi aniq ravshan mustahkamlanmoqda. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹 Mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatimizda o‘tkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bog‘liq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim bo‘ladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔰 Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida barcha sohalarda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanishiga erishish masalasi ustuvor qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan, unda soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda. Bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan sharoitda ushbu norma barcha fuqarolar, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

‼️ Deputatlar qayd etishganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi. Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan edi. Shunga muvofiq, “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qat’iy norma o‘rnatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Qayd etilganidek, yetarlicha asoslantirilmagan, nizo keltirib chiqaruvchi yoki Konstitutsiyada aks ettirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblanuvchi qoidalar chiqarib tashlanmoqda. Masalan, muhokamaga chiqarilgan loyihada “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning nafaqat o‘zi, balki oilasi yashashi uchun ham yetarli bo‘lishi kerak” degan norma ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Xususan, jamoatchilik hamda ekspertlarning fikricha, aynan bir xil lavozimdagi xodimlarga oilasining katta yoki kichikligi, ya’ni oila a’zolari soniga qarab turlicha ish haqqi to‘lanishi tenglik mezoniga to‘g‘ri kelmaydi va mehnat sohasida kamsitishga olib keladi. Shu sababli, ushbu qoida “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi” degan qoidaga almashtirildi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔹 Yig‘ilishda so‘z olganlar loyihada mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosatini qat’iy davom ettirishga qaratilgan qoidalar mustahkamlanayotganligini alohida e’tirof etishdi. Xususan, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlashi, shuningdek ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mustahkamlanmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Ayni paytda Hukumat zimmasiga ijro hokimiyati organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatidagi korrupsiya ko‘rinishlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini va ochiqligini oshirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilanayotganligi qayd etildi.

👉 Konstitutsiyamizga kiritilayotgan ushbu norma mamlakatimizda so‘z va axborot erkinligini yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

❗️ Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana davom ettiriladi. Jumladan, yaqin kunlarda olimlar, huquqshunoslar, faol yoshlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

☝️ Qo‘shma yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan qo‘mitalarning tegishli qarori qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar hayotiy zaruriyatga aylandi

Yig‘ilishda so‘z olganlar
Konstitutsiya ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangi Konstitutsiya bo‘layotganligini alohida qayd etishdi. Zero, uning aksariyat normalari prinsipial jihatdan yangilanmoqda, birgina inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar qariyb ikki barobarga ortayotganligi ta’kidlandi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV