Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.67K photos
1.43K videos
7 files
542 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
2050-yilga kelib, Oʻzbekiston suv tanqisligining "yuqori" xavf darajasida boʻladi

2050-yilga kelib, 5 milliarddan ortiq odam toza suv tanqisligiga duch keladi, dunyo aholisining yarmidan ko'pi har yili kamida bir oy davomida o'ta yuqori suv stressini boshdan kechiradi. O'tgan asrda global suv talabi 600% ga oshdi va bu inqiroz kuchayishi kutilmoqda.

Aholining tez o'sishi tufayli Afrika va Osiyo mintaqalari eng ko'p zarar ko'radi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika aholisi haddan tashqari suv tanqisligi ostida qoladi. Bahrayn, Kipr, Quvayt, Livan, Ummon va Qatar kabi davlatlar allaqachon jiddiy muammolarga duch kelishmoqda.

2050-yilga kelib, bizdan tashqari qoʻshnilarimiz, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Turkmaniston davlatlari ham suv stressining "yuqori" bosqichiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Bu nafaqat oziq-ovqat xavfsizligiga, balki iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka ham ta'sir qilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, suv resurslarini barqaror boshqarish va yaqinlashib kelayotgan inqirozni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko'rish zarur.

Agar iqlim boʻyicha harakatlar shu zaylda davom etsa, asr oxirida oʻrtacha yillik havo harorati sanoat inqilobidan 2.8°C dan 4.6°C gacha koʻtarilishi mumkin.

©world_resources_institute

Doʻstlaringizga ham tarqating⬇️⬇️
Bizning kanal:
📝@gidrometeo_info
#bayramlar / #tabriklar

Hamqishlogʻimiz 18-maktabda musiqa fani oʻqituvchisi Imamova Mohidil opa oʻzining bayram va tugʻilgan kun tabriklari xizmatini yoʻlga qoʻyibdi.

Yaqinlaringizning bayram va tugʻilgan kunlarida hursand qilish maqsadida sirli qo‘ng‘iroq bilan tabriklamoqchi bo‘lsangiz quyidagi profilga murojaat qilishingiz mumkin.

Tabriklar uchun yozing⤵️
@Adizjonim9400
#qishloq_kochalari / #murojaat

XAVFLI BURILISH

Qishlog'imizda qurilishlar ancha ko'payib qoldi . Bu yaxshi ,lekin ko'chalarda katta tezlikda yuradigan katta mashinalar haydovchilariga murojaatimiz bor : Iltimos , sal sekinroq yuring , siz aholi yashash punktida harakatlanyabsiz. Kimningdir umriga zomin bo'lmang . Aynan o'sha holat bo'lishi shart emas ,bo'lmasligi uchun eslatma tarzida murojaat qilyabmiz.

Guvohi bo'ldimki , ko'prikdan "yaxshi" harakatlanib kelayotgan "mixer" mashinasi burilishda o'z yo'lida harakatlanib kelayotgan "Nexia-3" avtomashinasi yo'liga "ataydan" chiqdi . Yaxshiyamki,tajribali va omadli yengil mashina haydovchisi hushyorlik bilan mashinani chekkaga olib qochdi va ko'ngilsiz holat oldi olindi.

Xalqqa murojaatimiz ,agar katta tezlikda harakatlanayotgan "kattakon"larning katta mashinalarini ko'rsangiz ,yurakni "katta"qilib katta toshni oling va oting.
"Qirqqishloq"
"Qayerda tayyorlanish emas , qanday tayyorlanish muhim"
Forwarded from JIZZAXLIKLAR🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ORZUINGIZDAGI GO'ZAL TABASSUMGA ERISHING.
Sog'ligingizni professionallarga ishoning.

🧬 ABROR STOMA SERVICE
🦷 DR. ABRORBEK USAROV


❗️Endi jarrohlik yo'lisiz Tish va Jag' egriliklarini zamonaviy dunyo standardlari asosida davolaymiz.

☑️ Bizda davolanadigan bemorlarga rengen tahlillari BEPUL
Maxsus chegirmalar ham mavjud

😍 Chiroyli tabassum insonning o'z qobiliyatlariga bo'lgan psixologik ishonch hosil qiladi

📍Manzil: Jizzax shahri A.Navoiy ko'chasi

📞Navbatga yozilish uchun
97-646-93-03

Telegram 📍Location
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilgari qishloqning yoz tunlari ham boshqacha edi.

Hozir hammasi oʻzgarib ketdi.
Iqlim o'zgarishi energiya bo'lgan talabni oshiradi(mi)?

21 asrda iqlim o'zgarishi mavzusi eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylandi. Iqlim o'zgarishidan turli davlatalar geografik joylashuvidan kelib chiqib turlicha aziyat chekishadi. Materik ichkarisida joylashgan O'zbekistondek davlatlar asosan qurg'oqchilik, suv tanqisligiga yuz tutsa, Hindiston sirasidagi davlatlarda yog'ingarchilik miqdori ortib ketishi hisobiga sel toshqinlaridan muntazam muammolarni keltirib chiqaradi.

Iqlim o'zgarishi qanday qilib energiya bo'lgan talabni ortishiga sabab bo'ladi ?

1. Iqlim o'zgarishi global miqyosda harorat ortishiga sabab bo'lmoqda. Hattoki O'zbekiston hududida ham bundan bir necha yil oldin tog' oldi hududlarda yashivchi aholida konditsionerga extiyoj yo'q edi, ammo bu hozirda mutlaqo o'zgargan.

2. Iqlim o'zgarishi "iqlim qochqinlarini" keltirib chiqaradi. Yaxshi sharoit ilinjida odamlar ko'pincha shaharlarga borishga moyilroq. Har qanday oila shahar hududida qishloqqa nisbatan ko'proq elektr istemol qilishini yahshi bilsangiz kerak.

3. Elektr mashinalar asri allaqachon boshlangan. Yuqori harorat doim mashinaning konditsioneri yoqilgan holatda bo'lishini talab etadi.

Yuqorida iqlim o'zgarishi tufayli yuzaga keladigan elektr energiya istemolini oshish sabablaridan ayrimlarini keltirishga xarakat qildik. Mamlakat taraqqiyoti uchun eng muhim barqarorlik bu shubxasiz elektr energiyada bo'lishi zarur.

👉 @iqlimshunos_kundaligi
Maktablarda " Ekologik ong " fanini kiritish kerak . Bog'chalarda esa rus tili yoki ingliztiliga bor e'tiborni qaratmasdan , biz noto'g'ri iste'mol qilayotgan odatlarimizning qanday salbiy oqibatlari bo'lishini o'rgatish kerak.

Salomlashish odobi , taomlanish odobi , kiyinish odobi bor-u , lekin "tabiat" yoki "ekologiya" odobi degan tushunchalar umuman mavjud emas? Nega?

Bizlarga nuroniy kishilar eslatib turishardi: " Svetni o'chir!", "Suvni isrof qilma ,uvoli bor!" , "Suvga tuflama!" , "Bu yerga olov yoqma" ...
Hozirchi?

Kanal ham ekologiya bo'lib ketdi,z****l deb ichida o'ylaydiganlar diqqatiga:
1.Bu yurt hammamizniki ,bu olam hammamizniki .Butun insoniyatning aybi va buyun insoniyatning burchi.
2. Qishlog'imizda ham talaygina dolzarb muammolar ko'paymoqda. ( Suv tanqisligi , axlatlar "ommasi",kun isishi,iqlim o'zgarishi)
"Qishlog'imizda hozir birorta bo'lsa ham yuzi "to'rlagan" bolani uchratolasizmi?"


Daryoda biror bir bolaning cho'milayotganiga yaqin orada guvoh bo'ldingizmi?
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishlogʻimiz, Hayitboyev Boburjon Bahodir oʻgʻlining tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari, sinfdoshlari tabrik yo'llamoqda.

Кanalimiz nomidan ham Boburjonga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Forwarded from Ilyos Safarov
Odamlarga ko'proq kredit olishda yordam bergani uchun mahalladagi hokim yordamchilarining oyligi yoki KPI (faoliyat samaradorligi ko'rsatkichi) oshiriladimi?

Agar bizda shunday tizim ishlayotgan bo'lsa, uni ishlab chiqqanlar bilsinki, bu tartib joylarda yordamchilar tomonidan odamlarni aldab, ularning bo'yniga hech bir hisobsiz "kredit bo'yinturug'i"ni ilib qo'yishga ham xizmat qilmoqda. Bu orqali ba'zida o'rta qatlamdagilar kambag'al, kambag'allar esa qashshoqlik botqog'iga olib kirilyapti.

Bugun surxondaryolik bir ayol telefon qildi. Savol-javobimiz yarim soatcha davom etdi. Opaning aytishicha, avvalroq hokim yordamchisi u yashayotgan qishloqda yig'ilish o'tkazib, mahallada tez orada katta tikuv fabrikasi ochilishi va tikuv mashinasi borlar fabrikaga ishga olinishini aytadi. Tikuv mashinasi yo'qlarga shu kunlarda banklar subsidiya asosida (ya'ni, davlat qaytarib olmaydigan mablag') tikuv mashina berayotganini aytib, ulgurib qolish maslahati ham beriladi. Tabiiyki, subsidiya va'dasiga ishongan ko'pchilik tikuv mashinasi olish uchun bankka yugurgan.

"Ammo oradan yil o'tib, ma'lum bo'ldiki, mahallamizda hech qanday tikuv fabrikasi ochilmas ekan. Bunday reja hech qachon, hech qayerda bo'lmagan. Kamiga subsidiya deya berilgan tikuv mashinalarimiz shunchaki kredit hisobida berilgani ma'lum bo'ldi. Bugun 250-300 ming so'mdan har oy foiz to'layapmiz. Men o'zi tikuvchi emasman. Subsidiya deyilganiga va fabrika ochilsa, ishlab ketarman, deya ishongandim. Mashina uyda, chang bosib yotibdi. Rosti afsusdaman. Siz jurnalist ekansiz, shu muammoni yoritib bering", – dedi murojaatchi.

O'zbekistonda aholini kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida turli banklar tomonidan kredit mablag'lari ajratilmoqda. Lekin bu kreditlarning qanday va'da, qanday hisob-kitoblar, shartlar asosida va kimlarga berilayotgani masalasida jiddiy tekshiruvlar kerakka o'xshayapti. Ajratilayotgan kretidlarning samaradorlik ko'rsatkichini kim, qaysi idora o'rganadi, bilmadim, lekin aniqki, u bugun ish bermayapti. Bizga shu jarayonda ishlaydigan yangi tizim, nazorat mehanizmi kerak.

Maqsadimiz, davlat siyosati mamalakatda kambag'allik ko'rsatkichini kamaytirish ekan va buning uchun hatto butun boshli yangi vazirlik ochilgan ekan, joylardagi tizimsiz, nazoratsiz muhit qilinayotgan ishlarni yoqishga xizmat qilmasin.

@haqiqatdaIlyos
#diqqat / #muhim / #mol

Bekkeldi qishlog'idagi Jangirov Yo'ldosh hoji boboning och sariq rangli g'unajini yo'qolgan.

2 kundan buyon ko'rgan bilganlar bo'lsa, +998995517442 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun — tarixiy kun!

🇺🇿Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk marta Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy sport turi boʻyicha ishtirokini boshlaydi. Futbol boʻyicha olimpiya terma jamoamiz guruh bosqichidagi ilk bahsda 🇪🇸Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Parijdagi mashhur “Park de Prens” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! Olgʻa, Oʻzbekiston!
Oʻzbekiston Ispaniyadan tarixiy birinchi golini qabul qilib oldi.
Goolll
Forwarded from 1234 1234
Испания газини бос еврони олдинг олипиадани хам оласанман испаняга болет кламан
Forwarded from TRIBUNA • LIVE
Birinchi bo'lim yakunlandi

🏆 Olimpiada 2024 | 1-tur

🇺🇿 O'zbekiston 1:1 Ispaniya 🇪🇸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM