Qirqqishloq News
1.81K subscribers
3.47K photos
1.35K videos
6 files
487 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#baxmal / #yangiobod / #kõpkari

Baxmal tumani Yangiobod qishlog'ida joylashgan maydonda bugun katta koʻpkari boʻlib oʻtdi.

Koʻpkaridan videolavhalar.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Чустда уч кун бўлдим.

Тинимсиз электр энергиясидаги чекловлар ва бошқа сабаблар илмий иш, ижод қилиш билан боғлиқ вазиятни ортга сурди. Мен бир икки ишларимни уйда қиламан деб ўйлаган, олдинроқ режалаштирган эдим. Аммо, чучварани хом санаган эканман.

Светсизлик ва энергетик муаммолар инсонни кунлик Фойдали Иш Коэффициентини (ФИК) ҳаддан ташқари пасайтириб юборар экан. Метан заправкаларидаги вазият эса истеъмолчи чўнтаги зарарига ишлашда давом этмоқда. Ҳудудларда йўл ҳақи икки баробарга ошиб кетган.

Хуллас, ярим энергетик коллапс онг ўсиши учун комфорт шароитларни ортга сураётганига гувоҳ бўлдим. Аҳолининг ижод қилиш, мутолаа қилиш, илм изланиш, қўйинки, таълимни ривожлантириши бундай шароитларда "шунчаки" жуда ҳам қийин кечади.

Бу каби вазият аҳолида қорин ғами, тушунарсиз ҳашаматга ружолик кайфиятини ошираверади. Бу ўсиш эмас, шунчаки кун ўтказиш ҳисобланади... Вақтлар бесамар ўтмоқда. Эссиз қимматли-қийматли вақтларимиз...
Ota-onalar va umuman jamiyat maktablarga moliyaviy yordam berishi kerakmi?
Anonymous Poll
54%
Ha
40%
Yoʻq
6%
Javob berishga qiynalaman
Forwarded from NeoJadid
Zapravkalardagi janglar o'zbeklarning hayoti "nochor, g'arib, vaxshiy va qisqa" ekanligini yana bir bor yaqqol ko'rsatdi.

Biz hayvon darajasiga tushib qoldik. Jumladan, adolatsiz iqtisodiy tizim va nopok boshqaruv deb ham. O'zbek jamiyatining barcha jabhalarida insonning rahmoniy emas, shaytoniy xislatlarini rag'batlantiruvchi tizim shakllangan va hukmron. Odam odamga bo'ri. Kuchli kuchsizni ezadi. G'olib hamma narsaga egalik qiladi.

Hayvoniy maylimizni jilovlovchi fozil boshqaruv, huquqiy davlatchilik va bir hovuch oilaga emas, barcha fuqarolarga xizmat qiluvchi iqtisodiy tizim bizga havodek zarur. Aks holda, bir-birimizni yeb tugatyapmiz. Iqtisodda ham, siyosatda ham, zapravkada ham.
Forwarded from UzChess
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun jajji hamqishlogʻimiz, Mahramov Muhammadrizo Azamat oʻgʻlining tavallud ayyomi ekan. Muhammadrizo bugun ikki yoshga toʻlibdi.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqinlari, amma-togʻalari tabrik yo'llamoqda.

Kanalimiz nomidan ham Muhammadrizoga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bahor / #sumalak / #mavsum

Bahor keldi, sumalak mavsumi boshlandi.

Qishlogʻimizdagi qassoblardan biri Abdumannon qassob sumalak chiqarish uchun yangi maydalagich obib kelibdi.

Kimda ushbu maydalagichga zarurat paydo boʻlsa, quyidagi raqamlar orqali yoki bevosita qassobxonaga borgan holda bemalol murojaat qilishi mumkin.

+998973253339

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Туғилган кун муборак бўлсин.

Бугун ҳамқишлоғимиз, том маънода қишлоғимизнинг энг ёши улуғ ва ҳурматга лойиқ инсонларидан бири, барчамизга бобо ҳисобланган Тожибоев Абдували бобомизнинг таваллуд айёми экан. Бир гуруҳ ҳамқишлоқларимиз бобони ҳолидан хабар олиб табриклагани боришибди.

Абдували бобо 1926-йил 29-февралда туғилган. Айни вақтда 97 ёшдалар. Ҳали ҳам бардам, тетик, юзларидан нур ёғилиб турибди.

Шу муносабат билан Абдували бобомизга янада узоқ умр, доимий сиҳат саломатлик тилаймиз. Барчага шундай узоқ ва сермазмун умр ўтказиш насиб этсин.

Умрингиз бундан-да зиёда бўлсин, Адбували бобо.

Каналга уланиш учун⤵️
@qirqqishloq_masjid
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishlogʻimiz, Sarmisoq boboning tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari, nabiralari tabrik yo'llamoqda.

Biz ham kanalimiz nomidan Sarmisoq boboga uzoq umr, doimiy sihat salomatlik tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hujjati yo‘q uylarga mulk huquqi berish tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi haqida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov ma'lumot berdi.

@adliyangiliklari
Bahor keldi seni so'roqlab she'ri [muzzona.kz]
Zulfiyaxonimning
Zulfiyaxonim - Bahor keldi seni soʻroqlab.

Kanalga ulanish uchun⤵️

https://t.me/qirqqishloq_music
Qirqqishloq News
Hujjati yo‘q uylarga mulk huquqi berish tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi haqida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov ma'lumot berdi. @adliyangiliklari
Bu oxirgi shunday imkoniyat.

Imkoniyatdan foydalanib qolishga harakat qiling.

Keyinchalik sizdagi yer va mulk davlat tomonidan olib qoʻyilishi mumkin.