#talim_krediti
❗️Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.
Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.
📌 Nizomga koʻra, taʼlim kreditlari oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.
☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
🔄 Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
🔘 Taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
👉 ariza;
👉 toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
👉 taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot.
⏳ Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.
📝 Taʼlim krediti shartnomasi toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
🏦 Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
✅ Mazkur tartib:
➖ chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
➖ tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
🚫 Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news

Taʼlim krediti qaysi banklar tomonidan beriladi?
Yaqinda qabul qilingan yangi tartibga ko‘ra Moliya vazirligi taʼlim kreditini ajratish boʻyicha hozirchalik 6 ta bank bosh kelishuv imzolagan.
Bundan tashqari yana 5 ta bilan kelishuv imzolash jarayonlari davom etmoqda.
Bugungi kunda taʼlim krediti ajratish boʻyicha jamgʻarma va quyidagi banklar oʻrtasida bosh kelishuv imzolangan:
🏦Ipoteka-bank;
🏦Agrobank;
🏦Xalq banki;
🏦Qishloq qurilish bank;
🏦Turonbank;
🏦Oriyent Finans bank.
Shuningdek, quyidagi banklar bilan ham bosh kelishuv imzolash ishlari olib borilmoqda:
🏦Milliybank;
🏦OʻzSQB;
🏦Asakabank;
🏦Hamkorbank;
🏦Mikrokreditbank.
Hozircha, jami 11 ta bank tomonidan taʼlim krediti ajratish rejalashtirilgan, biroq banklar roʻyxati vaziyatga qarab yana kengayishi mumkin.

ATB “Qishloq qurilish bank”
Taʼlim kreditlaridan foydalaning, talabalik baxtini qoʻldan boy bermang.
Taʼlim krediti quyidagi talab va shartlarga asosan ajratiladi:
➖miqdori: toʻlov kontrakt summasi
➖foiz stavkasi: 14%
➖muddati: asosiy qarz talabaning rasmiy oʻqish muddati tugaganidan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ushbu ta'lim kreditidan foydalanish uchun Qishloq qurilish bankning hududiy filiallariga murojaat qiling.
📞 +998 78 150 00 55
☎️ 1254
Reklama

#qiziqarli / #talim / #afganistan
Suratda tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonda birinchi o‘qish kuni ekan. Ibn Sino nomidagi Qobul Universiteti.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Suratda tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonda birinchi o‘qish kuni ekan. Ibn Sino nomidagi Qobul Universiteti.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#talim / #grantlar
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun Yell universiteti (AQSH) yozgi maktabi uchum 100% gacha moliyaviy yordam dastudi haqidagi maqola.
Farzandini xorijiy yozgi maktabda o'qitish istagida bo'lgan ota-onalar uchun yaxshi variant.
Faqat yozgi maktab to'loviga grant beradi lekin, qolganini ota-ona o'zi qoplashi kerak.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
https://t.co/YIE9EDZg85

GRANTLAR.UZ
AQSh: Dunyodagi eng yaxshi oliygohlarning 10 taligiga kirgan Yale Universiteti yozgi maktabi uchun 100% grant! | GRANTLAR.UZ
Siz kutgan imkoniyat
#byudjet2022 / #talim / #meditsina
Oliy ta’lim tizimida ham ko‘plab vazifalar belgilangan.
Xususan, bakalavr yo‘nalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash ko‘zda tutilgan.
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish hamda hududlarda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni joriy etishga kelgusi yilda jami 8 trillion so‘m ajratilishi mo‘ljallanmoqda.
Shundan 1 trillion so‘mi onkogematologiya, endokrinologiya, buyrak va jigarni ko‘chirish kabi dasturlarga yo‘naltiriladi.
Koronavirusga qarshi emlanganlar sonini 17 million nafarga yetkazish, ehtiyojmand aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar uchun ham zarur mablag‘ ajratiladi.
Bundan tashqari, muallim va shifokorlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish zarurligini ta’kidlab, buning uchun qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirishni taklif qildi.