Qirqqishloq News
1.85K subscribers
3.61K photos
1.4K videos
6 files
521 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Oʻzbekiston 2 - 0 Indoneziya
Bonjour Paris ⚽️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda futbolchilarimiz.

Faqatgina boshda doʻppi yetishmayapti😁
#baxmal / #transport / #temiryõl

Masalan, Gʻallaoroldan oʻtadigan temir yoʻl liniyasini Baxmalga burib Zomin orqali Dashtobodga ulab yuborsa boʻladi.

Manzara esa kamida yuqoridagi rasmdagidek boʻlishi aniq. Ham turizm salohiyati jozibali boʻlib yanada oshadi, ham yana bir qulay transport vositasi boʻlardi.

Tasavvur qiling, Surxondaryo yoki Nukusdan chiqqan odam Baxmal togʻlarigacha poyezdda kelsa naqadar ajoyib boʻladi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Forwarded from EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Jizzax viloyati ,Baxmal tumani , Qirqqishloq qishlog'i, Sangzor daryosining irmog'i qirg‘oqlaridagi ahvol. Qirqqishloq aholisi barcha chiqindilarini o‘zlari suv ichib turgan daryo bo‘yiga tashlashadi shekilli?

Tabiatni asrash borasida bong urilayotgan bir paytda o‘zining yashab turgan hududini bu qadar ifloslantirish-jinoyat! Yoki Qirqqishloq hududidan chiqindilar olib chiqib ketilmaydimi?

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasidan munosabat kutib qolamiz.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Forwarded from Sherzod O'razaliyev
Shanbalik qilish kerak hamma Yoshu Qari birgalikda ...
Forwarded from m_usarov
Odamiylik qilish kerak ,avvalambor,hamma yosh-u qari .

Axlat tashlamaslik kerak . Har bir joyni uyi kabi muhim bilishi kerak .

Iloji boricha xarid qilayotganda "men uchun shu bilan birgalikda tabiat uchun zarar emasmi "deb o'ylab ko'rishi lozim.
Forwarded from m_usarov
Kerak , kerak bilan ish bitmaydi . Harakatni boshlash kerak . Biz qadam tashladik . Endi navbat sizga.
Forwarded from Jaloliddin Ganiev
Ko'chalarga chiqindi otish
1) Menimcha yoshlikdan oilada olingan tarbiyaga bog'liq bo'lsa kerak,

2)Ko'chalarda yetarlicha chiqindi tashaydigan maxsus chiqindi qutilari yetishmasligi.

Har 100 yoki 200 metrga Chiqindi solish uchun yo'l chetlariga Chiqindi qutisini qo'yish kerak.

Shunda piyodalar ham mashinadagilar ham qo'lidagi chiqindini hohlagan joyiga uloqtirib ketmasdan chiqindi qutisiga tashlagan bo'lar edi.

Men Germaniya kelib shu narsani ko'rdimki birorta kishi qo'lidagi yoki mashinasidagi chiqndini shunchaki uloqtirib ketmas ekan .

Ko'chalarda ham hattoki o'rmonlarga ham maxsus chiqindi qutilari yoshlashtirilgan.

Bu chiqindini bir yokki ikki marta tozalaganni bilan baribir odamlar qo'lidagi chiqindini yana ko'chaga uloqtiradi.

Sababi birorta ham chiqindi qutisi yo'q.

Chiqindi qutisi qo'ydi ham deylik lekin uni kim tozalaydi?

Buning uchun Ecologiya qo'mitashi yoki Obodonlashtirish boshqarmalariga qarab o'tirmasdan aholi ham kurashishi kerak

Bu mening shaxsiy fikrim.

https://t.me/jaloliddin_ganiev
Forwarded from 1234 1234
Эй кирк кишлокликлар нмага яшаб турган жойларингеи кадрига етмайслар пулларинг купайиб колдими уят узларинг сув ичиб турган арикка мусур ташлаш корниларинг туйдида олма сотиб шундайми курамиз холи ахволларинга маймун йиглашини
Forwarded from FAYZIMIZNI BERSIN A
Katta kallasi bor odamlar giybat qilmay chiqib tozala atrofingni olib ketadigan odamlar bor
Gap desa qop qop. Chiqindi tozalash desa Namangandan top.
Forwarded from ❤️꯭꙰.❰꯭꯭꯭❃꯭𝟐𝟏꯭꯭꯭꯭ꦼ꯭꯭𝐀꯭꯭꯭꯭𝐕꯭꯭꯭꯭𝐆꯭꯭꯭꯭𝐔꯭꯭꯭꯭𝐒𝐓꯭꯭꯭꯭🐊꯭꯭➭
Chiqindi haqida kuylasam qoshiq ovozim jaranglar yanada jushib sizlar ham jam bulib bugungi kunda mahallamiz tozaligiga qushingiz hisangiz😂
Forwarded from 1234 1234
Шанба Куни хамма шанбаликка чиксин, атрофни бир тоза клиб олайлик эшитяпсларми халойик
#ekologiya / #chiqindi / #daryobõyi

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar.

Daryo bo'yida yashaydigan fuqarolar va tadbirkorlar sizlarni Sangzor daryosi oʻzani va suvlarini himoya qilish va toza saqlash uchun choralar ko'rishga chaqirilmiz. Har bir inson va tadbirkor o'z harakatlarining daryo ekotizimining buzilishi, aholi salomatligi va farovonligiga ta'sirini yodda tutishi zarur.

Chiqindilarni daryoga tashlash nafaqat suvni ifloslantiradi va undagi yovvoyi tabiatga zarar yetkazadi, balki dayrodan ichimlik suvi va dam olish maqsadlarida foydalanuvchi odamlar uchun ham xavf tug'diradi. Daryoni toza va ifloslanishdan saqlashga barchamiz o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.

Keling, hammamiz chiqindilarni to'g'ri yo'q qilish majburiyatini olaylik. Avvalo, daryo bo'yiga chiqindi tashlashni toʻxtataylik, kimdur shunday qilayotganini koʻrsak shu ishdan qaytaraylik, toʻgʻri tushuntiraylik. Dayroda ko'rgan chiqindilarni tozalashga vaqt ajrataylik.

Ming yillar davomida Baxmal vodiysini hayot bilan taʼminlab kelayotgan Sangzor daryosini asrab avaylash barcha uchun ham farz, ham qarz hisoblanadi.

Birgalikda biz ushbu qimmatbaho tabiiy resursni kelajak avlodlar bahramand bo'lishlari uchun himoya qilishda muhim harakatlar qilish lozim.

Muhim eslatma: joriy yil 1-martdan boshlab suv va suvdan foydalanish, ekologik qonunlar buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Dayro va suv havzalariga chiqindi tashlaganlik uchun ham javobgarlik va katta miqdorda jarima bor. Shuni inobatga olgan holda bunday huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news