Qirqqishloq News
1.8K subscribers
3.47K photos
1.35K videos
6 files
488 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Qirqqishloq.
Bahor manzaralari.
Haqiqiy sanʼat asari.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyoshda sodir boʻlgan katta portlashdan paydo boʻlgan kuchli magnit boʻroni Yerga qanday taʼsir qiladi.
#qōl_jangi / #chempion / #uzbekistan

Qirqqishloqlik chempion endi jahon chempionatiga boradi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Oʻzbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Shu bilan Ozodbek qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ozodbekni ushbu katta gʻalaba bilan tabriklab Jahon chempionatida ham faxrli oʻrinlarni egallab qaytishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yarim final jangidan videolavha.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jōja / #tuxum / #inkubator

Inkubatorda ochirilgan joʻjalar sotiladi.

Narxi kelishiladi.

Murojaat uchun
+998973274078 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dunyo / #texnologiya / #yōllar

Dunyoda yoʻllar qanday taʼmirlanadi?

Shveytsariyada harakatni to'xtatmasdan yo'l ishlarini bajarish uchun ko'chma yo'l o'tkazgich ko'prikdan foydalanish jarayoni.

Koʻring, baho bering, oʻz fikringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#baxmal / #taksi_pochta / #gruppa

Sizga Baxmaldan Jizzax va Oʻzbekiston boʻylab taksi va pochta xizmatlari kerakmi?

Unda bu gruppa aynan siz uchun. Quyidagi havola orqali gruppaga aʼzo boʻling hamda uzogʻingizni yaqin, mushkulingizni yengil qiling.


https://t.me/+PZ0hrao2LTgyOTZi
2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy tengsizlik sezilarli darajada oshdi — Jahon banki.

Xususan, 10% eng boy fuqarolar daromadlari aholining eng kambag‘al qatlamiga nisbatan 5 baravar tez o‘sgan.

Jahon banki hukumatga aholining kam ta’minlangan qatlamlari mehnat unumdorligini oshirishni tavsiya etadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ahvolimiz / #hind_kinosi / #bizku

Shohruhxondan yana bir qoyilmaqom ijro.

Hindlar kinosida g‘alati narsalarni ko‘rsatishga usta. Hind kinoijodkorlari esa kino olish uchun senariyni Oʻzbekistondan ilhomlanib yozadi shekilli.

Ahvolimizga maymunlar yigʻilaydi degan gapni yigʻishtirish kerak. Oʻrniga mosroq boshqasi bor:

Ahvolimiz hind kinosi boʻlib yotibdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qirqqishloq / #yangi_kōprik

Qirqqishloqda yangi koʻprik ochildi.

Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Qirqqishloq qishlogʻida uzunligi 10 metr, balandligi 3 metr boʻlgan yangi koʻprik ochildi.

Ma’lumotlarga koʻra, ushbu koʻprik bir vaqtning oʻzida 60 nafar odamni koʻtara oladi.

Koʻprik qirqqishloqlik hasharchilar tomonidan barpo etilgan.

Ushbu koʻprikka bir marta chiqib aylanib tushish 5 000 soʻm.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Forwarded from Шодиева Жамила Шеркуловна@@@@ Шодиева
Рахмат сизларга чарчамангсизлар
Forwarded from Sobitjon Usarov
Baraka topkur akalar yaxshi ish qilishibti👍👍👍
Forwarded from Холмирза
Барака топсин
❗️Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

— 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

— maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

— mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

— faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

— yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#Adliya_xabari

“Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling. 

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo'lgan o'rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo'lganlar, daromadi yuqori bo'lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 8 mln 400 ming so'mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 9 mln 660 ming so'mgacha).

Ma'lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1.050.000 so'm

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Bugundan uy-joy uchun subsidiyalar berish boshlandi.

Subsidiyalar uchun arizalarni yuqoridagi mezonlar asosida istalgan joydan turib my.gov.uz interaktiv xizmatlar portalida oʻz shaxsiy kabinetingizga kirgan holda yoki istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda yuborishingiz mumkun.
15-may - Xalqaro oila kuni muborak bo'lsin! Oilangizda doimo baxt-saodat, fayz-baraka va quvonch hukmron bo'lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli barcha sinflarda shunaqa oʻgʻil bolalardan ham qattiqroq hushtak chala oladigan bitta qiz boʻlgan boʻlsa kerak 😁