Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Assalomu alaykum, kanalimiz a'zolari.

Bugun
@qirqqishloq_news kanali a'zolari soni 1600 kishilik davondan oshdi. Bu juda quvonarli holat.

Bizga ishonch bildirib doimiy kuzatib borayotgan, qoʻllab quvvatlab kelayotgan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting. Biz esa sizlarga foydali hamda manfaatli postlar qoʻyib borishda davom etamiz.

Hurmat bilan @qirqqishloq_news kanali adminlar jamoasi.

Kanalga ulanish uchun
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun jajji hamqishloqlarimiz, Jumanova Shodiyabonu va Jumanov Otabekjonning tavallud ayyomi ekan. Shodiyabonu bugun yetti yoshga, Otabekjon 3 yoshga toʻlibdi.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqinlari, amma-togʻalari tabrik yo'llamoqda.

Kanalimiz nomidan ham Shodiyabonu va Otabekjonga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#baxmal / #yangiobod / #kõpkari

Baxmal tumani Yangiobod qishlog'ida joylashgan maydonda bugun katta koʻpkari boʻlib oʻtdi.

Koʻpkaridan videolavha.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
BMT xisoboti

Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo'yicha dasturining yangi hisobotida keltirilishicha 2060 yilga borib dunyo miqyosida tabiiy resurslarni iste'mol qilish 60 foizga oshishi kutilmoqda.

Butun dunyo bo'ylab xomashyo iste'moli 1970 yildagidan to'rt baravar yuqori va uning davom etishi atrof-muhit va iqlim uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Urbanizatsiya, sanoatlashuv va aholining ko'payishi natijasida yuzaga kelgan o'sish butun dunyo bo'ylab yer yuzidagi biologik xilma-xillikning yo'qolishi sabab bo'ladi.

Beton va metall kabi materiallarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy resurslarni qazib olish Yer ekotizimlarini muvozanatdan chiqaradi. 1970-yillardan beri energiya iste'moli uch baravar ko'paygan tog'-kon sanoati bilan bog'liq katta er uchastkalari tashish va qazib olish uchun qo'shib olingan.

@iqlimshunos_kundaligi
#baxmal / #yangiobod / #kõpkari

Baxmal tumani Yangiobod qishlog'ida joylashgan maydonda bugun katta koʻpkari boʻlib oʻtdi.

Koʻpkaridan videolavhalar.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Чустда уч кун бўлдим.

Тинимсиз электр энергиясидаги чекловлар ва бошқа сабаблар илмий иш, ижод қилиш билан боғлиқ вазиятни ортга сурди. Мен бир икки ишларимни уйда қиламан деб ўйлаган, олдинроқ режалаштирган эдим. Аммо, чучварани хом санаган эканман.

Светсизлик ва энергетик муаммолар инсонни кунлик Фойдали Иш Коэффициентини (ФИК) ҳаддан ташқари пасайтириб юборар экан. Метан заправкаларидаги вазият эса истеъмолчи чўнтаги зарарига ишлашда давом этмоқда. Ҳудудларда йўл ҳақи икки баробарга ошиб кетган.

Хуллас, ярим энергетик коллапс онг ўсиши учун комфорт шароитларни ортга сураётганига гувоҳ бўлдим. Аҳолининг ижод қилиш, мутолаа қилиш, илм изланиш, қўйинки, таълимни ривожлантириши бундай шароитларда "шунчаки" жуда ҳам қийин кечади.

Бу каби вазият аҳолида қорин ғами, тушунарсиз ҳашаматга ружолик кайфиятини ошираверади. Бу ўсиш эмас, шунчаки кун ўтказиш ҳисобланади... Вақтлар бесамар ўтмоқда. Эссиз қимматли-қийматли вақтларимиз...
Ota-onalar va umuman jamiyat maktablarga moliyaviy yordam berishi kerakmi?
Anonymous Poll
54%
Ha
40%
Yoʻq
6%
Javob berishga qiynalaman
Forwarded from NeoJadid
Zapravkalardagi janglar o'zbeklarning hayoti "nochor, g'arib, vaxshiy va qisqa" ekanligini yana bir bor yaqqol ko'rsatdi.

Biz hayvon darajasiga tushib qoldik. Jumladan, adolatsiz iqtisodiy tizim va nopok boshqaruv deb ham. O'zbek jamiyatining barcha jabhalarida insonning rahmoniy emas, shaytoniy xislatlarini rag'batlantiruvchi tizim shakllangan va hukmron. Odam odamga bo'ri. Kuchli kuchsizni ezadi. G'olib hamma narsaga egalik qiladi.

Hayvoniy maylimizni jilovlovchi fozil boshqaruv, huquqiy davlatchilik va bir hovuch oilaga emas, barcha fuqarolarga xizmat qiluvchi iqtisodiy tizim bizga havodek zarur. Aks holda, bir-birimizni yeb tugatyapmiz. Iqtisodda ham, siyosatda ham, zapravkada ham.
Forwarded from UzChess
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun jajji hamqishlogʻimiz, Mahramov Muhammadrizo Azamat oʻgʻlining tavallud ayyomi ekan. Muhammadrizo bugun ikki yoshga toʻlibdi.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqinlari, amma-togʻalari tabrik yo'llamoqda.

Kanalimiz nomidan ham Muhammadrizoga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bahor / #sumalak / #mavsum

Bahor keldi, sumalak mavsumi boshlandi.

Qishlogʻimizdagi qassoblardan biri Abdumannon qassob sumalak chiqarish uchun yangi maydalagich obib kelibdi.

Kimda ushbu maydalagichga zarurat paydo boʻlsa, quyidagi raqamlar orqali yoki bevosita qassobxonaga borgan holda bemalol murojaat qilishi mumkin.

+998973253339

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news