Qirqqishloq News
1.81K subscribers
3.47K photos
1.35K videos
6 files
487 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishlog'imiz, Baxmal MFY raisi Umirzaqov Sobir akaning tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari, sinfdosh doʻstlari hamda Baxmal MFY xodimlar jamoasi tabrik yo'llamoqda.

Кanalimiz nomidan ham Sobir akaga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq / #majburiyat / #vaqtida_tōlash

Soliqlaringizni to'lang va yaxshi uxlang!

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, soliqlar fuqarolar uchun konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan majburiyatlardan biri hisoblanadi.

Soliqlar oʻz vaqtida toʻlansa, nafaqalar, oyliklar va davlat tomonidan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida beriladi.

Mol-mulk va yer soliqlari to'lovlarini Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring!

🗓 Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni – 15-oktabr

Siz ham soliqlarni vaqtida toʻlab Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan faol va namunali soliq toʻlovchi fuqarolar safiga qoʻshiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nilufar / #usmonova / #baxmal

Baxmal olmalari mashhurlar e'tiborida.

Xushovoz xonanda Nilufar Usmonova endi bog'bon.

U Baxmal olmalarini yetishtirib, sotishni yo’lga qo’ymoqchi ekan.

Xonandaning yangi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lishdi.

Ishchi guruh a’zolari Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 5-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, tumanda ekologik ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarning ekologik savodxonligi, ekologik muammolarga munosabatlari bilan ham qiziqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘quvchilarga Ekologiya vazirligi tomonidan yangi nashr etilgan "Bolalar uchun Qizil kitob"lar beg‘araz tarqatildi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

Shu kunning o‘zida ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Baxmal o‘rmon xo‘jaligida daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, gul va shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida noqonuniy qurilishlarning bugungi holati ham o‘tganildi.

Shuningdek, daryo o‘zanlaridan noqonuniy foydalanish, Gʻallaorol va Baxmal tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi "Sangzor" daryosining bugungi holati, mavjud muammolar, xususan suv-yer resurslarini noqonuniy qazilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Nihoyat, Sangzor daryosidagi ekologik halokatga alohida e’tibor qaratiladi deb umid qilamiz. Bu mavzuga hali alohida va tizimli ravishda toʻxtalamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news