Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.68K photos
1.43K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islom / #kiyinish / #meyor

«Islom dini kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi» - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov kiyinish madaniyati haqida gapirdi.

«Islom dinida ma'lum bir forma qabul qilinmagan. Allohdan qo‘rqishlik, taqvo - kiyim bilan o‘lchanmaydi.

Islom kiyimda ham me'yorni, haddini o‘rgatadi. Haddingni bil, behayo bo‘lib butun dunyoga sharmanda bo‘ladigan kiyimni ham kiyma, yoki qop-qora bo‘lib arabcha bo‘lib olma.

Bizning mazhabimiz ayollarning yuzini berkitishiga buyurmagan, ayollar ma'lum bir kiyimni kiyishiga ham buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, qop-qora qilib olsin, hatto qo‘liga qo‘lqop taqib olsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q», — dedi muftiy.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#maktab_85 / #ovoz_bering

Openbudget platformasida Baxmal tumani Qirqqishloq qishlogʻida joylashgan 85-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining loyihasiga ovoz bering.

Ushbu loyiha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1. Katta yoʻldan maktabgacha boʻlgan ichki yoʻlni asfalt qilish.
2. Maktab oʻquvchilari uchun sun'iy qoplamali mini stadion qurish.

Hurmatli hamqishloqlar va kanalingiz kuzatuvchilari iltimos ushbu loyihaga #befarqbõlmang

Taʼlim va taʼlim berish joyi hisoblangan maktablar uchun sarflanadigan har bir soʻm kelajakda ming baravar natija beradi.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/c4b752af-196f-4a09-85d9-107f4b0aef69#

Ovoz berish uchun quyidagi amallarni bajaring:

1. Koʻk yozuvning ustiga bosing.
2. Telefon raqamingizni kiriting.
3. Kelgan sms kodni kiriting.

Ovoz berganingizni skrinshot qilib ushbu post ostiga qoldiring.

Ovozingiz uchun oldindan rahmat.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishlog'imiz, Baxmal MFY raisi Umirzaqov Sobir akaning tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari, sinfdosh doʻstlari hamda Baxmal MFY xodimlar jamoasi tabrik yo'llamoqda.

Кanalimiz nomidan ham Sobir akaga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq / #majburiyat / #vaqtida_tōlash

Soliqlaringizni to'lang va yaxshi uxlang!

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, soliqlar fuqarolar uchun konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan majburiyatlardan biri hisoblanadi.

Soliqlar oʻz vaqtida toʻlansa, nafaqalar, oyliklar va davlat tomonidan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida beriladi.

Mol-mulk va yer soliqlari to'lovlarini Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring!

🗓 Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni – 15-oktabr

Siz ham soliqlarni vaqtida toʻlab Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan faol va namunali soliq toʻlovchi fuqarolar safiga qoʻshiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nilufar / #usmonova / #baxmal

Baxmal olmalari mashhurlar e'tiborida.

Xushovoz xonanda Nilufar Usmonova endi bog'bon.

U Baxmal olmalarini yetishtirib, sotishni yo’lga qo’ymoqchi ekan.

Xonandaning yangi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lishdi.

Ishchi guruh a’zolari Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 5-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, tumanda ekologik ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarning ekologik savodxonligi, ekologik muammolarga munosabatlari bilan ham qiziqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘quvchilarga Ekologiya vazirligi tomonidan yangi nashr etilgan "Bolalar uchun Qizil kitob"lar beg‘araz tarqatildi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

Shu kunning o‘zida ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Baxmal o‘rmon xo‘jaligida daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, gul va shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida noqonuniy qurilishlarning bugungi holati ham o‘tganildi.

Shuningdek, daryo o‘zanlaridan noqonuniy foydalanish, Gʻallaorol va Baxmal tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi "Sangzor" daryosining bugungi holati, mavjud muammolar, xususan suv-yer resurslarini noqonuniy qazilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Nihoyat, Sangzor daryosidagi ekologik halokatga alohida e’tibor qaratiladi deb umid qilamiz. Bu mavzuga hali alohida va tizimli ravishda toʻxtalamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news