Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Audio
#xotira / #sherali / #meros

Sherali Joʻraev - O'zbegim.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#kontrakt / #talaba / #oshirilmaydi

To'lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.

2023/2024-o'quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymati miqdori davlat oliy ta'lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham bazaviy to'lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o'quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shuningdek, 2023/2024-o'quv yili tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorlari o'tgan o'quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o'zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o'quv yili qabulida to'plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abiturientlarga, istisno taraqasida yangi o'quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o'qitish qiymatining 50 foizini to'laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabrgacha to'liq to'lagan abiturientlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.

© Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Kreditlarga munosabatingiz?
Anonymous Poll
29%
Ijobiy
35%
Salbiy
36%
Kredit harom
#kecha_bugun /#svet

Qishlog'imizda kecha va bugun.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Qirqqishloq News
"Internet yoshlarimizning ongini buzib qo’yadi deb xavotir olgunimizgacha televizor kattalarning ongini buzib qo’yibdi." Koʻp televizor koʻrmang ahmoq boʻlib qolasiz, degan gap bekorga aytilmaganda. Kanalga ulanish uchun ⤵️ @qirqqishloq_news
Zamonaviy ozbek kinosini korgandan ko`ra "svarkaga" qarab turgan afzal.

Nomi ulug' surpasi quruq degan gap bor xalqimizda.Buning esa na nomi ,na o'zi maqtarli , qoniqarli.

Iltimos,hurmatli serialsevar ota-onalar , o'zlaringiz ko'rsalaringiz ham farzandlaringizni bunaqa saviyasi past kinolar qarshisida farzandlaringizni qo'yib qo'ymang,aslo.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
📣 "Cyber Week" комплекс тарғибот-ташвиқот тадбирлари доирасида “Энг фаол маҳалла инспектори” танлови бошланди!

ℹ️ Танловда фақат Жиззах вилояти ҳудудида жойлашган маҳаллаларида фаолият олиб борувчи профилактика инспекторлари иштирок этиши мумкин.

Энг кўп аҳолига тарғибот ишларини олиб борган ва кўпчиликни эътиборини қозонган профилактика инспекторлари қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Ғолиб ва совриндорлар https://t.me/cyber102policeBot телеграм бот ёрдамида овоз бериш йўли орқали аниқланади.

Бизнинг каналларимиз: 👇👇👇
💻 𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📝 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🎞 𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, yuqoridagi link orqali kirib Baxmal QFY ga ovoz berib yuboring.

Ovoz bergan barchaga oldindan rahmat.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islom / #kiyinish / #meyor

«Islom dini kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi» - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov kiyinish madaniyati haqida gapirdi.

«Islom dinida ma'lum bir forma qabul qilinmagan. Allohdan qo‘rqishlik, taqvo - kiyim bilan o‘lchanmaydi.

Islom kiyimda ham me'yorni, haddini o‘rgatadi. Haddingni bil, behayo bo‘lib butun dunyoga sharmanda bo‘ladigan kiyimni ham kiyma, yoki qop-qora bo‘lib arabcha bo‘lib olma.

Bizning mazhabimiz ayollarning yuzini berkitishiga buyurmagan, ayollar ma'lum bir kiyimni kiyishiga ham buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, qop-qora qilib olsin, hatto qo‘liga qo‘lqop taqib olsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q», — dedi muftiy.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#maktab_85 / #ovoz_bering

Openbudget platformasida Baxmal tumani Qirqqishloq qishlogʻida joylashgan 85-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining loyihasiga ovoz bering.

Ushbu loyiha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1. Katta yoʻldan maktabgacha boʻlgan ichki yoʻlni asfalt qilish.
2. Maktab oʻquvchilari uchun sun'iy qoplamali mini stadion qurish.

Hurmatli hamqishloqlar va kanalingiz kuzatuvchilari iltimos ushbu loyihaga #befarqbõlmang

Taʼlim va taʼlim berish joyi hisoblangan maktablar uchun sarflanadigan har bir soʻm kelajakda ming baravar natija beradi.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/c4b752af-196f-4a09-85d9-107f4b0aef69#

Ovoz berish uchun quyidagi amallarni bajaring:

1. Koʻk yozuvning ustiga bosing.
2. Telefon raqamingizni kiriting.
3. Kelgan sms kodni kiriting.

Ovoz berganingizni skrinshot qilib ushbu post ostiga qoldiring.

Ovozingiz uchun oldindan rahmat.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishlog'imiz, Baxmal MFY raisi Umirzaqov Sobir akaning tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari, sinfdosh doʻstlari hamda Baxmal MFY xodimlar jamoasi tabrik yo'llamoqda.

Кanalimiz nomidan ham Sobir akaga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq / #majburiyat / #vaqtida_tōlash

Soliqlaringizni to'lang va yaxshi uxlang!

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, soliqlar fuqarolar uchun konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan majburiyatlardan biri hisoblanadi.

Soliqlar oʻz vaqtida toʻlansa, nafaqalar, oyliklar va davlat tomonidan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida beriladi.

Mol-mulk va yer soliqlari to'lovlarini Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring!

🗓 Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni – 15-oktabr

Siz ham soliqlarni vaqtida toʻlab Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan faol va namunali soliq toʻlovchi fuqarolar safiga qoʻshiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nilufar / #usmonova / #baxmal

Baxmal olmalari mashhurlar e'tiborida.

Xushovoz xonanda Nilufar Usmonova endi bog'bon.

U Baxmal olmalarini yetishtirib, sotishni yo’lga qo’ymoqchi ekan.

Xonandaning yangi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lishdi.

Ishchi guruh a’zolari Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 5-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, tumanda ekologik ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarning ekologik savodxonligi, ekologik muammolarga munosabatlari bilan ham qiziqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘quvchilarga Ekologiya vazirligi tomonidan yangi nashr etilgan "Bolalar uchun Qizil kitob"lar beg‘araz tarqatildi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news