Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#ziyorat / #xorazm / #turizm

Bir guruh hamqishloqlarimiz Xorazm viloyatiga sayohatga borishibdi.

Ulardan biri To'ychiyev Asliddin akaga sinfdoshlari samimiy salom yo'llashmoqda

Ziyoratlaringiz qabul bo'lsin.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Qishlogʻimizda zilzila sodir boʻlayapti.
Taxminiy silkinish kuchi: 7.7 ball

Episentr Tojikiston va Afgʻoniston chegarasida.

Qishlogʻimizdan 440.6 km janubiy uzoqlikda.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#ziyorat / #vodiy / #turizm

Bir guruh 18-82-85-maktab oʻqituvchilar jamoasidan iborat hamqishloqlarimiz Fargʻona vodiysiga 17-18-mart kunlari sayohatga borishibdi.

Ziyoratlaringiz qabul bo'lsin.

Umringizdan bir kun qolsa ham sayohat qiling. Pulingizdan bir pul qolsa ham sayohat qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabriston / #ahvolimiz / #qirqqishloq

Qabristonlar "bedarvoza"mi?

Kanalimiz kuzatuvchilaridan biri yuborgan videodan ma'lum bo'lyaptiki, bir necha avlod ota-bobolarimizning soʻngi manzili boʻlgan hamda siz-u bizning ham oxir borar joyimiz bo'lgan qishlogʻimiz qabristoni qarovsiz qolib qo'ylar tomonidan oyoqosti qilinayapti.

Qabriston va qabrlarni tahqirlashga hech kimning haqqi yoʻq. Qo'yku bir ongsiz jonivor, lekin bu ishni qilayotganlar insondir?! Ko'rib bilib turib qanday qilib bunga yoʻl qo'yish mumkin!?

Hayvonlarni qarovsiz qoldirish natijasida yetkazilgan zarar uning egasi tomonidan qoplanadi. Qabrlarni tahqirlash esa jinoyat hisoblanadi va buning uchun ham jinoiy javobgarlik bor.

Ma'sul shaxslar ko'rib hulosa chiqaradi deb oʻylaymiz. Aks holda, tegishli choralar ko'rilishi uchun shikoyat qilinadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabriston / #ahvolimiz

Kecha kechasi kanalimizda e'lon qilingan "Qabristonlar "bedarvoza"mi?" nomli postimizga qabriston qorovullaridan biri munosabat bildiribdi.

Tezkor munosabat uchun, avvalo, rahmat. Biz bu ishlarga aybdorlar haqida yozganda qorovullarni deyarli tilga olmagandik.

Lekin shu o'rinda qabristonlarni qo'riqlash, uni muhofaza qilish qorovullarning xizmat vazifasi hisoblanadi. Ular ushbu vazifalarni sidqidildan bajarishga majbur.

Ushbu vaziyatda kim qay darajada aybdor uni ma'sul shaxslar aniqlashadi. Shunday boʻlsa ham oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan qorovullarga rahmat aytamiz.

Yuqorida kabi holatlarga duch kelganda esa zudlik bilan rasm va video ko'rinishida dalillartirib yuqori turuvchi organga xabar berishlarini soʻraymiz.

Chunki vaqtida xabar bermaslik ham ayb hisoblanadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishloqlarimiz, Nodirov G'ulom aka hamda oʻgʻli Anarboyev Murodjonning tavallud ayyomi ekan.

Shu munosabat bilan oila aʼzolari, Buxoroga kelin boʻlgan qizi Mamura opa, yaqin doʻstlari hamda ukalari tabrik yo'llamoqda.

Biz ham kanalimiz nomidan qo'shaloq tugʻilgan kun egalarini tabriklaymiz, ularga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya / #referendum / #konsert

Konstitutsiya seniki, meniki, hammamizniki.

Bugun 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida 30-aprelda boʻlib oʻtadigan Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha referendum munosabati bilan targʻibot va tashviqot tadbiri boʻlib oʻtadi ekan.

Tadbirda davlat xizmatchilari, taniqli shaxslar, tadbirkorlar, fan va madaniyat xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir soʻngida konsert dasturi rejalashtirilgan.

Barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya / #referendum / #konsert

Konstitutsiya seniki, meniki, hammamizniki.

Bugun 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtayotgan targʻibot va tashviqot tadbiridan videolavha.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya / #referendum

Konstitutsiya seniki, meniki, hammamizniki.

Bugun 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtayotgan targʻibot va tashviqot tadbiridan videolavha.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya / #referendum / #konsert

Konstitutsiya seniki, meniki, hammamizniki.

85-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Hayitboy Toʻrabekovning o'qituvchilarning haq-huquqlari kafolatlari toʻgʻrisidagi nutqi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#konstitutsiya / #referendum / #nutq

Konstitutsiya seniki, meniki, hammamizniki.

60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Nilufar O'mirzaqovaning vatanparvarlik haqida nutqi va ajoyib she'ridan videolavhalar.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chorshanba / #bozorimiz

Nihoyat qadimiy va afsonaviy Chorshanba dehqon bozorimiz buzilib qaytadan quriladigan bo'libdi.

Videodan bozordagi eski binolar buzilayotganligini ko'rishingiz mumkin. Oxirida bozor hududi butkul tekislanib alohida loyiha asosida binolar quriladi.

Chorshanba dehqon bozori baxmalliklar va qishlogʻimiz tarixida alohida ahamiyatga va oʻrniga ega. Hududdagi eng katta bozorlardan hisoblanadi.

Uning ahvoli haqida kanalimiz orqali mana bu yerda, bu yerda, bu yerda ham koʻp va hoʻp yozganmiz. Bir marta trendga ham chiqib ketgandi.

Nima boʻlganda ham, dastlabki, ishlar boshlanibdi. Yangi bozor qurish loyihasida oqava suvlar chiqib ketishi uchun kanalizatsiya, choyxonalar uchun elektr ta'minoti, toza ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlari masalalari ham inobatga olinishi kerak. Axir 21-asrda yashayapmiz. Bu sharoitlar oddiy kundalik ehtiyojlar hisoblanadi.

Bizga shinam, qulay, tartibli va albatta toza-ozoda bozor kerak.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bayram / #tavallud_kun / #tabrik

Tugʻilgan kun muborak boʻlsin.

Bugun hamqishloq ukamiz Sindorov Firdavsjon Botir oʻgʻlining ham tavallud ayyomi ekan.

Firdavsjon bugun 16 yoshga toʻlibdi. Shu munosabat bilan oila aʼzolari, yaqin doʻstlari tabrik yo'llamoqda.

Biz ham kanalimiz nomidan Firdavsjonga uzoq va mazmunli umr, doimiy sihat salomatlik, yaxshi va hursand kunlari koʻp boʻlishini tilaymiz.

Kelajakda ulgʻayib katta yigit boʻlib qishlogʻimiz va xalqimizga nafi tegadigan inson boʻlsin.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news