Qashqadaryo sport I Rasmiy kanal
1.81K subscribers
26.9K photos
2.84K videos
9 files
7.29K links
Download Telegram
Forwarded from Judo Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋📹O`zbekiston dzyudo federatsiyasi operatori Jahongir Qudratov bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimini tarixga muhrladi...

Obuna boʻling👉 Telegram
Forwarded from Sport vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#parij_2024

⚡️XUSHXABAR! ⚽️
YANA BIR QASHQADARYOLIK SPORTCHI PARIJ-2024 XXXIII YOZGI OLIMPIYA O‘YINLARIDA ISHTIROK ETADI.


Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida Qashqadaryolik sportchi Nasaf futbol klubi a'zosi, ayni damda Turkiyaning Rezispor klubi safida to‘p surayotgan Husniddin Aliqulov ham ishtirok etadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari Futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze yana ikki futbolchini, Italiyaning Roma futbol klubida to‘p surayotgan hujumchi Eldor Shomurodov hamda Eronning Persipolis klubi safidan Oston O‘rinovlarni ham terma jamoa safiga kiritgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
Forwarded from OlympicUz
Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Davlat Xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbarlari, sportchi hamda murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Прошло торжественное мероприятие проводов делегации Узбекистана на летние Олимпийские игры Париж-2024

Сегодня в Музее Олимпийской и Паралимпийской славы состоялось торжественное мероприятие проводов делегации Узбекистана на XXXIII летние Олимпийские игры Париж-2024. В мероприятии присутствовали Председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, глава Федерации велоспорта страны Танзила Нарбаева, Премьер-министр Республики Узбекистан Абдулла Арипов, руководитель департамента Администрации Президента Республики Узбекистан Одил Абдурахманов, председатель Службы государственной безопасности, глава Ассоциации футбола Узбекистана Абдусалом Азизов, вице-президент Олимпийского совета Азии Отабек Умаров, руководство Министерства спорта во главе с Адхамом Икрамовым, а также, руководители Национальной Олимпийского и Паралимпийского комитетов, спортсмены, тренеры, сотрудники СМИ.
Forwarded from Sport vazirligi
"Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yil mavsumi doirasida sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari tahlil qilindi

Bugun 2-iyul kuni Sport vaziri Adkham Ikramov rahbarligida "Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yil mavsumi doirasida sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bog'liq masalalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda quyidagi masalalar koʻrildi:

"Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yil mavsumi doirasida sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish hamda yoshlar qamrovini 10 million nafarga yetkazish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, "Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika, stol tennisi va workout sport turlari boʻyicha final musobaqalarini tashkil etish, oʻtkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarlarda keng yoritish chora-tadbirlari yuzasidan toʻxtalib oʻtildi. Yigʻilish soʻngida mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ma'lumot o'rnida, "Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika bo'yicha respublika bosqichi "A", "C" ligalari Toshkent shahrida, "B" ligasi Namangan viloyatida, stol tennisi bo'yicha "A", "B", "C" ligalari Sirdaryo viloyatida, workout sport turi bo'yicha musobaqaning respublika bosqichi Andijon viloyatida o'tkaziladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sport vazirligi
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni, 2-iyul - Xalqaro sport jurnalistlari kuni munosabati bilan sohada faoliyat olib borayotgan, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda faol bo‘lgan bir guruh ijodkorlar munosib taqdirlandi.

Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan tadbirda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qo‘mitalarining rahbariyati sohada qalam tebratayotgan jurnalistlarni qutlashdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Adkham Ilxamovich mamlakatimizda Prezidentimiz ilgari surayotgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atletlarimiz xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlarni xalqimizga tezkor va ishonchli tarzda yetkazib berishda sport jurnalistlarining o‘rni katta ekani haqida alohida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng soha vakillariga Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining esdalik sovg‘alari ulashildi. O‘z o‘rnida, OAV xodimlari ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube