"MILLIY TIKLANISH" QASHQADARYO RASMIY SAHIFA🇺🇿
2.05K subscribers
9.6K photos
1.09K videos
102 files
4.05K links
Milliy tiklanishdan, milliy yuksalish sari!
Download Telegram
#Milliy_tiklanish
#Qashqadaryo _viloyati
#Deputat va yoshlar

  Kitob insonni ulug’lovchi, ongi va tafakkurini kengaytiruvchi, erdan ko’klarga ko’taruvchi, ma’naviy quvvatini oshiruvchi qudratli kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir mash’ala  yulduzi hisoblanadi.
  Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi deputati, tuman "Nuroniy" jamg’armasi raisi Normo’min Imomov tashabbusi bilan tumandagi Axborot kutubxona markazida "Yoshlar ma’naviyatida kitobning o’rni va ahamiyati" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, kengash a’zolari, mehnat faxriylari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarning bo’sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, turli salbiy illatlardan asrashda ma’naviyat va tafakkur xazinasi sanalgan  kitobning ahamiyati jihatida o’ziga xos  tutgan o’rni haqida  ham so’z bordi.
Tadbir davomida yoshlar o’zlari sevib mutolla qilgan  badiiy asarlari va kitoblari haqida fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Tadbir so’nggida kitobsevar faol yoshlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi tomonidan badiiy adabiyotlar sovg’a tariqasida taqdim etildi.
✍️ Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi Axborot xizmati
https://t.me/milliy_tiklanish_Qashqadaryo/40
https://t.me/+PA8uh_kctfE5Yjgy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muloqot. "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmun-mohiyati haqida. Suhbatdoshlar- tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sahodat Murtozova, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Feruza Norqobilova hamda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhriddin Boymurodov.

#9apr #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk
#Milliy_tiklanish
#Qashqadaryo_viloyati
#Deputat_faoliyatidan

Mahalla_yettiligi faoliyati o‘rganildi

✔️  Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilshoda Musaeva "Obod" mahallasida bo‘lib,  aholi tomorqadan foydalanish orqali oilaviy daromadni ko'paytirish,  aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o'rganishlar o'tkazdi. Qolaversa "mahalla yetiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

✍️ Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi Axborot xizmati

https://t.me/milliy_tiklanish_Qashqadaryo
▶️

🙏 "Parlament_FM" podkast dasturining navbatdagi soni Qonunchilik palatasining youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Dasturning navbatdagi soni Qonunchilik palatasida qabul qilingan — shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlanadi. Dasturda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Farhod Zayniyev ishtirok etyapti.

❗️ Mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarni muloqot chog‘ida onlayn efir vaqtida izoh o'rnida yozib qoldirishingiz mumkin.

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_tiklanish
#Qashqadaryo_viloyati
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari G’uzor tuman Kengashi deputati Baxriddin Mengliqulov tashabbusi bilan 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Gʻuzor tumani 70 maktabda "Bir vatanda bir vaqtda bir maqsadga bir makonda" nomli yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Musobaqa gʻoliblari diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

✍️ Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi Axborot xizmati
https:G’G’t.meG’milliy_tiklanish_Qashqadaryo
Forwarded from Qahhorzoda Shaxnoza
#MILLIY_TIKLANISH
#QASHQADARYO_VILOYATI

O‘SMIR QIZNING JASORATI

Ayni vaqtda viloyatimizda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, frontning olovli nuqtalaridagi ayovsiz qirg‘inbarotlarning bevosita guvohi bo‘lgan  ayol istiqomat qilmoqda.
Ана шундай қаҳрамонларимиздан бири Qarshi shahriдаги Qarliqxona mahallasida yashovchi Vera ая Nosirovadir.
Vera Nosirova 1925 yilda Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumani, Verxniy Saltov qishlog‘ida, ziyoli oilada tavallud topgan. Yoshligidan zehnli, ilmga chanqoq bu qiz kelgusida oliygohda o‘qish, katta olima bo‘lishni maqsad qilgandi. Ammo 1941 yilda Vera hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan bir paytda ko‘plab xalqlar boshiga adoqsiz kulfatlarni yog‘dirgan urush boshlanib qoldiyu, Vera va uning oilasi hayoti ham singan shishadek to‘zg‘ib ketdi.
Ayniqsa, qattol urush dahshatlari Vera yashaydigan hududga juda tez yetib keldi. Shaharu qishloqlar birin-ketin dushman qo‘liga o‘ta boshladi. Odamlar asir olinar, uylar yoqib yuborilar, tinimsiz o‘q ovozlari, bombalarning dahshatli gumburlashidan quloqlar qomatga kelardi. Ko‘p o‘tmay otasi Andrey Ivanovich urushda vafot etib, ukalarini boqish 16 yoshli qizning zimmasiga tushdi. Keyin akasining ham urushda halok bo‘lganini eshitdi.
Bu voqealar o‘smir qizning qalbida dushmanga nisbatan cheksiz nafrat uyg‘otib, u jangga kirish, o‘z askarlariga amaliy yordam berishni istay boshladi. Yosh Veraning bu fikrini eshitgan zobitlardan biri u bilan belgilangan tartibda savol-javob qilganidan so‘ng, razvedkachi sifatida xizmatga qabul qildi. Qiz esa  hech ikkilanib o‘tirmay, shu kuniyoq ishga kirishdi va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishni boshlab yubordi.
Verada razvedka xizmati uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bor edi. U nemis tilini yaxshi bilar, jussasi kichik va yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinardi. Shu bois ikki yil davomida go‘yoki o‘ynab yurgan bolakay kabi fashistlarning o‘q-dori, oziq-ovqat omborlari, muhim ob’yektlari haqida ko‘plab kerakli ma’lumotlar to‘plab, sovet askarlariga yetkazib turdi.
Biroq yosh Veraning harakatlarini o‘z hududidan bo‘lgan va fashistlarga xizmat qilayotgan sotqin "starosta" anglab qoladi va bu haqda nemis askarlariga xabar yetkazadi. Qiz tezda qo‘lga olinib, Polsha Respublikasi Sudeskiy viloyatida joylashgan konslagerga jo‘natiladi.
Vera Nosirova konslagerdagi qiynoqlar, azob-uqubatlar haqida so‘zlar ekan, ko‘ziga yosh olib, asir tushgan ko‘p jangchilar bu azoblarni ko‘tara olmay, o‘lib ketishganini aytadi. Ochlik va qiynoqlar azobidan Veraning ham hayoti so‘nib borayotgan edi. Yaxshiyamki konslagerning kuli ko‘kka sovurildiyu, u va qolgan asirlar ham ozod etildi.
- Shundan so‘ng ortga qaytib, o‘z yaqinlarimni izlay boshladim, - deydi Vera Nosirova. - Donesk shahrida yolg‘iz ukamni topdim. So‘ngra Penza shahrida og‘ir yarador yotgan o‘zbekistonlik askar - Najim Nosirov bilan tanishdim. Keyinchalik u kishi bilan hayot yo‘llarimiz bog‘landi.
Turmush o‘rtog‘i sog‘aygach, Vera Nosirova 1947 yilda u bilan birga Toshkent viloyatining Bekobod shahriga kelib yashay boshlaydi. So‘ng Qarshi cho‘li o‘zlashtirilishi munosabati bilan shu yerga ishga yuboriladi. Shu-shu Vera Nosirova Qarshi shahrida istiqomat qilib kelmoqda.
Ayni paytda  onaxon farzandlari, nevara va chevaralari ardog‘ida baxtli va to‘kis hayot kechirmoqda.
O’zMTDP Qashqadaryo viloyat  Kengashi Axborot xizmati
Batafsil 👉 ushbu havolada
facebook.com 
https://t.me/qashqadaryomilliytiklanish
#MILLIY_TIKLANISH
#QASHQADARYO_VILOYATI
#XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo’minov boshchiligida Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Dilfuza Jalilova, viloyat kengashi xodimlari II jahon urushi qatnashchisi Vera Nosirova xonadonida bo‘lib, xolidan xabar olishdi.
O’zMTDP Qashqadaryo viloyat Kengashi Axborot xizmati
Batafsil 👉 ushbu havolada
facebook.com
https://t.me/qashqadaryomilliytiklanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙏 O'zbekistonda 9-may - Xotira va qadrlash kuni!

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM