Qashqadaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
833 subscribers
9.21K photos
1.01K videos
27 files
2.94K links
Qashqadaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining rasmiy Telegram kanali.
Download Telegram
Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларига Президентимиз табриги ва совғалари топширилмоқда

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов ғузорлик Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси Энназар бобо Ҳасанов хонадонида бўлиб, Президентимизнинг 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан уларга йўллаган табригини ўқиб эшиттирди. Давлатимиз раҳбарининг қимматбаҳо совғаси ва 20 миллион сўмлик бир марталик пул мукофотини тантанали топширди.

Байрам муносабати билан уруш фахрийсининг хонадонида ташкил этилган тадбирда нуронийлар, туман ҳокими, секторлар раҳбарлари, ҳарбийлар, маҳалла фаоллари ва ёшлар иштирок этишди.

100 ёшни қаршилаётган Энназар бобо изтиробли уруш хотиралари, очарчилик даврлари, ҳаёт тажрибалари ҳақида сўзлаб, бугунги дориломон кунларнинг қадрига етиш кераклигини такрор-такрор таъкидлади. Президентимиз томонидан Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларига кўрсатилаётган доимий ғамхўрлик учун миннатдорлик изҳор қилди. Қўлларини дуога очиб, юртимиз тинчлиги ва Янги Ўзбекистон ёшлари камолини тилаб, эзгу ниятларини изҳор қилди.

Маълумот учун: воҳамизда 8 нафар Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси эъзозу эҳтиромда умргузаронлик қилиб келмоқда. Улар: Соттаров Рўзибой - 114 ёш, Қамаши тумани, Джаббаров Сайдулло - 104 ёш, Шаҳрисабз тумани, Хасанов Энназар - 100 ёш, Ғузор тумани, Шерматов Хайрулло - 100 ёш, Касби тумани, Соатов Рўзи 99 ёш, Нишон тумани, Ёдигоров Жўра - 98 ёш, Чироқчи тумани, Бобоев Омон - 99 ёш, Шаҳрисабз шаҳри, Насирова Вера Андреевна - 99 ёш, Қарши шаҳри.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Kitobda "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar bepul tibbiy ko'rikdan  o'tkazildi

Aholining salomatligini saqlash ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda joylarda tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Kitob tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 11-Oilaviy poliklinikasi hamda Sariosiyo oilaviy shifokorlik punktida hududdagi ijtimoiy himoya reestrida turuvchi, "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshi ulug' qariyalar uchun navbatdagi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tekshiruvlarni sifatli otkazish maqsadida tibbiyot birlashmadagi barcha zaruriy tibbiy asbob-uskunalar va zamonaviy laborator-diagnostik apparatlar jalb etilib,  kasalliklari aniqlangan keksalarning salomatligini tiklashlari uchun kerakli tavsiya va muolajalar amalga oshirildi hamda imtiyozli dori-darmonlar bilan taminlandi.

https://t.me/qashoilavaxotinqizlar
Xotira bor ekan – millat barhayot

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Qarshi shahar Odina majmuasida Qashqadaryo viloyat hokimligi, Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi, Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamkorligida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Xotira kechasida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining “An’anaviy ijrochilik” bo‘limi o‘qituvchi-jo‘rnavoz hamda o‘quvchi-yoshlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, sovuq urush nafasini his ettiradigan va musaffo osmon ostidagi tinch hayotni o‘z misralarida mujassam etgan she’rlar aytildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Ziyoda Aminova, Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Komila Karamova ishtirok etdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qashqadaryodagi eng ibratli oila aniqlandi

Qashqadaryoda "Yangi O'zbеkistoning ibratli oilasi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning navbatdagi bosqichida 16 oila ishtirok etdi.

Ishtirokchilar mehr-oqibat, qo‘ni-qo‘shnilar orasidagi hamjihatlik, farzandlar tarbiyasidagi ibratli ishlari, huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘z bilimini namoyish etishdi.

Oilalarda ko‘proq uchraydigan qaynona va kelin mojarosi, turli sabablar oqibatida yuzaga kelgan kelishmovchilik holatlari va ularning oqilona yechimi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari hakamlar tomonidan baholab borildi.

Shahrisabz shahrilik Baxtiyor, Shahribonu Yallaеvlar oilasi eng ibratli oila sifatida e’tirof etildi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

https://t.me/qashoilavaxotinqizlar
Qashqadaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi jamoasi yurtdoshlarimizni "9-may Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi

https://t.me/qashoilavaxotinqizlar