MIGRATSIYA QASHQADARYO
10.2K subscribers
3.7K photos
924 videos
11 files
2.81K links
Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali.
☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907)
🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)
Download Telegram
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida quyidagi vazifa va imkoniyatlar belgilab olindi:

- muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantirilishi belgilandi, bunda har bir harbiy xizmatchi armiyadan qaytganda kasbiy ko‘nikmalar va real istiqbollarga ega bo‘ladi;

- "Bir million dasturchi" va "Sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchi" dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar o‘qitiladi;

- muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgandan keyin o‘qishi qo‘llab-quvvatlanadi, shu jumladan sertifikat xarajatlari qoplanadi va foizsiz ta’lim kreditlari beriladi;

- muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish choralari kengaytirilmoqda, shu jumladan ularning tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi va ishga joylashishda qo‘shimcha imtiyozlar beriladi;

- harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi:

- 1-apreldan boshlab ofitserlarning ko‘p yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi;

- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi;

- hududiy mudofaa organlarining harbiy bo‘lmagan xodimlari mehnatiga haq to‘lash joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi;

- 30 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblashda hisobga olinadigan pul ta’minoti miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi;

- ma’naviy-ma’rifiy tarbiya maqsadida joriy yilda harbiy qism va muassasalar 1 million nusxada badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi;

- armiyada sportni rivojlantirish davom ettiriladi, jumladan, yoshlarning qiziqishiga javob beradigan zamonaviy yo‘nalishlar joriy etiladi;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda raqamli makon xususiyatlarini hisobga olish muhimligi ta’kidlandi.

Также на заседании Совета безопасности под председательством Президента Шавката Мирзиёева определены следующие задачи и возможности:

- обозначено формирование новой модели срочной военной службы, при которой каждый военнослужащий получает профессиональные навыки и реальные перспективы после демобилизации;

- ежегодно 5 тысяч военнослужащих-срочников будут обучаться в рамках программ "Один миллион программистов" и "Пять миллионов лидеров в сфере ИИ";

- создаются условия для поступления военнослужащих в высшие учебные заведения в период службы, а также поддержки обучения после демобилизации, включая компенсацию расходов на сертификаты и предоставление беспроцентных образовательных кредитов;

- расширяются меры содействия занятости демобилизованных военнослужащих, включая поддержку предпринимательства и дополнительные преимущества при трудоустройстве;

- принято решение о дальнейшем улучшении условий службы и быта военнослужащих, особое внимание уделено социальной защите военнослужащих, их семей и военных пенсионеров:

- с 1 апреля надбавка за выслугу лет для офицеров увеличивается в 2 раза;

- заработная плата контрактных солдат и сержантов повышается на 10 процентов;

- оплата труда гражданского персонала территориальных органов обороны увеличивается на 20 процентов в текущем году и ещё на 50 процентов в следующем;

- при расчете пенсий для военнослужащих со стажем более 30 лет учитываемый размер денежного довольствия увеличивается с 75 процентов до 100 процентов;

- в целях духовно-нравственного воспитания в текущем году военные части и учреждения будут обеспечены 1 миллионом экземпляров художественной литературы;

- продолжится развитие спорта в армии, включая внедрение современных направлений, отвечающих интересам молодёжи;

- подчеркнута важность воспитания молодежи в духе патриотизма с учетом реалий цифровой среды.

Facebook|Instagram|X
6👌1
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тинч осмон, осойишта ҳаёт — Ватан ҳимоячиларининг жасорати самарасидир.

📌 Миграция агентлиги жамоаси номидан барча Ватан ҳимоячиларини байрам билан самимий табриклаймиз!

🇺🇿 Ватанга садоқат, халққа хизмат — барчамиз учун ибрат!

👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥QASHQADARYO VILOYATI QARSHI SHAHRI AHLI UCHUN AJOYIB YANGILIK!

Ish o‘rnini taklif qilayotgan Xususiy bandlik agentligi:
Jobbridge
Lisenziya raqami:
№ 830809, berilgan sana: 16.06.2025

🎁10 TA VAUCHER — HAR BIRI 💲2000!
Yevropada rasmiy ishlash uchun katta imkoniyat.

KIMLAR UCHUN?
5 ta vaucher — o‘z kasbining eng zo‘r ustalari uchun
🤍5 ta vaucherijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun

Yevropa ish beruvchilari ishtirokidagi MEHNAT FORUMI bo‘lib o‘tadi.

🤝Forum davomida nomzodlar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbat asosida,
📌tanlov orqali rasmiy qabul qilinadi.

🌎BO‘SH ISH O‘RINLARI:

🚢Dunyo bo‘ylab
▫️ Kruiz kemalarida ishlash

🇭🇷Xorvatiya150 ta
🛠Qassobchilik, qariyalarni parvarishlash, qurilish mutaxassislari

🇩🇪Germaniya100 ta
🛠Avtomobil ustalari, qurilish mutaxassislari

🇧🇬Bolgariya250 ta
🛠Tibbiyot, elektrik, santexnik, mexanik, haydovchi, payvandchi, fabrikalar

🇯🇵Yaponiya150 ta
🛠Qishloq xo‘jaligi, qurilish, stajyorlik


🗓Sana: 17-yanvar kuni
Soat: 11:00
📍Lokatsiya: Qarshi shahar Kasbiy ko'nikmalar markazi

⚠️Joylar cheklangan.
Bugun qaror qiling — imkoniyatni boshqalarga bermang.

❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «Job Bridge» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi.

🪙Yangiliklar uchun bizni Telegram’da kuzatib boring!

📣 Telegram: @qashmigration
🌐 Xorijdaish.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5
Forwarded from XORIJDA ISH
E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLASH IMKONIYATI!

Migratsiya agentligi va “HD Hyundai” hamkorligida Koreya standartlari asosida kemasozlik yo‘nalishida 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar E-7 malakali ishchi vizasi orqali Koreyada rasmiy ish bilan ta’minlanadi!

Bo‘sh ish o‘rinlari:
⚙️ Bo‘yoqchi — 2 nafar
⚡️ Elektrik — 14 nafar


📅 Quyidagi hujjatlar 15–23-yanvar kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi:

- Anketa
-
Tilxat
- Pasport nusxasi (rangli)
- 2 dona foto (3,5 × 4,5 sm)
- Bakalavr diplomi nusxasi (saralash bosqichidan so'ng apostil talab qilinadi).

📍Hududiy filiallar mazillari

Saralash tanlovlarini ish beruvchi suhbat va yozma imtihon asosida o'tkazadi (koreys tilida)

Loyihada kimlar ishtirok eta oladi?

▪️Kimyo, materialshunoslik, arxitektura, avtomobilsozlik, mexanik yoki elektr muhandisligi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bakalavr diplomiga ega;
▪️Koreyada qonunbuzarligi va viza rad etilishi bo‘lmagan, sudlanmagan, sog‘lom, 35 yoshgacha bo'lganlar;
▪️Til sertifikati (TOPIK, Sejong, KIIP) mavjud nomzodlarga ustunlik beriladi.

❗️ Eslatma: faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.


📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244)

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Forwarded from XORIJDA ISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SPAS ELEKTRON BAZASIDA TURGANLAR UCHUN MUHIM YANGILIK

📌 Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga navbatdagi tanlov ochildi!

📌 Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar bitiruvchidan, 356 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan.

📍O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA Mintaqaviy kasb hunarga o'rgatish markazi (yotoq joy, o’qish bepul);


Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin:

▪️SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi;

▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor;

▪️ Bazada 2026 -yil 29 - maydan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga (2026-yil noyabrgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar.


💷 Minimal oylik maosh: 2,156,000 von = bugungi kunda 1484 $ (ish hajmiga qarab oshadi).

📌 Hujjatlar 12-yanvardan 23-yanvargacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi:

1. Anketa
2. Tilxat
3. Xorijga chiqish pasporti nusxasi (rangli)
4. 2 ta fotosurat (3.5 × 4.5)
5. Til sertifikati (TOPIK/ "Qirol Sejong")

➡️ Hududiy filiallar manzillari

🗓 Muhim sanalar:

Hujjatlar topshirish: 12-yanvar – 23-yanvar
Hujjatlar asosida saralash natijalarini e'lon qilish:
2026-yil 28-yanvar
Suhbat+test: 9-fevral – 13-fevral
O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 23-fevral
O'qish muddati: 9-mart – 29-may (taxminan 3 oy)
Yakuniy baholash: 2026-yil 29-may
Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 5-iyun

🚫 Eslatma: Avval Koreyada noqonuniy harakatlar sodir etib jarimaga tortilgan, noqonuniy faoliyat olib borgan yoki elchixonaga qalbaki hujjat taqdim etganligi sababli vizaga rad javobini olgan nomzodlar hujjat topshirishlari man etiladi!!!

❗️( Hyundai kompaniyasining talabiga muvofiq, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib, viza olish jarayonida yuqoridagi holatlar sabab vizadan rad javobi olgan nomzod belgilangan tartibda jarimaga tortiladi).

📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
Forwarded from JOB BRIDGE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥QASHQADARYO VILOYATI QARSHI SHAHRI AHLI UCHUN AJOYIB YANGILIK!

🎁10 TA VAUCHER — HAR BIRI 💲2000!
Yevropada rasmiy ishlash uchun katta imkoniyat.

KIMLAR UCHUN?
5 ta vaucher — o‘z kasbining eng zo‘r ustalari uchun
🤍5 ta vaucherijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun

Ish o‘rnini taklif qiluvchi tashkilot:
“Job Bridge Xususiy Bandlik Agentligi” MCHJ
Litsenziya raqami: № 830809
Yevropa ish beruvchilari ishtirokidagi MEHNAT FORUMI bo‘lib o‘tadi.

🤝Forum davomida nomzodlar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbat asosida,
📌tanlov orqali rasmiy qabul qilinadi.

🌎BO‘SH ISH O‘RINLARI:

🚢Dunyo bo‘ylab
▫️ Kruiz kemalarida ishlash

🇭🇷Xorvatiya150 ta
🛠Qassobchilik, qariyalarni parvarishlash, qurilish mutaxassislari

🇩🇪Germaniya100 ta
🛠Avtomobil ustalari, qurilish mutaxassislari

🇧🇬Bolgariya250 ta
🛠Tibbiyot, elektrik, santexnik, mexanik, haydovchi, payvandchi, fabrikalar

🇯🇵Yaponiya150 ta
🛠Qishloq xo‘jaligi, qurilish, stajyorlik


🗓Sana: 17-yanvar kuni
Soat: 11:00
📍Lokatsiya: Qarshi shahri Monomarkaz

⚠️Joylar cheklangan.
Bugun qaror qiling — imkoniyatni boshqalarga bermang.

🚀JobBridge — sizning Yevropaga yo‘lingiz.
🪙Yangiliklar uchun bizni Telegram’da kuzatib boring!

🌎Instagram | 👉Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍10
Navbatdagi ustuvor vazifa – fuqarolarimizga xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topib berish.

Ilgari fuqarolarimiz asosan 2-3 ta davlatga borib ishlagan bo‘lsa, hozir tashkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq davlatda mehnat qilayotgani ta’kidlandi.

Misol uchun, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislarga talabidan kelib chiqib, O‘zbekistonda o‘quv kurslarini tashkil etdi.

Yaponiya kompaniyasi qurilish, haydovchilik, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishlarida “10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish” loyihasini boshladi. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilarni yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilar bunday tajribani boshqa davlatlar bilan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Masalan, chetdan ishchi kuchini faol jalb etayotgan Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Saudiya Arabistonidagi elchilarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X
👍63
Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor.

Norvegiyalik ish beruvchilar bu yilning o‘zida 3 ming fuqaroni o‘zlari o‘qitib, ularga Yevropa standartlari asosida sertifikat berishga tayyor. Yoki Shvetsiya grant ajratib, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va joriy yilning o‘zida 500 nafarini ishga olish taklifini bermoqda.

Mutasaddilarga Shvetsiya, Daniya va Norvegiya bilan kelishuvga erishib, fuqarolarimizni yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, Shvetsiya va Latviyadagi elchilar bilan birgalikda Nordik davlatlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi borasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
👍11👏51
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ташқи меҳнат миграцияси бўйича аниқ вазифалар

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Ташқи ишлар вазирлиги ҳамда хориждаги дипломатик ваколатхоналар раҳбарлари иштирокида видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

Йиғилишда ташқи меҳнат миграциясини тизимли йўлга қўйиш, фуқароларимизни хорижда юқори даромадли ва қонуний иш ўринларига йўналтириш бўйича ишлаш ҳудуд раҳбарлари ва Ўзбекистоннинг чет мамлакатлардаги диполоматик ваколатхоналарининг асосий вазифалардан этиб белгиланди:

1. Хорижда иш ўринларини кенгайтириш

Бугунги кунда Ўзбекистон фуқаролари ташкилий миграция асосида 30 дан ортиқ давлатда меҳнат фаолиятини олиб бормоқда.
Эндиликда, Швеция, Дания ва Норвегия билан ҳамкорликни кенгайтириш орқали фуқароларимизни юқори даромадли иш ўринларига йўналтириш, шунингдек, АҚШ билан мавсумий ишлар бўйича ҳамкорликни ривожлантириш топширилди.

2. Касб ва тилга тайёрлашни кучайтириш

Бугунги кунда Германия, Япония ва Жанубий Корея компаниялари томонидан мамлакатимизда касб ва тилга ўқитиш бўйича ўқув курслари ташкил этилмоқда.
Бундан буён, элчилар хорижий иш берувчилар талабига кўра касб ва тилга ўқитишга ҳам масъул бўлиши белгиланди.

3. Хориждаги фуқаролар билан бевосита ишлаш

Элчилар ва консулларга хориждаги фуқаролар билан жойига чиқиб ишлаш, консуллик хизматларини соддалаштириш, келиб тушаётган мурожаатларни тезкор кўриб чиқиш, бепул колл-марказ ташкил этиш, ҳамда амалий ёрдам кўрсатиш вазифаси юклатилди.


Президент Шавкат Мирзиёев хориждаги фуқароларимизнинг ҳуқуқий мақомини таъминлаш масаласига алоҳида тўхталиб ўтди:

“Хорижда ноқонуний бўлиб турган фуқароларимиз борлиги бизни ташвишга солади”,

– деди давлатимиз раҳбари.


Ўтган йил Россияда 150 мингдан зиёд фуқарога «миграция амнистияси»ни қўллашга эришилди.
Бошқа мамлакатларда ҳам фуқароларимизга қонуний асосда ишлашларига кўмаклашиш, шу билан бирга фуқароларимиз ҳам ўзлари бўлиб турган давлат қонунчилиги талабларига риоя қилишлари лозимлиги таъкидланди.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
15👍5🫡2
Forwarded from JOB BRIDGE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥QASHQADARYO VILOYATI QARSHI SHAHRI AHLI UCHUN AJOYIB YANGILIK!

🎁10 TA VAUCHER — HAR BIRI 💲2000!
Yevropada rasmiy ishlash uchun katta imkoniyat.

KIMLAR UCHUN?
5 ta vaucher — o‘z kasbining eng zo‘r ustalari uchun
🤍5 ta vaucherijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun

Ish o‘rnini taklif qiluvchi tashkilot:
“Job Bridge Xususiy Bandlik Agentligi” MCHJ
Litsenziya raqami: № 830809
Yevropa ish beruvchilari ishtirokidagi MEHNAT FORUMI bo‘lib o‘tadi.

🤝Forum davomida nomzodlar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbat asosida,
📌tanlov orqali rasmiy qabul qilinadi.

🌎BO‘SH ISH O‘RINLARI:

🚢Dunyo bo‘ylab
▫️ Kruiz kemalarida ishlash

🇭🇷Xorvatiya150 ta
🛠Qassobchilik, qariyalarni parvarishlash, qurilish mutaxassislari

🇩🇪Germaniya100 ta
🛠Avtomobil ustalari, qurilish mutaxassislari

🇧🇬Bolgariya250 ta
🛠Tibbiyot, elektrik, santexnik, mexanik, haydovchi, payvandchi, fabrikalar

🇯🇵Yaponiya150 ta
🛠Qishloq xo‘jaligi, qurilish, stajyorlik


🗓Sana: 17-yanvar kuni
Soat: 11:00
📍Lokatsiya: Qarshi shahri Monomarkaz

⚠️Joylar cheklangan.
Bugun qaror qiling — imkoniyatni boshqalarga bermang.

🚀JobBridge — sizning Yevropaga yo‘lingiz.
🪙Yangiliklar uchun bizni Telegram’da kuzatib boring!

🌎Instagram | 👉Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7🙏1
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кореянинг SPAS – электрон иш қидирувчилар базасида рўйхатдан ўтган ва иш берувчилар томонидан танланган яна 45 нафар юртдошимиз вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бориш учун ушбу мамлакатга жўнаб кетдилар.

📊 Маълумот учун: 2025-йилда Жанубий Корея Республикасига Е-9 визаси (ишчи виза) асосида ишлаш учун Корея томонидан 5 та танлов ўтказилган.

2025 йил 1 январдан 2026-йил 19-январь кунига қадар: 2143 нафар ҳамюртларимиз ушбу мамлакатга вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бориш учун жўнаб кетган.

2025 йилда Корея томонидан қабул қилинган меҳнат шартномаси доирасида танланган фуқароларни юбориш давом этмоқда.


⚠️ SPAS базасидаги номзодлар учун муҳим эслатма:

Базадаги номодларни кореялик иш берувчиларнинг ўзлари танлашади. Бу жараёнга учинчи шахслар аралашмайди.
❗️ Танланишингизга ёрдам беришни ваъда қилиб, пул талаб қилаётган шахслар — фирибгарлар. Бундай ҳолатлар юзасидан бизга зудлик билан хабар беринг.
📩 Мурожаат учун:
📱@anticor_migrationbot
📧 anticorruption@migration.uz

☎️ 71-202-44-11 (иш кунларида 09:00–18:00)


📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар: @uzmigration
5
Forwarded from XORIJDA ISH
🇩🇪 Siz haydovchisiz va nemis tilini ham muloqot darajasida bilasizmi? Unda Germaniyada ish bor, tilni bilmasangiz o'zimiz o'rgatamiz!

Migratsiya agentligi va Germaniyaning "Askania Future GmbH" rekrut kompaniyasi yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etadi!

Ish o‘rini: 100 ta

Tanlov shakli: ish beruvchi tashkilot tomonidan onlayn suhbat asosida
📍Ish joyi manzili: Zur Agora 1, 06774 Muldestausee OT Pouch, Germany

💰 Ish haqi: soliqdan keyin taxminan 2,100 AQSH dollari;

Tanlovda kimlar qatnasha oladi:

21-50 yosh oralig’idagi, o’rta maxsus diplomga ega, CE kategoriyada kamida 1 yillik tajribasi bor erkaklar. Ish beruvchi tanlovidan o'tgan nomzodlar til o'rganishga yo'naltiriladi.
📃 Tajribasi bor, Kod95ga ega nomzodlarga til bilishi talab etilmaydi.

Asosiy vazifalar:

🚛 Germaniya va Yevropa ittifoqi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda yuk mashinasini boshqarish;
🚛 Belgilangan marshrutlar bo‘yicha yuklarni xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish;
Yukning to‘g‘ri yuklanganini va mahkamlanganini, transport vositasining texnik holatini tekshirish;
📃 Transport hujjatlarini rasmiylashtirish, tekshirish va topshirish.


🕒 Ish vaqti: haftada 5 kun 8 soat

🩺 Ish beruvchi tibbiy sug‘urtani rasmiylashtiradi, harajati to'langan soliqlardan qoplanadi.

🧮 Nomzodning xarajatlari:

📄 Ishchi vizasi xarajatlari (100 AQSH dollari atrofida);
🛫 Aviabilet (500 AQSH dollari atrofida);
🍲 Ovqatlanish (o‘rtacha 350 AQSH dollari atrofida);
🏠 Turar joy ijarasi (230 AQSH dollari atrofida).

🎁 Ishga joylashgan taqdiringizda, Migratsiya agentligi tomonidan ishchi viza va aviabilet xarajatlari qolpab beriladi:

📌 Ishlash uchun ariza qoldirish:
🔗 https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1301

Nemis tilini o'rganish uchun ariza qoldirish:
🔗https://forms.gle/ruj4ztmxtVvJTetN8

☎️ Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 133 ish kunlarida)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🫡2
Forwarded from XORIJDA ISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇳🇱 Getwork Xususiy bandlik agentligi qurilish ustalarini Gollandiya ish beruvchilari bilan suhbatga taklif etadi!

Yevropada qonuniy va barqaror ish topishni istaysizmi? Siz uchun ayni imkoniyat! Gollandiya davlatidan kelgan ish beruvchilar ishtirokida bevosita ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlar tashkil etilmoqda.

📍Suhbat o‘tkaziladigan manzillar va vaqtlar:

21-yanvar — Urganch shahri, Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. Urganch shahar Kasbiy ko'nikmalar markazi. Soat 10-00.
📍Lokatsiya
22-yanvar — Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy. Toshkent shahar Kasbiy ko'nikmalar markazi. Soat 10-00.
📍Lokatsiya


🧱Yo‘nalish:
G‘isht teruvchi ustalar (tajribali va malakali mutaxassislar uchun)

📝Suhbat tartibi 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣Nazariy qism — kasbiy bilim, ish tajribasi va texnik savollar
2️⃣Amaliy qism — g‘isht terish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni tekshirish

🟡Tezroq ro‘yxatdan o‘ting!

📞 +998(78)555-11-66

XBA litsenziya raqami: 790188

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥2👌1🫡1
Муротжон Азимов бошчилигидаги Қашқадарё делегацияси Германия Федератив Республикасида

Бугунги кунда воҳамиз Германия давлати билан таълим, тартибли миграция, тиббиёт, инвестиция ва сунъий интеллект каби қатор йўналишларда ҳамкорликни йўлга қўймоқда.

Ҳозирда ушбу давлатда расмий ташриф билан бўлиб турган вилоят ҳокими Муротжон Азимов бошчилигидаги делегациямиз ҳам кўплаб лойиҳаларни ҳамкорликда амалга ошириш, ёшларимизни касб-ҳунарга ўргатиш, иш ўринлари яратиш ва тартибли миграцияни амалга оширган ҳолда ҳам иқтисодиётимиз ривожига, ҳам аҳоли даромадларини оширилишига хизмат қиладиган мулоқотларни ўтказишмоқда.

Жумладан, Ҳайдельберг (Heidelberg) шаҳри мери жаноб Эккарт Вурснер (Eckart Würzner) билан ўтказилган учрашувда таълим ва касбий таълим, соғлиқни сақлаш, инвестицияларни жалб этиш ҳамда тартибли миграция йўналишларида узоқ муддатли ва барқарор ҳамкорликни йўлга қўйиш масалалари юзасидан музокаралар олиб борилди. Музокаралар якунида томонлар ўртасида қатор муҳим келишувлар имзоланди.

Ушбу шаҳар асрлар давомида Европа илм-фани, таълим ва маданият тараққиётининг муҳим маркази бўлиб келмоқда. Ҳайдельберг университети, Европа молекуляр биология лабораторияси, Немис канцер тадқиқот маркази, Макс Планк институтлари шаҳарни глобал илмий-тадқиқот ва инновация марказига айлантирган.

Маълумот учун, Марказий Осиёдаги илк немис боғчаси ҳам Қашқадарёда очилган.

Ташриф давом этмоқда.
Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
16👏7👍5