MIGRATSIYA QASHQADARYO
10.2K subscribers
3.66K photos
915 videos
11 files
2.78K links
Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali.
☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907)
🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)
Download Telegram
🇬🇧 Diqqat!!!

Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijda ish sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz;

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun:

▪️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;
▪️Gmail elektron pochta (ism-famiiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidek bo‘lishi kerak);

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi.

2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagansiz!

3. “HOPS” operatori vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va kelajakda amalga oshriladigan rejalar bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:

▪️18 yoshdan kichik bo‘lmaslik;
▪️ rus tilini yaxshi bilish;
▪️qoniqarli darajadagi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:

▪️ish haqi soatiga 11,44£;
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ish berishni kafolatlaydi;
▪️viza to‘lovi 298 funt sterlingni tashkil qiladi;
▪️aviachipta narxi joriy tarif va xarid vaqtiga bog‘liq.


👉Ro‘yxatdan o‘tish linki (15:00 - 19:00)

⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bu jarayonda ishtirok etmaydi.

Migratsiya agentligi tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketishini keyinchalik tashkil etish bilan shug‘illanadi.

Angliyaga pul evaziga mavsumiy ishga yuborishni taklif qilayotgan tijorat kompaniyalari yoki uchinchi shaxslarning qurboni bo‘lmang!

📝Kanalga obuna boʻlish
🐶@qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🤔17👏6🙏5👌5🔥3🥰32🫡2
Forwarded from XORIJDA ISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti uzaydi

Bugun, ya’ni 10-yanvar soat 21:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish ochiq bo‘ladi.

Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida texnik uzilishlar bo‘lmoqda. Boisi, bir vaqtning o‘zida platformdan foydalanuvchilar soni 2 milliondan ortib ketdi. Shu bois uzilishlar kuzatilmoqda.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🤔16👌11🔥4🫡3👏21
🇷🇺Россия Федерациясида миграция қонунчилигига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилмоқда

Бир йилда умумий юриш муддати
90 кунгача қисқартирилмоқда.
👉 Батафсил


Ноқонуний равишда юрган фуқароларни аниқловчи ва назорат қилинувчи шахслар реестри юритилади.
👉 Батафсил


Маъмурий тартибда чиқариб юбориш (выдворение) ҳуқуқи қўшимча равишда ички ишлар органларига (полиция) ҳам берилади.
👉 Батафсил


Ноқонуний меҳнат миграциясини ташкиллаштириш ўта оғир жиноят сифатида тан олиниши белгиланмоқда.
👉 Батафсил


Ноқонуний мақомда бўла туриб жиноят содир этиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида тан олиниши белгиланмоқда.
👉 Батафсил


Назоратдаги шахслар реестрига киритилган чет эл фуқароларига хизмат кўрсатганлик учун жарима қўллаш жазоси белгиланди.
👉 Батафсил


Рус тили сертификати учун имтиҳони фақатгина Ҳукумат томонидан белгилаб берилган таълим муассасаларида ўтказилади.
👉 Батафсил


📝Каналга обуна бўлиш
🐶@qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🤔1
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Migratsiya agentligi Rossiyaga hech qanday to‘lovlarsiz, tez fursatda ishga yuboradi!

kutish yo‘q!
xarajat yo‘q!
ovoragarchilik yo‘q!
hech qanday hujjat kerak emas!
barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan!
bepul tibbiy sug‘urta!


Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Qozon shahridagi «Alabuga Development» MCHJ, Krasnoyarskiy o‘lkasidagi «RUSAL Komplektatsiya» MCHJ, Moskva viloyatidagi «Ozon Komyuniti» MCHJ va Sankt-Peterburg shahridagi "AON" MCHJ tashkilotlariga qurilish, oddiy ishchi, tovar qabul qiluvchi, qadoqlovchi, saralovchi, yetkazib beruvchi va ombor operatori sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etamiz:.

✔️ «Alabuga Development» MCHJ uchun talablar:

💰 Oylik ish haqi (87-147 ming rubl)
📌 Batafsil
👉 Ro'yxatdan o'tish

✔️ «RUSAL Komplektatsiya» MCHJ uchun talablar:

💰 Oylik ish haqi (85-120 ming rubl)
📌 Batafsil
👉 Ro'yxatdan o'tish

✔️ «Ozon Komyuniti» MCHJ uchun talablar:

💰 Oylik ish haqi ( 70 ming rublda boshlanadi)
📌 Batafsil
👉 Ro'yxatdan o'tish

✔️ «AON» MCHJ uchun talablar:

💰 Oylik ish haqi ( 125 ming rubl (o'rtacha))
📌 Batafsil
👉 Ro'yxatdan o'tish

⚠️ Ishlash istagida bo'lganlar quyidagi manzilga borib uchrashishlari yoki onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin:

🏬 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy koʻchasi,
70a-uy Ishgamarhamat Monomarkazi binosida (Moʻljal: Oydin bozor roʻparasi)da

🌆geolokatsiya

☎️Murojaat uchun: 55 403-12-82.

📝 Kanalga obuna bo'lish
🌐 @qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60🤔13🫡5🙏32👌2🥰1
🇬🇧Joriy yilning 10-yanvar kuni Buyuk Britaniyadagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun ochilgan ro‘yxatdan o‘tish natijalari Hops Labour Solutions tomonidan bir yoqlama bekor qilinganligini bildiramiz.

Ushbu qaror Hops Labour Solutions tomonidan qabul qilingan va Migratsiya agentligida uni o‘zgartirish vakolati yo‘q.

Masala yuzasidan savol va e’tirozlaringiz bo‘lsa HOPSning hello@hopsls.com, complaints@hopsls.com elektron pochtasiga rus va ingliz tillarida murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Kanalga obuna bo'lish
🌐 @qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🤔26👏8👌3🔥2🤝1🫡1
🇩🇪GERMANIYADA ISHLASH ISTAGIDA BO'LGAN HAMSHIRALAR DIQQATIGA!

✔️ Migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning “Klett Grup” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

📌 Mazkur dasturda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlarni 2025 yil 21 yanvar kuni

▶️ soat 9:30 da Qarshi sharidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosi yig‘ilishlar zalida
(🌆geolokatsiya)


▶️ soat 14:00 da Shahrisabz sharidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosi yig‘ilishlar zalida
(🌆geolokatsiya)


Germaniyaning “Klett Grup” tashkiloti mas’ullari tomonidan o‘tkaziladigan suhbatga taklif etamiz.

 Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
😎 💁‍♂️ 💁🏼‍♀️(erkak va ayol);
😎18 yoshdan 39 gacha;
😎 o'rta tibbiyotni tamomlagan diblomga ega (2-3 yillik);


☎️ Murojaat uchun: 55 403-12-82, 93-643-17-82.

📝 Kanalga obuna bo'lish
🌐 @qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🤔42
Forwarded from Maratjon Poyanov
🇷🇺Rossiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

⚡️ Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizni Rossiya Federatsiyasining Penza viloyatidagi "PenzaMollInvest" korxonasiga ishga taklif etamiz!


Taklif etilayotgan ish:

Tovuq go'shtini qayta ishlash operatori;
Yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish operatori;
Kolbasa sexi operatori

▪️Maoshi: 75 000 dan - 100 000 rublgacha;

Ish jadvali: smena asosidagi javdal
6/1 (11 soatdan ish vaqti)

Talablar:
▪️20-55 yoshdagi ayol va erkaklar;
▪️rus tilini muloqot darajasida bilish;
▪️tajriba talab qilinmaydi.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️yo'l xarajatlari (oylikdan qaytarib olish sharti bilan);
▪️yashash joyi bilan ta’minlaydi;
▪️ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▪️patent rasmiylashtirish (oylikdan qaytarib olish sharti bilan);
▪️yashash joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish;
▪️ko‘niktirish (xodimlarni tayyorlash).
▪️1 mahal ovqatlanish

Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 23-24-yanvar kunlari soat 11:00 dan 17:00 gacha Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi va shahar, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida tashkil qilinadi.

#Tanlov boʻlib oʻtadigan manzil:
🏢Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy koʻchasi,
70a-uy Ishgamarhamat Monomarkazi binosida (Moʻljal: Oydin bozor roʻparasi)da

🌆geolokatsiya

☎️Murojaat uchun:  55 403-12-82.

📝Kanalga obuna boʻlish
🐶@qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66🤔18👏2🤝21🙏1
🇺🇿🇩🇪O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya Agentligi va “Klett Edu” kompaniyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga asosan Germaniyaga tibbiyot klinikalariga ishga jalb qilish bo'yicha bir qancha loyilar amalga oshirilmoqda.

😄 2024-yilda “Klett Edu” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining ikkita tibbiyot texnikumlarida Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlash istagida bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini uchun nemis tili o‘quv kurslari tashkil etilgan.

😄 Joriy yilda ushbu kompaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish fuqarolarimizni xavfsiz, tartibli va qonuniy tarzda ishga yuborish maqsadida Qarshi va Shahrisabz shahar "Abu Ali Ibn Sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumida Agentlikning viloyat filiali, “Klett Edu” kompaniyasi mas’ullari hamda viloyat hududlaridagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

😄 Uchrashuvda Qarshi shahrida 400 nafar, Shahrisabz shahrida 300 nafar tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi va ishtirokchilarga mas’ullar Germaniya davlatiga ishga yuborish tartiblari, ish beruvchi tomonidan qo‘yilgan talablar va boshqa savollarga javob berdi.

📝Kanalga obuna boʻlish
🐶@qashmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25