QASHQADARYO FVB | Rasmiy
4.96K subscribers
18.1K photos
3.44K videos
3 files
6.99K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Ishonch telefoni: 1101
Download Telegram
“Dolzarb 60 kun” doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

“Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati FVB hamda Koson tumani FVB mas’ullari rahbarligida tumandagi “Qarshi neft baza” Koson tumani filialida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.

O‘quv mashqi davomida korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va tezkor xizmatlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, o‘zaro hamkorligi hamda kuch va vositalarni samarali safarbar etish bo‘yicha amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi oshirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5👏1
🌿 “QOG‘OZSIZ BIR KUN” AKSIYASI

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida xizmat faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, elektron hujjat almashinuvini rivojlantirish hamda qog‘oz iste’molini kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda raqamli tizimlardan foydalanish nafaqat ish jarayonlarining tezkorligi va samaradorligini oshirmoqda, balki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Elektron hujjatlar bilan ishlash ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirib, daraxtlarni asrash va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.

Har birimizning oddiygina tanlovimiz — qog‘oz o‘rniga elektron hujjatlardan foydalanish — kelajak avlod uchun yanada musaffo tabiat va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌱 Qog‘ozni tejaylik — tabiatni asraylik!

Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rolik

Ota: Bo‘yi-basti 1,90–2 metr atrofida edi...
Kelajakda harbiy bo‘lishni orzu qilardi.
Afsuski, birgina nazoratsizlik fojiaga sabab bo‘ldi...


❗️Unutmang, farzand uchun eng katta javobgar — ota-ona.
Farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang, ularning taqiqlangan joylarda cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang!

Bir lahzalik beparvolik — umrboqiy armon bo‘lishi mumkin.

Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO AXBOROTI | Viloyat faqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ullari rahbarligida "Hisorak" suv omborida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbiri davom etmoqda!

Joriy yilning 5-iyulidan 5-sentyabriga qadar respublika bo‘ylab yong‘inlar va ular bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot obyektlari, bozorlar, dam olish maskanlari hamda boshqa muhim hududlarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik va targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.

❗️Oylik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok eting hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!

Yong‘inning oldini olish — barchamizning mas'uliyatimiz!


Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#_S_I_Foydali_tavsiyalar

Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli! Videorolikda aytib o‘tilgan tavsiyalarga qat'iy rioya qiling.

#_С_И_Фойдали_тавсиялар

Тақиқланган жойларда чўмилиш ҳаёт учун хавфли! Видеороликда айтиб ўтилган тавсияларга қатъий риоя қилинг.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 9-iyul kuni soat 10:00 da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida boshqarma mas'ullari ishtirokida "5-iyuldan 5-sentyabrgacha yurtimizda o'tkazilayotgan yoz mavsumida yong'inlarning oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
❗️Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni ushbu matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.
📍 Manzil: Qarshi shahri, A. Navoiy ko'chasi, 70A-uy, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: Sohibjon Vayitov tel: +998 91 463-77-33.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
👏2
MUBORAK TUMANIDA SODIR BO‘LGAN VAZIYAT YUZASIDAN MA’LUMOT

Bugun, 8-iyul kuni soat 07:32 da Muborak tumani "Quruvchilar" MFY hududidan o‘tgan A-380 "Qarshi–Buxoro" avtomobil yo‘lining 128-kilometrida Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan.
Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan avtomobil ichidagi 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
😢5👏2🔥1
"Dolzarb 60 kun" tadbirlari muhokama qilindi

Bugun, 8-iyul kuni viloyat hokimligida yoz mavsumida yong'inlar hamda ular bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbirlarini samarali tashkil etish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimi o'rinbosari M. Azizov boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda mas'ul tashkilotlar rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etdi.

Yig'ilishda "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida aholi o'rtasida yong'in xavfsizligi bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan zarur profilaktik hamda tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bu borada mas'ul tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3👏1
"Dolzarb 60 kun" doirasida Qamashi tumanida o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish hamda yong‘in sodir bo‘lganda hamkor tashkilotlarning tezkor harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in bartaraf etilib, tezkor xizmatlarni xabardor qilish va yong‘inning tarqalishini oldini olish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Boshqa yangiliklar 👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3