QAŞQADARYO FVB | Rasmiy
4.89K subscribers
20.1K photos
3.73K videos
3 files
7.54K links
🌐Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Axborot xizmati

📢 Sohaga oid eng söngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Işonç telefoni: 112
Download Telegram
Muborak gazni qayta ishlash zavodida o‘quv-amaliy mashq o‘tkazildi

Muborak gazni qayta ishlash zavodining tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalashga mo‘ljallangan 20-sexidagi 25-sonli qurilmada o‘quv-taktik amaliy mashq tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida yuzaga kelgan texnogen avariya sharoitida FVDT tarkibiga kiruvchi xizmat va tuzilmalarning tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, korxona xodimlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.

O‘quv mashqlariga qutqaruv qismlaridan 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus avtomobil jalb etildi. Hamkor xizmatlar tomonidan esa jami 11 ta texnika ishtirok etdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda

Birgina Shahrisabz tumani FVB inspektorlari tomonidan bir kunda 5 tagacha mahallalarda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Dastlab, Shamoton mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillariga “Xonadonbay” tamoyili asosida profilaktik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan uyma-uy yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘rnatildi. Aholiga yong‘inlarning oldini olish va gaz-havo aralashmasi chaqnashlarning yuzaga kelishini bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tuman hududida yangidan bunyod etilayotgan qurilish obyektlarida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tadbirlar aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish hamda turli noxush hodisalarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni paytda, Qashqadaryo TV ming "Muloqot" koʻrsatuvi orqali "Sel-toshqin hamda ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar" xususida maʼlumot bermoqda.

👉Kanalga ulanish uchun
👍2👏1
RASMIY MUNOSABAT

Dehqonobod tumani hududida haqiqatdan ham kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel oqimi kuzatilgan.

Jumladan, Torqopchug‘oy qishlog‘i atrofidan o‘tgan sel oqimi tabiiy holatda, daryo o‘zani bo‘ylab harakatlangan va o‘zanidan chiqish holatlari qayd etilmagan.

Mazkur holat oqibatida aholiga, turar joylar va ijtimoiy soha obyektlariga, shuningdek, boshqa bino-inshootlarga hech qanday zarar yetmagan, jabrlanganlar yo‘q.

Holat mutasaddi xizmatlar tomonidan o‘rganib chiqilgan bo‘lib, u odatiy tabiiy gidrometeorologik jarayon ekanligi qayd etildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1👏1
MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi bayonining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat idoralararo tezkor shtab tashkil etildi.

Shtab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik U. Axrorov tomonidan daxldor idora mas’ullariga aniq yo‘riqnomalar berildi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkor harakat — ustuvor vazifa!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Yosh qutqaruvchi” klublari faoliyati o‘rganildi

Bugun, 31-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda viloyat boshqarmasi mas’ullari shahar-tumanlardagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari faoliyatini atroflicha o‘rgandi.
Oʻrganishda klublarning tashkil etilishi, moddiy-texnik ta’minoti, o‘quvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda hayotiy xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
O‘rganishlar yakunida faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1🔥1