QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI
3.67K subscribers
4.71K photos
961 videos
90 files
3.47K links
Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
https://www.facebook.com/qashvsb
Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa
telefonlar:
📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34
Download Telegram
Korrupsiya– taraqqiyotga g'ov!

🔰Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan G‘uzor tumani soliq inspeksiyasi xodimlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

✔️Davra suhbati davomida inspeksiyaning xodimlariga Soliq xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishga asoslangan xulq-atvor modeli to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

🟢Mavzu yuzasidan barcha savollarga javoblar qaytarildi.

✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq” mobil ilovasida 4 mlndan ortiq foydalanuvchilar 24 turdagi xizmatdan foydalanmoqda

Sentabr oyi boshiga kelib ilovada ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 4,5 mlnga yetdi, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 161,4 ming nafar ko‘p.

📲 Faol foydalanuvchilar – 4,1 mln nafar.

🏆Mobil ilova:
-Eng ko‘p yuklangan ilovalarda – TOP-10;
-“Moliyaviy xizmatlar” toifasi eng ommabop ilovalarida – TOP-5.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Suhbat

Korrupsiya taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlatning rivoji uchun asosiy to‘siqlardan biridir. Shu sababli unga qarshi kurashish dolzarb vazifadir.
🔵Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Qarshi shahar soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tgan suhbat jarayonida bunga yana bir bor to‘xtalib o‘tildi.
👉Shuningdek, soliq idorasi xodimlariga soliq to‘lovchilar bilan muloqot jarayonida xushmuomila bo‘lish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
#Sharh

Kasbidagi har bir suv kirish va chiqish nuqtasi suv hisobini real vaqt rejimida aniqlab beradigan qurilma bilan jihozlanadi

🔵Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tizimida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.

👉Batafsil:

✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar diqqatiga!

🔵Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi muddati 15-oktabr etib belgilangan.

🟡Soliqlarni uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lang!


✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
#Tadbir

Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
🔵Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Kitob tumanida soliq inspeksiyasi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida o‘tgan davra suhbati jarayonida bunga yana bir bor to‘xtalib o‘tildi.
🟡Davra suhbati davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

Soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,1%ida oʻtkazilgan

2023-yil yanvar-avgust oylarida
soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 679 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (571,9 ming) 0,1 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 331,6 mlrd soʻm;
▫️Soliq auditida tasdiqlangan summa – 1 trln soʻm.

Aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️
ishlab chiqarish – 334,9 mlrd soʻm (33%);
▪️savdo va umumiy ovqatlanish – 285,3 mlrd soʻm (28,1%);
▪️qurilish – 151,1 mlrd soʻm (14,9%);
▪️xizmat ko‘rsatish – 38 mlrd (3,7%);
▪️qishloq xoʻjaligi – 8,6 mlrd soʻm (0,8%);
▪️transport – 7 mlrd soʻm (0,7%);
▪️boshqa sohalar– 189,3 mlrd soʻm (18,7%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 223 ta soliq toʻlovchida 1,2 trln soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
🔸 138 ta subyektda 697,2 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸 63 ta subyektda 489,4 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸 22 ta subyektda 23,9 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 910,9 mlrd soʻmning 766,7 mlrd soʻmi (84,1%) toʻlab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM