70-Maktab (Rasmiy axbarot kanali)
194 subscribers
1.62K photos
241 videos
30 files
495 links
Qarshi tumani 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz.
Takliflar va murojatlar uchun @ShaymanovAsqar

Kanalimizga a'zo bo'ling👇👇👇

👉 @Qarshituman70maktabi
Download Telegram
❗️Мактабларда 1-синфга қабул 20 июньдан бошланади

Бу йил 1-синфга 2017 йилнинг 1 январидан 31 декабригача туғилган болалар қабул қилинади.

1-синфга қабул жараёнлари қуйидаги 2 босқичда амалга оширилади:

👉 1-босқич: микро-ҳудуд доирасида (20 июньдан 31 июльгача);

👉 2-босқич: микро-ҳудуддан ташқарида (1-15-август).

Юқоридаги рўйхатда номи келтирилган 43 та туман (шаҳар)да 1-синфга қабул жараёнлари электрон шаклда давлат хизматлари орқали амалга оширилади.

Ота-оналар 20 июньдан бошлаб my.maktab.uz электрон платформаси орқали рўйхатдан ўтиб, ариза топширишлари мумкин.

Қолган туманларда анъанавий шаклда, яъни бевосита мактаб томонидан қабул қилиниб, 1-синфга қабул қилинган ўқувчилар вазирлик электрон тизими (adm.maktab.uz)га киритилади ва назорат қилиб борилади.

👉@Qarshituman70maktabi
Ta'lim sifati past maktablar buyrug'i 2024.pdf
156.7 KB
⚡️545 та мактабда таълим сифати пастлиги белгиланган, мазкур мактабларга бориб ишласангиз қўшимча устама берилади

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 26.03.2024 йилдаги 95-сонли буйруғи билан 2024-2025-ўқув йили учун таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхати тасдиқланди.

Мазкур мактабга бориб ишлайдиган педагогларга эса қўшимча устамалар тўлаб берилади. Ўтган йили шундай мактаблар рўйхати 642 та эди. Бу йил таълим сифати паст бўлган мактаблар сони 545 тани ташкил этмоқда.

🗂Буйруқ матни ва мактаблар рўйхати билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.


Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇

👉@Qarshituman70maktabi
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉@Qarshituman70maktabi
⚡️2025 йил 1 сентябрга қадар барча мактабларга назорат камералари ўрнатилиб, биометрик идентификация тизими жорий қилинади

Умумий ўрта таълим муассасалари ҳудудининг хавфсизлигини таъминлаш, ўқувчилар давоматини доимий равишда мониторинг қилиш мақсадида «Хавфсиз мактаб» тизими жорий қилинади. Бу ҳақда «2022–2026 йилларда халқ таълимини ривожлантириш бўйича миллий дастур»да назарда тутилган.

Дастлаб умумий ўрта таълим муассасаларига «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси доирасида назорат камералари ва биометрик идентификация тизимларини ўрнатиш билан боғлиқ молиялаштириш манбалари аниқланади.

2024 йил 1 январга қадар «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси камида 130 та умумий ўрта таълим муассасасида жорий этилади.

2025 йил 1 сентябрга қадар «Хавфсиз мактаб» лойиҳаси босқичма-босқич барча умумий ўрта таълим муассасаларида жорий этилади.

👉@Qarshituman70maktabi
O'qituvchilarga tayinlanadigan ustamalar mavzusi bo’yicha eng dolzarb savollarga javoblar

Ma'lumki, har yili 1-iyulga qadar direktor jamg'armasi hisobidan pedagog xodimlarga ustamalar tayinlanadi. Xo'sh, ustamalar qay tartibda tayinlanadi?

Quyidagi havolalardan birini bosib, shu mavzudagi eng aktual savollarga javob topishingiz mumkin:

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
👉 JAVOB

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
👉 JAVOB

Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
👉 JAVOB

O‘qituvchi viloyat miqyosidagi tanlovda o‘rin olsa, ustamaga ball beriladimi?
👉 JAVOB

Malaka oshirish kurslari tashkil etilmasa, ustama uchun o‘qituvchiga maksimal ball beriladimi?
👉 JAVOB

O‘quvchilarning tanlovlardagi ishtiroki fan o‘qituvchisiga ustama berishga asos bo‘ladimi?
👉 JAVOB

O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiga ustama berib bo‘lmaydimi?
👉 JAVOB

Informatika fanidan o‘tkazilgan olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi?
👉 JAVOB

Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
👉 JAVOB

Metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?
👉 JAVOB

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​​​-  Ирода бобида сувдан ўрнак олишларингизни истайман, -  деди бир куни Суқрот ўз шогирдларига.

-  Сувнинг иродаси қандай бўлади? - деб сўрашди шогирдлари.

- Сувнинг йўлини чапдан тўссалар, ўнгдан оқади, ўнгдан тўссалар, чапдан оқади, кўндалангига тўссалар эса кўкка юксалади, лекин олға бориш истагидан ҳеч қачон кечмайди, -  деб жавоб берди Суқрот.

👉@Qarshituman70maktabi
‼️ESLATMA: abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart
#abituriyent

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi.


👉@Qarshituman70maktabi
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.


👉@Qarshituman70maktabi
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
‼️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi
#abituriyent

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jami 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

👉@Qarshituman70maktabi
​​Abu Ali  Ibn Sino hikmatli so'zlari

-Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

-Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.

-Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.

-Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.

👉@Qarshituman70maktabi
Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.

transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

“Perevod” haqida batafsil tushuntirish bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24264

2024-yilgi o’tish bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554


👉@Qarshituman70maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Кимлар синф раҳбари бўлиши мумкин?

Мактаб бошқарув маъмуриятидагилар синф раҳбари бўлиши мумкин эмасми?

👉@Qarshituman70maktabi
⚡️ Keling siz bilan hayot yo'limizni tahlil qilib chiqamiz

7 yil - Bolalikning eng yoqimli lahzalarida yashaymiz

11 yil - Maktab/Litsey/Kollejga boramiz

6 yil universitet va magistraturada ta'lim olamiz

Ishga kirishda esa o'rtacha 25 yoshda bo'lasiz. Lekin odatda ishlash 20 yoshdan boshlanadi

O'rtacha 60 yoshgacha ya'ni 35 - 40 yil ishda bo'lamiz

Qo'lgan umrini esa nafaqada o'tkazamiz.

Nafaqada esa 30 yil yashaymizmi yo'qmi faqatgina yaratganga ayon.

Bundan kelib chiqadiki umrimizning eng katta qismi ish deb nomlangan qamoqxonada o'tadi. Shunday ekan tanlayotgan kasbingiz va ishingizga ehtiyotkor bo'ling. Zero 40 yil umringiz o'zingizga yoqmagan yerda emas baki o'zingiz sevgan yerda o'zingiz istagandek o'tsin. Bilim olishda bor g'ayratingizni ishga soling.

👉 @Qarshituman70maktabi
Forwarded from Ubaydulla ORIPOV| RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ubaydulla ORIPOV| RASMIY
Barcha fan o'qituvchilari diqqatiga!

Global Education o'quv markazi, Olimpiadalar.uz platformasi hamda Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'zaro hamkorlikda, fan ustozlari uchun "Eng zo'r savollar tuzish" bo'yicha Tanlov e'lon qiladi.

Agar siz o'z faningiz bo'yicha kuchli mutaxassis bo'lsangiz, o'quvchilaringiz olimpiadalarda 🏆 yuqori natijalarni qo'lga kiritib kelayotgan bo'lsa, siz yuborgan savollar olimpiadalarda qo'yilishini xohlasangiz, bu tanlov aynan siz uchun!

Tanlovda qatnashish uchun ushbu havolani to'ldiring va eng zo'r savol tuzuvchi ustoz sifatida g’olib bo’lib, diplom bilan sovg’alarga 🎁 ega bo'ling!
Yangi o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. 31-avgust, shanba kuni ham olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/790

👉@Qarshituman70maktabi
2024-yil 1-sentyabrdan ish haqi, pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirildi

Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.

Telegram I Facebook I YouTube
Forwarded from Rasul Kusherbayev
2024 йил 1 сентябрдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар 15 фоизга оширилди

Президент Фармонига асосан:

пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 428 000 сўм;

ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 834 000 сўм;

ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 920 000 сўм этиб белгиланди.


2024 йил 1 октябрдан бошлаб:

бюджет ташкилотларида ишловчи тиббиёт ходимлари, шунингдек, мактабгача, умумтаълим, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим муассасалари ва ташкилотлари, «Мурувват» интернат уйлари, болалар ва меҳрибонлик уйлари, болалар санаторияларида ишловчи педагог ходимларнинг иш ҳақи миқдори – 15 фоизга оширилди;

бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори – 10 фоизга оширилди, мазкур банднинг иккинчи хатбошисида назарда тутилган ходимлар бундан мустасно;

меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 155 000 сўм;

базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм этиб белгиланди.

👉 @r_kusherbayev
Forwarded from Ubaydulla ORIPOV| RASMIY
Намунавий мактаб формалари билан танишинг❗️

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим муассасаларининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари”га мувофиқ, юртимиздаги ҳар бир умумтаълим мактабининг бу борадаги ўз ички Низомлари қабул қилинган.

Унга кўра, мактаб ўқувчиларининг мактаб формасида келиш тартиби умумтаълим муассасаларининг ушбу ички Низомларида белгиланган. Ушбу талаб мактаб формаларининг мажбурий жорий этилмаслигини англатмайди.

Шундан келиб чиққан ҳолда, юртдошларимиздан мактаб формаларини мажбурий жорий этилмаслигига доир тасдиқланмаган хабарларни нотўғри талқин қилмасликларини сўраб қоламиз.