70-Maktab (Rasmiy axbarot kanali)
200 subscribers
1.58K photos
239 videos
30 files
491 links
Qarshi tumani 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz.
Takliflar va murojatlar uchun @ShaymanovAsqar

Kanalimizga a'zo bo'ling👇👇👇

👉 @Qarshituman70maktabi
Download Telegram
#G'olib jamoalar taqdirlandi

Qarshi tumanida "XORIJIY TILLARNI O'QITISH BO'YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" tanlovi Nizom talablari asosida o'tkazildi.

Tanlovda 58 ta umumta'lim maktablaridan 290 nafar o'quvchilar qatnashdi.

Tanlovda ishtirok etgan maktab jamoalarining yakuniy natijalariga ko'ra g'olib jamoalar aniqlandi.

Hakamlar hay'atining qaroriga asosan,
1-o'rinni-39-maktab,
2-o'rinni 33-maktab,
3-o'rinni 1-maktab jamoalari egalladilar. ⭐️⭐️⭐️

Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida g'olib jamoalarni taqdirlash marosimi o'tkazildi va g'oliblarga Prezident sovrini ~100 mln 75 mln va 50million so'mlik vaucherlar tantanali topshirildi.

👉@Qarshituman70maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўқитувчининг тўғри тушунтириш маҳоратига қойил қолиш керак 👍

Бола келажакда комил инсон бўлиб етишишида ота-она ва ўқитувчининг ўрни жуда катта.

👉@Qarshituman70maktabi
Мактабда ўқийдиган фарзандимнинг телефонини ўқитувчиси олиб қўйибди. Шахсий мулк бўлса, уни олишга ҳаққи борми?

Қонунчиликка асосан, ўқув машғулотлари ва тадбирлар бошланишидан олдин таълим олувчилар телефонини ўчириб қўйиши ҳамда сумкасига солиб қўйиши шарт.

ТАҚИҚЛАНАДИ

Таълим олувчиларга қуйидагилар қатъиян тақиқланади:

🟢 телефонини бўйнига осиб олиш, кўкрак чўнтакларида, шим, юбкалари чўнтакларида ва шу кабиларда сақлаш;
🟢 телефон аккумуляторини зарядлаш учун таълим муассасаси электр тармоқларига улаш;

📱Телефони ёрдамида:

🟢 атрофдагиларга зўравонлик, шафқатсизлик, порнографияни тарғиб қилувчи видео ва суратларни намойиш қилиш;
🟢 таълим муассасасининг нуфузига, шу жумладан, зўравонлик ва вандализм ҳолатларини суратга олиш ва кейинчалик уларни атрофдагиларга намойиш этиш йўли билан зарар етказиш;

👨‍🏫 Ўқув машғулотлари вақтида:

🔵 телефон орқали сўзлашиш ҳамда SMS (ММS) ва бошқа турдаги хабарларни жўнатиш;
🔵 телефонни стол устига қўйиш;
🔵 мусиқа тинглаш;
🔵 сурат ва видео тасвирларни кўрсатишда телефондан фойдаланиш, тасвир кўриш, диктофон, калкулятор, календарь, блокнот, ён дафтарча кабилар сифатида фойдаланиш;
🔵 суратга олиш ва видео тасвирга тушириш;
🔵 телефон орқали бошқа хизматлардан фойдаланиш.

⚠️ РУХСАТ ЭТИЛАДИ

➡️ Таълим муассасасида таълим олувчиларга машғулотлар ва тадбирлар оралиғида фақат асосли ва кечиктириб бўлмайдиган зарур ҳолатларда ота-онаси (уларнинг ўрнини босувчилар), яқин қариндошлари, таълим муассасаларининг раҳбарлари ёки ходимлари билан зудлик билан боғланиш мақсадида телефонлардан фойдаланишга рухсат этилади.

‼️ ТАРТИБНИ БУЗСА

Ушбу талаблар бузилган тақдирда таълим муассасасининг ҳар қандай педагог ходими таълим олувчидан телефонни олиб қўйиш, билдиришнома расмийлаштириш ва уни телефон билан бирга таълим муассасасининг директорига ёки директор ўринбосарига, кейинчалик уни ота-оналарга бериш ҳуқуқига эга.

Демак, таълим муассасасида мобил телефондан фойдаланиш тартиби бузилган тақдирда, ўқитувчи унинг телефонини муассаса раҳбариятига ёки ота-онасига бериш шарти билан олиб қўйиши мумкин.

👉@Qarshituman70maktabi
O'quvchilar mobil telefondan foydalanish qoidalarini buzganda ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin

Ta'lim muassasalarida o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini qat'iy nazorat qilish bo'yicha Prezident Administratsiyasi tomonidan topshiriq berilgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/514

Telegram I Facebook I YouTube
#Ochiq_dars
🌇Qarshi tuman
🏫70-o'rta ta'lim maktabi
🧑‍🎓7-"A" sinf "Adabiyot" fanidan
👩‍🏫 Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar " romani mavzusidagi ochiq darsdan
fotolavhalar.
👩‍💼Fan o'qituvchisi: Avazova Risolat

Kanalimizga a'zo bo'ling 👇👇

👉@Qarshituman70maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertadan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi

1-mart sanasidan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlanadi. Ya'ni, o'qituvchilar pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlarini platformaga joylashtirishi mumkin.

Xo‘sh, yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/492

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📸📸
"Бахтим шул – Ўзбекнинг Зулфиясиман!"

Бугун, 1 март баҳор фаслининг илк куни ўзбек адабиётининг йирик намоёндаларидан бири, таниқли жамоат арбоби, Ўзбекистон халқ шоири Зулфия Исроилова таваллудининг 109 йиллиги нишонланади.

Зулфиянинг бетакрор истеъдоди, халқимиз маънавиятини юксалтиришдаги меҳнатлари ҳар биримиз учун ибрат намунаси бўлиб хизмат қилади.

👉@Qarshituman70maktabi
Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi.

👉@Qarshituman70maktabi
BUGUN TUNDA KELARMISH BAHOR...

Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
🌸 🌸 🌸 🌸 🌸 🌸
👉@Qarshituman70maktabi
Microsoft Word dasturlarida foydalanish uchun kerak bo'ladigan 50 ta qisqa klavish:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash


©️ twitter
Kanalga ulanish👇
👉@Qarshituman70maktabi