QASHQADARYO FVB I Rasmiy
2K subscribers
9.32K photos
1.95K videos
3 files
4.2K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101
Download Telegram
QUTQARUV XIZMATIDA JANGAVORLIK MUHIM ...

Shu bois, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari - Shtab boshligʻi polkovnik X.Bobonov Yakkabogʼlik qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Unda, qutqaruv bo‘linmasining hududi va ulardagi xizmat xonalarining tozaligini ko'zdan kechirdi.
Bo‘linmaning jangavor shayligiga alohida e’tibor qaratib, shaxsiy tarkibdan saf me’yorlari, kasbiy va jismoniy tayyorganligi bo‘yicha sinovlar oldi.
Sinov natijalarini tanqidiy baholab, qism rahbarini bu borada oxirgi marotaba ogohlantirdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
🔴 LIVE

Joylarda olib borilayotgan tungi nazorat tadbirlaridan lavhalar.

🔗 Kanalga ulanish uchun.
KECHA TUNDA QARSHI SHAHRIDA ROʻY BERGAN YONGʻIN YUZASIDAN MAʼLUMOT.

Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 23:58 da Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limiga Qarshi shahar “Xo‘jaxiyol” MFY, “Qarliqbog‘ot” ko‘chasida yong’in sodir bo’layotganligi to’g’risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko’ra, yong‘in sodir bo’lgan manzilga 2 ta yong’in-qutqaruv bo’linmasi 00.05 da yetib borgan va soat taxminan 00.33 larda yongʻin toʻliq o‘chirilgan.
Yong’indan  fuqaro X.B ga tegishli yengil tipda qurilgan kichik hajmli savdo (savdo doʻkoni emas) rastasining 6 metr kvadrat va unga yondosh “Qishloqqurilishbank”ga tegishli bo‘lgan bankomat (naqt pul yechish uchun mo’ljallangan xona) qurilmasining 4 metr kvadrat maydon qismi zarar ko'rgan.
Yong’indan hech kim tan jarohati olgmagan.
Hozirda yong‘in sababi  va zarari aniqlanmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
KECHA 27-YANVAR KUNI TUNDA QARSHI SHAHRIDA RO‘Y BERGAN YONG‘IN YUZASIDAN QO‘SHIMCHA MA’LUMOT.

Har bir xizmatni tashkil etishda o‘rnatilgan tartib-qoidalar bo‘lganidek, yong‘inni bartaraf etish uchun avvalo mutaxassislar tomonidan elektr tokini tarmoqdan uzilmagunga qadar, yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan yong‘inni o‘chirishga kirishilmaydi. Birinchi navbatda qutqaruvchilar va atrofdagi fuqarolarning xavfsizligi inobatga olinadi.

Mazkur yong‘in joyida katta kuchlanishli elektr toki borligi sababli yong‘inga suv berishni imkoni bo‘lmagan. Shunga qaramay qutqaruvchilar suv berishga uringan, natijada mavjud elektr toki qutqaruvchilarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu manzildan o‘tuvchi elektr liniyasini asosiy tarmoqdan uzish uchun elektr mutaxassislari tomonidan qariyb 30 daqiqa vaqt sarflangan.

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan vaziyatni to‘liq bilmay turib soha vakillarini ushbu harakatlarini noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz.

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
"Vaziyat" gazetasining 4-sonida Qashqadaryo viloyati FVB faoliyatiga oid maqolalar chop etilgan.📕📕

Batafsil...👈

🔗Kanalga ulanish uchun.👈
KUCHLILAR ANIQLANDI.

Kuni kecha, viloyat FVB va uning quyi tuzilmalari o‘rtasida “Stol tennisi” bo‘yicha boshqarma birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv harbiylar hamda xizmatchilar o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, harbiylar o‘rtasida 3-o‘rinni boshqarma «Sho‘rtanGKM” MChJ obyekti binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi 39-Yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi A.Bo'riyev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Qarshi shahar bo‘lim qutqaruvchisi E.Tilovovga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa «Sho‘rtanneftgaz” OBYOXTTEB 36-YoQQ qutqaruvchisi Sh.Yo'ldoshev qo‘lga kiritdi.
Xizmatchilar o‘rtasida ishtirok etgan G'uzor tumani FVB qutqaruvchisi Sh.Anvarov faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 2-o'rinni boshqarma qutqaruv otryadi qidiruv qutqaruv guruhi boshligʻi Xodjayev.O egalladi, 3-o‘rinni Qarshi tumani 3-PYoQ qism boshlig‘i A.Fayziyev qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlanishdi.

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I