QASHQADARYO VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASI!
580 subscribers
1.77K photos
524 videos
1 file
1.04K links
"Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash eng ustuvor vazifa"
Download Telegram
to view and join the conversation
❗️Qarshi shahar FVB qutqaruvchilari Mag’zon mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilaning holidan xabar olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
#bilasizmi:
“O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–713-son, 13.09.2021 y.) qabul qilingan.
❗️Qonunga ko'ra, seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan ob'ektlar ahamiyatiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi:
- I toifa – xavflilik omili past bo'lgan ob'ektlar;
- II toifa – xavflilik omili o'rtacha bo'lgan ob'ektlar;
- III toifa – xavflilik omili yuqori bo'lgan ob'ektlar;
- IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo'lgan ob'ektlar.
❗️O'zbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
❗️Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi ob'ektlar har 5 yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o'tkaziladi.
❗️Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi ob'ektlar har 10 yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o'tkazilishi lozim.
❗️Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi ob'ektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o'tkaziladi.
❗️IV toifadagi ob'ektlarga taalluqli suv omborlari to'g'onlarida va gidroelektrostantsiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o'tkaziladi.
❗️Suv omborlari to'g'onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo'lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o'tkaziladi.
❗️Qonunga ko'ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK...
Nazorat qilib bo'lmaydigan yong'in doimiy xavflardan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, kuz-qish mavsumida aholining nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanish natijasida yong'inlar sodir bo'lishi sezilarli ravishda ko'payadi. Shu sababli mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish dolzarb masala hisoblanadi.
Ana shu maqsadda viloyat FVB va uning joylardagi bo'limlari tomonidan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlarda yong'in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta'minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish borasida bir qator profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun ham Yakkabog' va Kitob tumanlari, Shahrisabz va Qarshi shahrida o'tkazilgan tadbirlarda aholi yashash xonadonlari, sanoat korxonalari, bozorlar va aholi ko'p yig'iladigan joylarida yong'in xavfsizligi holati o'rganilib, yong'in, chaqnash, is gazidan zaharlanish kabi ko'ngilsiz holatlarning oldini olish choralari ko'rildi.

🔗Ulanish uchun.
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRI GENERAL - LEYTENANT T.A.XUDAYBERGENOVNING 1- OKTYABR – “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1- oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ustozlarni samimiy muborakbod etadi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayram bahonasida, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari faxriylar, ustoz va murabbiylarning yashash xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🚒Qarshi shahar FVB va hamkor tashkilotlar tomonidan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
👉Kanalga ulanish uchun.
Qarshi shahar “Kat” MFYda sodir bo'lgan yong'in yuzasidan ma'lumot.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 09:10da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Kat” MFY Nasaf ko'chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sehida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko'ra 5 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 09:13 da voqea joyiga yetib borib, soat 09:16 da yong'in qurshab olingan va soat 09:26 da o'chirilgan.
Yong'in natijasida ishlab chiqarish sexining taxminan 200 kv.m. maydoni ichidagi mahsulotlari yonib zararlangan, yong'in-qutqaruvchilar tomonidan 800 kv.m maydon asrab qolingan.
Sodir bo'lgan yong'indan 3 nafar fuqaro qutqarilib, birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun RSHTYOIM viloyat filialiga yuborilgan. Biroq, hodisa oqibatida ushbu fuqarolar vafot etishgan.
Hozirda yong'inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

🔗Kanalga ulanish uchun.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🚒Shahrisabz shahar FVB va hamkor tashkilotlar tomonidan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

👉Kanalga ulanish uchun.
TEZKOR YIG‘ILIShDA MUHIM MASALALAR KO‘RILDI...

Batafsil 👉🏽 ko’rish uchun.

Kanalga 🔗ulanish uchun.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“DIYOR YANGILIKLARI”¦Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizimda poraxo'rlikning oldini olishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, bugun 6-oktyabr kunning ikkinchi yarmida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1,+4 daraja, kunduzi +4,+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
BUGUN, CHORSHANBA – FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI KUNI: MUBORAK TUMANIDA HAM KENG QAMROVLI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA.
Bugun, 6 oktabr chorshanba – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni munosabati bilan Muborak tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari talablariga rioya etilishini o‘rganish, shuningdek, boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda soha xodimlari fuqarolarga zarur tavsiyalar berish bilan birga, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

👉🏽Kanalga ulanish uchun.