Qashqadaryo FVB I Rasmiy kanal
1.74K subscribers
7.68K photos
1.73K videos
3 files
3.65K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚒“DIYOR YANGILIKLARI” - Kuzgi-qishki tayyorgarlik ishlari. FVB va «Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali xamkorligidagi targ'ibot tadbirlari.

🔗Kanalga ulanish uchun.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
26 sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

Bugun Siz azizlarni kasb bayramingiz, shuningdek, Xizmat tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Chunki sizlarning mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilishdagi xizmatlaringiz ulkan tahsin va e’tirofga munosibdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!
Yoqilg'i mahsulotlaridan oqilona va xavfsiz foydalaning!

🔗Kanalga ulanish uchun.
Qashqadaryoda “Lasetti” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi

Bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqilik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Lasseti” rusumli avtomobilning gaz balonida yorilishi yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Ma'lumot uchun avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.

Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa'tiy rioya etishlarini so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ис газидан заҳарланиш, чақнаш ва ёнғинлар. ФВВ куз-қиш мавсумида нохуш вазиятларнинг олдини олишга чақирди

👉 https://kun.uz/68013527

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOMIDA...
Qarshi shahar FVB xodimlari tomonidan chorshanba – “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'inlar profilaktikasi” kuni doirasida aholi yashash joylari va ijtimoiy soha ob'ektlarida fuqarolarga kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasidagi zarur tushunchalarini berishmoqda.
O'rganishlar davomida, ayrim xonadonlarda foydalinishda bo'lgan gaz plita va boshqa isitish qurilmalarini mavsumiy texnik ko'rikdan o'tkazmasdan yoki umuman nosoz holatda foydalanib kelayotgan fuqarolarga muhim tavsiyalar berildi.
Soha vakillari xonadonlarda aniqlangan kamchiliklarni tegishliligi bo'yicha mas'ul idora xodimlari yordamida joyida bartaraf etish ishlariga alohida e'tibor qaratishmoqda.

🔗Kanalga ulanish uchun.
AVTOMOBILDA RO'Y BERGAN YONG'IN HAQIDA MA'LUMOT.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumanida “Damas” avtomobili yonganligi aks etgan fotolavhalar tarqaldi.
Holat bo'yicha, kecha tungi soat taxminan 22.00 larda Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limiga Shahrisabz tumani “Xontepa” mahallasidan o'tuvchi M-39 yo'lining 1176 kilometrida “Damas” rusumli avtomobilda yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risidagi xabar kelib tushgan.
Xabarga ko'ra, voqea joyiga Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi 4-Yong'in qutqaruv qismidan 1 ta bo'linma soat 22.12 larda yetib borib, yong'inni soat taxminan 22.19 lar atrofida to'liq o'chirgan.
Yong'in oqibatida, ushbu avtomashina to'liq zarar ko'rgan, hayriyatki, hech kim tan jarohati olmagan.
Ayni paytda, sodir bo'lgan yong'in sabablari o'rganilmoqda.

🔗Kanalga ulanish uchun.
❗️Qarshi shahar FVB qutqaruvchilari Mag’zon mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilaning holidan xabar olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
#bilasizmi:
“O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–713-son, 13.09.2021 y.) qabul qilingan.
❗️Qonunga ko'ra, seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan ob'ektlar ahamiyatiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi:
- I toifa – xavflilik omili past bo'lgan ob'ektlar;
- II toifa – xavflilik omili o'rtacha bo'lgan ob'ektlar;
- III toifa – xavflilik omili yuqori bo'lgan ob'ektlar;
- IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo'lgan ob'ektlar.
❗️O'zbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
❗️Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi ob'ektlar har 5 yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o'tkaziladi.
❗️Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi ob'ektlar har 10 yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o'tkazilishi lozim.
❗️Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi ob'ektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o'tkaziladi.
❗️IV toifadagi ob'ektlarga taalluqli suv omborlari to'g'onlarida va gidroelektrostantsiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o'tkaziladi.
❗️Suv omborlari to'g'onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo'lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o'tkaziladi.
❗️Qonunga ko'ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK...
Nazorat qilib bo'lmaydigan yong'in doimiy xavflardan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, kuz-qish mavsumida aholining nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanish natijasida yong'inlar sodir bo'lishi sezilarli ravishda ko'payadi. Shu sababli mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish dolzarb masala hisoblanadi.
Ana shu maqsadda viloyat FVB va uning joylardagi bo'limlari tomonidan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlarda yong'in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta'minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish borasida bir qator profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun ham Yakkabog' va Kitob tumanlari, Shahrisabz va Qarshi shahrida o'tkazilgan tadbirlarda aholi yashash xonadonlari, sanoat korxonalari, bozorlar va aholi ko'p yig'iladigan joylarida yong'in xavfsizligi holati o'rganilib, yong'in, chaqnash, is gazidan zaharlanish kabi ko'ngilsiz holatlarning oldini olish choralari ko'rildi.

🔗Ulanish uchun.
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRI GENERAL - LEYTENANT T.A.XUDAYBERGENOVNING 1- OKTYABR – “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1- oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ustozlarni samimiy muborakbod etadi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayram bahonasida, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari faxriylar, ustoz va murabbiylarning yashash xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🚒Qarshi shahar FVB va hamkor tashkilotlar tomonidan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
👉Kanalga ulanish uchun.
Qarshi shahar “Kat” MFYda sodir bo'lgan yong'in yuzasidan ma'lumot.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 09:10da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Kat” MFY Nasaf ko'chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sehida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko'ra 5 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 09:13 da voqea joyiga yetib borib, soat 09:16 da yong'in qurshab olingan va soat 09:26 da o'chirilgan.
Yong'in natijasida ishlab chiqarish sexining taxminan 200 kv.m. maydoni ichidagi mahsulotlari yonib zararlangan, yong'in-qutqaruvchilar tomonidan 800 kv.m maydon asrab qolingan.
Sodir bo'lgan yong'indan 3 nafar fuqaro qutqarilib, birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun RSHTYOIM viloyat filialiga yuborilgan. Biroq, hodisa oqibatida ushbu fuqarolar vafot etishgan.
Hozirda yong'inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

🔗Kanalga ulanish uchun.