Qarshi davlat universiteti
9.82K subscribers
22.8K photos
1.6K videos
338 files
7.44K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi

⚡️Universitetda katta sport tadbiri boshlanmoqda

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosatiga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘plab masalalar qatorida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha Talabalar sport ligalari tashkil etilib, doimiy ravishda turnirlar o‘tkaziladi.

Qarshi davlat universitetida 11-sentabr — 30-oktabr kunlari sportning futbol, voleybol, mini-futbol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” doirasida “Rektori kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Belgilangan muddat davomida musobaqaning dastlab fakultet bosqichlari o‘tkazilib, jamoalar shakllantiriladi. Universitet bosqichida muvaffaqiyat qozongan g‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda musobaqa nizomi, chora-tadbirlar rejasi yig‘ilganlarga tanishtirilib, mas’ullarga qator topshiriqlar berildi. Shuningdek, sport turlariga qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O‘.Abdullayev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev so‘zga chiqdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qo‘shma_ta’lim

⚡️5 nafar magistrlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etildi.

Unga ko‘ra, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Joriy yilning 8-sentabr kuni Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalari uchun 2 bosqichda tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovga fakultetining o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari a’lo va yaxshi hamda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 a’lo” bo‘lgan bakalavr va magistrlaridan 9 ta ariza kelib tushdi. Talabgorlar 2 ta mutaxassislik fanlari va xorijiy OTM ta’lim tilidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Komissiya xulosasiga ko‘ra 5 nafar magistrlar yuqori ko‘rsatkich bilan tanlov g‘olibi deya e’tirof etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#g‘alaba

Viloyat 2-liga 7-tur bellashuvlari doirasida Qarshi davlat universitetining Lochin futbol klubi Olimpiya FK maydonida mehmon bo‘ldi. Gollarga boy kechgan bellashuvda jamoamiz 5-3 hisobida galaba qozondi. E'tiborlisi, uchrashuvda jamoamizning 3 ta goli chempionat to‘purari Shahzod Shaymanov hisobiga yozildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JURNAL.pdf
4.9 MB
#OAVda_biz

📔 “AGRO HIDRO NEWS” respublika jurnalida Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

👀 Tanishib chiqish tavsiya qilinadi.

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM