Qarshi davlat universiteti
10.7K subscribers
19.4K photos
1.32K videos
317 files
6.31K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Mahalla_obodligi_yurt_farovonligi
#Umumxalq_xayriya_hashari

Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilikka alohida e’tibor qaratilgan. Chunki saranjom-sarishtalik bor joyda baraka, rivojlanish bo‘ladi. Bugun yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham umumxalq xayriya hashari o‘zaro hamjihatlik va birdamlikda o‘tkazildi.

Umumxalq hasharida tevarak-atrof obodonlashtirildi. Xususan, gulzorlar atroflari yumshatilib, ariq va lotoklar tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati - hasharda universitet jamoasi faol ishtirok etdi.

👉@qarduuz 👈