Qarshi davlat universiteti
9.75K subscribers
22.9K photos
1.6K videos
339 files
7.47K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

📔 21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektor_tabrigi

📔 21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Avvalombor barchangizni bugungi ayyom - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz besh yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Til - insoniyatga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi.

Yer yuzida tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillikning timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.

O‘zbek tili xalqimizning shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlaridan eng zalvorlilari qatorida deya, hech shubhasiz, milliy tilimizni e’tirof etsak bo‘ladi.

Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stajirovka #jarayon

Ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari G’.Nabiyev, Sh.Muxitdinov, Sh.Sattorov hamda R.Vayskulov Turkiya davlatining Chanoqqal’a 18-mart universitetida stajirovka o‘tashmoqda. Stajirovkaning dastlabki kunida Qarshi davlat universiteti o‘qituvchilarini Turizm fakulteti dekani Mustafo Boz qabul qildi.

Muloqot davomida Qarshi davlat universiteti bilan tuzilgan memorandumga binoan, ilmiy izlanishlar hamda akademik faoliyatga oid ilmiy tajriba hamda ma'lumotlar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining kelishgan holda darsliklar, o‘quv qo‘llanma va ilmiy maqolalarini nashr etish, xalqaro konferensiya, ilmiy-metodik seminarlar tashkil etish borasida o’zaro kelishuvlar olib borildi. Universitetda turizm sohasida tahsil olayotgan talabalarning ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlarining o’tilish jarayoni yaqindan tanishib chiqildi.

Stajirovka davomida tajriba almashilib, mazkur universitetda tahsil olayotgan talabalarga O’zbekistonda turizm sohasi hamda uni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha dars mashg‘ulotlari o‘tildi. Stajirovka davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ona tili – millatning ruhidir!

Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Filologiya fakulteti va 1-, 10-sonli talabalar turar joylarida o'tkazilgan tadbirlarda o‘zbek tilining keng imkoniyatlari va jozibasini ko‘rsatadigan she'rlar, badiiy chiqishlar va raqslar, turli qiziqarli viktorinalar, tilimiz ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shgan ajdodlarimiz siymosi talabalar tomonidan mohirona yoritildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#anjumanda_ishtirok

18-19-oktyabr kunlari Tarix fakulteti Falsafa va sotsiologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari Termiz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Erkin va farovon, qudratli yangi O‘zbekistonni barpo qilishning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdilar.

Anjumanda kafedra professor-o’qituvchilari - dotsentlar A.Do’lanov, T.Qurbonov, Z. Boymurodov va PhD A.Qurbonov "Yangi O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratishning falsafiy muammolari" mavzusida ma’ruzalar qildilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#milliy_liboslar_namoyishi

Universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida San'atshunoslik fakulteti Rangtasvir va amaliy san'at kafedrasi tashabbusi bilan “Nafosat: milliy va zamonaviy liboslar namoyishi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda dizayn: libos va gazlamalar yo'nalishi 2-kurs 023-56-guruh talaba qizlari tomonidan milliy liboslar namoyish qilindi.

Ushbu tadbir talaba qizlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish, bejirim va nafis milliy liboslarni keng targ‘ib etish, o‘zligimiz va qadriyatlarimizga mos kiyimlarning betakror dizaynini qayta tiklash hamda zamonaviylikni uyg‘unlashtirishga xizmat qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM