Qarshi davlat universiteti
9.74K subscribers
22.9K photos
1.6K videos
339 files
7.48K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_qulaylik

⚡️ “HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda

@Hemisedu_bot telegram botida “Hujjatlar” bo‘limi orqali QR kodli diplom va uning ilovasini yuklab olish imkoniyati yaratildi.

☝️ Avvalroq, botning boshqa bir qancha qulayliklari haqida ham xabar bergan edik.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Go‘liblar aniqlandi

Bugun Inkubatsiya markazida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida muvaffaqiyatli deb topilgan loyihalar aniqlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan berilgan natijalarga ko‘ra, 26 nafar ishtirokchi orasidan 9 nafari tegishli yutuqlarga loyiq deb topildi.

🥇 - o‘rin 3 nafar ishtirokchi, har biriga darajali diplom va 3 000 000 so‘m pul mukofoti;
🥈 - o‘rin 3 nafar ishtirokchi, har biriga darajali diplom va 2 500 000 so‘m pul mukofoti;
🥉 - o‘rin 3 nafar ishtirokchi, har biriga darajali diplom va 2 000 000 so‘m pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar shu yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan marafonning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

O‘tgan yil oktabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi, “IT-Park” va “Coursera” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. Kelishuvga asosan, 2023-yildan 1,2 mln yoshlar ITning 3 ta asosiy yo‘nalishi — Frontend, Python course, IT-English bo‘yicha mazkur platformada onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olishlari mumkin.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlar IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlari yoki frilans orqali buyurtmalar olishlari mumkin. Mazkur loyihalardan universitetning iqtidorli talabalarini xabardor qilish maqsadida Inkubatsiya markazida seminar tashkil qilindi. Seminarda Inkubatsiya markazi rahbari A.Nusratullayev “Coursera” platformasining onlayn kurslarida ta’lim olishi imkoniyatlari haqida batafsil tushuncha berdi.

“Coursera” xalqaro ochiq onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, u bir qator kognitiv va ta’lim dasturlarini, jumladan, interfaol loyihalar va o‘zaro sharhlar, kurslar, mutaxassisliklar, dastur sertifikatlarini taklif etadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz

Qarshi davlat universitetida xotin-qiz professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimalar o‘rtasida 🏐voleybol, 🏓stol tennisi, shaxmat va 🏃‍♀️60 metrga yugurish sport turlari bo‘yicha “Xotin-qizlar spartakiadasi” bo‘lib o‘tdi.

🎞 Tadbir tafsilotlari “Qashqadaryo axboroti”da yoritildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2023
#imtiyoz

⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Siz_taniysizmi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #LIVE

Ayni damda Qarshi davlat universitetida “Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminar yalpi majlisida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O‘.Abdullayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) Z.Boymurodovning ma’ruzalari tinglanayotir.

Qarshi davlat universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini faol tatbiq etish mexanizmini shakllantirish hamda ularni psixologik bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diplomhimoyasi

Joriy yilning 30-31-may kunlari Qarshi davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida Moskva davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan talabalar ilk qaldirg‘ochlar sifatida bitiruv malakaviy ishini himoya qilishdi. Bitiruv malakaviy ishi himoyasida ishtirok etish maqsadida Moskva davlat lingvistika universitetidan Stilistika kafedrasi mudiri, dotsent Sheveleva Yevgeniya Olegovna hamda kafedra dotsenti, qo‘shma talim dasturi kuratori Aleksandrova Yelena Valeryevna Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ikki kun davom etgan diplom ishi himoyasida Moskva davlat lingvistika universiteti professor-o‘qituvchilari, Qarshi davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti professor-o‘qituvchilari, 17 nafar bitiruvchi talabalar hamda ZOOM platformasi orqali Moskva davlat lingvistika universitetidan 17 nafar ilmiy rahbarlar ishtirok etdi. Diplom ishi himoyasi nihoyatda qizg‘in, taklif-mulohazalarga boy bo‘ldi. Bitiruvchi faol talabalardan Firdavs Jo‘rayev, Iroda Nabiyeva, Zebiniso Abdirasulova, Behro‘z Jo‘rayev, Gulchecha Vardiyashviliga magistraturada tahsilni davom ettirish taklifi berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM