Qarshi davlat universiteti
10.2K subscribers
18.8K photos
1.27K videos
310 files
6.02K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
📸 Иншолар танловидан фотосуратлар

👉@qarduuz 👈
⚡️Чемпион талабалар сафи кенгаймоқда

Пойтахтимиздаги "Универсал" спорт саройида дзюдо спорт тури бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон чемпионати бўлиб ўтди.

Аҳамиятлиси, мусобақада иштирок этган Қарши давлат университети Жисмоний маданият факультети 2-курс талабаси Камолиддин Бахтиёров -60 кг вазн тоифасида барча рақибларидан устун келиб Ўзбекистон чемпиони деган шарафли номга сазовор бўлди.

Мавзуга доир: ҚарДУ талабаси Ўзбекистон чемпиони

👉@qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik
#raqamlashtirish

⚡️150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

🔰 Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

📌 Platformada:

o‘quv adabiyotlar;
ilmiy maqolalar;
monografiyalar;
dissertatsiyalar;
avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.

➡️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#беш_ташаббус_олимпиадаси
#шахмат #республика_босқичи
#талабамиз_ютуғи

Жорий йилнинг 27-30 ноябрь кунлари Жиззах вилоятида "Беш ташаббус олимпиадаси"нинг иккинчи мавсуми доирасидаги шахмат спорт мусобақасининг республика босқичи бўлиб ўтди. Ақл ва заковат беллашувида иштирокчилар 3 та ёш тоифасида ғолиблик учун дона суришди.

Қувонарлиси, Қарши давлат университети Жисмоний маданият факультети 4-босқич талабаси Зарнигор Омонова 22-26 (қиз болалар) ёшлилар ўртасида кечган мусобақаларда муносиб қатнашиб, иккинчи ўринни эгаллади. Муваффақият муборак бўлсин!

👉@qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
#qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin.

BAKALAVR:
📊
2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Darsliklar ro‘yxati - 2023;
🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚽️ QASHQADARYO VILOYAT II LIGA YARIM FINAL

Lochin Nasaf 2005
Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan sana:
🗓01.12.2022
Boshlanish vaqti 🕰14.00da
Universitet bosh o‘yingohi 🛣

👏👏 Barcha futbol ixlosmandlarini jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!!!


👉@qarduuz 👈
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#bilasizmi

🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.

Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_dekabr_Umumjahon_OITSga_qarshi_kurash_kuni

Bugun Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Kuchlarni birlashtiramiz, OITSni to’xtatamiz!” shiori ostida viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qahqadaryo viloyati Kengashi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Inson salomatligi uchun 5000 qadam” aksiyasi bo’lib o’tdi. Marafonda uyushgan va uyushmagan yoshlar, harbiy orkestr hamda ma’sullar ishtirok etishdi.

Tadbirda Qarshi davlat universiteti boshlang’ich tashkilot kengash a’zolari va “Volontyorlar markazi” talabalari ham faol ishtirok etib “Qizil tasmalar” tarqatishdi. Aksiya davomida viloyat musiqali drama teatrida teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari hamda musiqiy chiqishlar, shuningdek, “Bolalarda nima gunoh?” nomli videofilm namoyish etildi. Tadbirda talaba-yoshlarga OITS infeksiyalarining kelib chiqish sabablari, og‘ir asoratlari haqida ma’lumotlar berildi.

👉@qarduuz 👈