Qarshi davlat universiteti
10.8K subscribers
19.3K photos
1.32K videos
316 files
6.27K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#қўшма_таълим
#имтиҳонлар #иккинчи_босқич

Жорий йилнинг 26 август куни Халқаро таълим дастурлари факультети Амалий математика ва информатика, Филология ва тилларни ўқитиш: инглиз тили, Филология ва тилларни ўқитиш: рус тили йўналишларига ҳужжат топширган абитуриентлар учун иккинчи босқич имтиҳони ҳамкор хорижий университетларнинг қабул комиссияси аъзолари иштирокида Zoom платформаси орқали онлайн суҳбат шаклида ўтказилди.

Жараёнда Москва давлат лингвистика университети, Белгород давлат миллий тадқиқот университети, Я.Купала номидаги Гродно давлат миллий университети профессор-ўқитувчилари бевосита ҳар бир абитуриент билан савол-жавоб ўтказишди.

Бундан ташқари қўшма таълим дастурлари бўйича Белгород давлат миллий тадқиқот университети магистратура бўлимига ҳужжат топширган талабгорлар учун Лингвистика (инглиз тили) мутахассислигига ҳам имтиҳон бўлиб ўтди. Имтиҳонда Белгород давлат миллий тадқиқот университети доценти А.А.Колесников университетга келиб, бевосита иштирок этди.

👉 @qarduuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda Qarshi davlat universiteti tajribasini amaliyotda qo‘llash yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

👉 @qarduuz 👈
⚡️Ҳамкорлик истиқболлари

Россиянинг И.С.Тургенев номли Орёл давлат университети билан Қарши давлат университети ўртасида тузилган ҳамкорлик шартномаси доирасида қатор йиллар давомида фаол ишлар амалга оширилиб келинмоқда. Навбатдаги қадам сифатида ҳамкор университет профессори п.ф.д. Черникова Светлана Михайловнанинг олий таълим муассасасига ташрифини айтиш мумкин.

Батафсил: https://qarshidu.uz/uz/news/2758-hamkorlik-istiqbollari

👉 @qarduuz 👈
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari haqidagi video qo‘llanmalar bilan tanishing!

📹 Mazkur video qo‘llanmalar orqali har bir sport musobaqalarining bosqichlari, shartlari, ishtirokchi jamoalarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olishingiz mumkin!

1. Voleybol sport musobaqasi
2. Yengil atletika sport musobaqasi
3. Shashka sport musobaqasi
4. Stol tennisi sport musobaqasi
5. Stritbol sport musobaqasi
6. Milliy kurash sport musobaqasi
7. Street workout sport musobaqasi

🤩 Besh tashabbus olimpiadasining mahalla bosqichida ko‘rishguncha!

#beshtashabbusolimpiadasi #darsliklar

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Forwarded from Temur Poyonov️️ (T P)
Besh tashabbus olimpiadasining 2022-yilgi 2- mavsumiga 27-avgust 11: 30 holatiga koʻra 2 026 423 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi

Arizalar qabuli 9-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun
Туман шаҳар 26.08.pdf
287.9 KB
👉 «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 26-avgust holatiga koʻra 513555 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi

❗️❗️❗️Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_

👉 @qarduuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ватанни севиш керак!

⚡️Давлатимиз раҳбари энергияни қаердан оласиз, деган саволга «Ватанни севиш керак», деб жавоб қайтарди.

👉 @qarduuz 👈
📌 RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉
@e_dtm_mandat1bot
👉
@e_dtm_mandat2bot
👉
@e_dtm_mandat3bot
👉
@e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


👉 @qarduuz 👈
#Хушхабар

⚡️Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

🔰Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди!

🔗Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно  тариқасида,  2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

👉 @qarduuz 👈
✏️2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори👆

👉
@qarduuz 👈
Forwarded from Qashqadaryo 24/7 (Ҳусан Комилжонов)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Қарши шаҳрида Мустақиллигимизнинг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбири бошланди.

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов Қашқадарёликларга байрам табригини ўқиб эшиттирмоқда.

https://t.me/qarshiliklar
Forwarded from Qashqadaryo 24/7 (Ҳусан Комилжонов)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Қарши шаҳрида Мустақиллигимизнинг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбирининг бадиий қисми бошланди.

https://t.me/qarshiliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Қарши шаҳрида бўлиб ўтган байрам дастури якунида салют шоуси ташкил этилди.

🇺🇿 Барча юртдошларимизга байрам муборак бўлсин!

🎥 Видеоматериал "Қашқадарё аҳли" ижодкорлари томонидан тайёрланди.


👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
📌Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
#EʼTIROF

Oliy taʼlim muassasalarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi

🔰 Prezident Farmoni binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida oliy taʼlim fidoiylari, professor-oʻqituvchilari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

💐 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi e’tirof etilgan barcha ustozlarni samimiy qutlaydi.

🔘 “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan

Xalmuradov Rustam Ibragimovich
— Samarqand davlat universiteti rektori;

🔘 “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori,

Dadabayev Xamidulla Aripovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professori,

Isxakov Mirsadik Mirsultanovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri;

🔘 “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Matyakubov Ataxan — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti;

🔘 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Usmanov Aziz Magdaliyevich —
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori;

🔘 Do‘stlik» ordeni bilan

Abduraxmanov Sayib
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali professori,

Ansatbayev Najimatdin — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professori,

Berdimuratova Alima Karlibayevna — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri,

Kudbiyev Davlatbay — Farg‘ona politexnika instituti professori,

Pirmatov Serik — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti,

Samadov Raxmatulla Sunatullayevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti,

Turayev Yunus Sharipovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori,

Yusupova Venera Ismetovna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;

🔘 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna —
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o‘qituvchisi taqdirlandi.

👉@eduuz
magistratura natija.pdf
6.3 MB
#Magistratura_natijalari
#Mutaxassisliklar_kesimida

👨🏻‍🎓🧑🏻‍🎓2022/2023-O‘QUV YILI UCHUN QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING MAGISTRATURASIGA O'QISHGA KIRGAN TALABGORLAR RO'YXATI

🎗Eslatib o'tamiz, 2022/2023-o'quv yilida magistraturaga qabul ikki marotaba amalga oshiriladi.

👉 @qarduuz 👈
📌 SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

👉 1 ballgacha yetmaganda
— 1,5 barobar;
👉 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
👉 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
👉 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
👉 kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

❗️Bu o‘tgan yilgi holat bo‘licha.

👉 @qarduuz 👈