Ibragimov Elyor Hakimovich
179 subscribers
1.09K photos
121 videos
17 files
254 links
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor
Download Telegram
#XUSHXABAR

🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A!!!

🔰 2021-yilning 2-8 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi 28-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematics Competition) onlayn bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi.

🏛 Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba ham ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, 💯% lik natija ko‘rsatdi.

🏆 Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qo'lga kiritishdi!

🔰G‘olib talabalarimiz bilan tanishing.

🥇Oltin medal:

1⃣ O‘zbekiston milliy universiteti talabasi — Abdushukur AHADOV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jasurbek IMOMOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Maftuna SAMATBOYEVA;

4⃣ Urganch davlat universiteti talabasi — Islombek ISMOILOV;

5⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — Kamal SADIKOV.

🥈Kumush medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Shahzod QUROQBOYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Doniyor YAZDONOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURAYEV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir NORBOYEV;

5⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Davrbek OLTIBOYEV;

6⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi — Abdumalik ABDUQAYUMOV.

🥉Bronza medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Laziz ABDULLAYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Nilufar RAJABOVA;

3⃣ Guliston davlat universiteti talabasi — Olimjon JALILOV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURSUNBOYEV.

✔️ Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Javohir ISKANDAROV va Nodirbek G‘AFFOROVlar faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi.

✔️ Bundan tashqari, Qarshi davlat universiteti talabalari ham yakka tartibda mustaqil ishtirok etib, Asror JABBOROV bonza medal, Jahongir XOLMONOV va Sardor SAIDOVlar maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

🎉 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni mazkur yutuq bilan qutlab, ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan ustozlar Behzod Qurbonboyev (Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga (O‘zMU) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
——————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xushxabar
🥈Qashqadaryolik qiz Paralimpiya o`yinlari kumush medali sohibasi!

T11 klassida ayollar oʻrtasida uzunlikka sakrash boʻyicha bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni qoʻshtirib qoʻydi.

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida yuqori ko'rsatkich qayd etgan hamyurtimiz 4.89 metr natija koʻrsatgan holda 2-oʻrinni egalladi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Ma`lumot uchun Asila Mirzayorova Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tavallud topgan.

Воҳадошимизни ғалаба билан қутлаймиз!
#Xushxabar #Tokio2020

🥈Qarshi davlat universiteti bitiruvchisi kumush medal sohibi bo‘ldi
!

Para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov oltin medal uchun kechgan final bahsida ishtirok etdi.

Finalda unga ozarbayjonlik Xuseyn Raximli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda vakilimiz ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

⚡️ Shu tariqa medallarimiz soni 11 taga yetdi.

Olg‘a O‘zbekiston!

👉@qardu_prorektor
⭕️#Xushxabar

🥊🇺🇿 🥇 QarDU talabasi harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

🔰 Joriy yilning 18-25 sentabr kunlari Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta (3 ta oltin🥇, 1 ta kumush🥈 va 3 ta bronza🥉) medalni qo‘lga kiritishdi.

💥 Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mavluda Mavlonova -75 kg vaznda jahon chempionati finalida Belarus vakilasi Viktoriya Kebikovaga qarshi jang qildi va katta ustunlik evaziga g‘alaba qozondi!

💐 Sportchi talabamizni ushbu ulkan yutuq bilan chin dildan qutlaymiz! Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishiga tilakdoshmiz! G‘alaba muborak bo‘lsin!

📌 Ma’lumot uchun, Mavluda Mavlonova shu yil may oyida BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

👉@qarduuz
⭕️#Xushxabar: 🇺🇿🥋🏆 QarDU talabasi Dilshodbek Yo‘ldoshev Tojikiston Prezidenti kubogi sohibi!

⚡️ Shu kunlarda Dushanbe shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda va unda ikki nafar qashqadaryolik polvonlar o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

-66 kg Dilshodbek Yo‘ldoshev;
-81 kg Arslon Tojiyev

💫 Quvonarlisi, xalqaro turnirning dastlabki kunida -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Dilshodbek Yo‘ldoshev barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dilshodbek Yo‘ldoshev Tojikiston Prezidenti Kubogi sohibi sifatida 30 000 somoniy pul mukofoti, kubok hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

💐🏅👏Sportchi talabamizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!

👉@qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

🇺🇿🥋🥈QarDU talabasi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

🔰 Italiyada dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bahslarida ishtirok etayotgan Qarshi davlat universiteti talabasi Suhrob Rajabov - 100 kg vazn toifasida 🥈kumush medalni qoʻlga kiritdi.

💐 Sportchi talabamizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin dildan qutlaymiz!

🎗Yutuqlar hamisha bardavom boʻlsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⭕️#Xushxabar

⚡️ Yoshlar sog‘lom turmush tarafdori

🏃Viloyat miqyosida o‘tkazilgan marafon musobaqasida Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.

📌 Quvonarlisi, yugurish marafonida faxrli birinchi o‘rinni 🥇Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Jahongir Eshonqulov qo‘lga kiritdi.

👉 @qardu_prorektor
Forwarded from Dilmurod Nabiyev
#Эътироф

⚡️Қарши давлат университети World University Rankings – 2023 халқаро рейтингида “репортер” мақомига эга бўлди

Буюк Британиянинг нуфузли рейтинг ташкилоти – Times Higher Education агентлиги ўзининг World University Rankings – 2023 рейтинг натижаларини эълон қилди. Аҳамиятлиси, республикамизнинг 170 дан ортиқ олий таълим муасссасаларидан 28 таси OTM World University Rankings – 2023 халқаро рейтингида “репортер” мақомига эга бўлди.

Қувонарлиси, улар орасида Қарши давлат университети ҳам бор. Сўнгги йилларда университет раҳбарияти ва жамоасининг самарали фаолияти, таълим сифатини юксалтириш, илмий тадқиқот ва халқаро ҳамкорлик алоқаларининг кучайиши бу эътирофга сабаб бўлди. Шунингдек, яқиндагина университет миллий рейтингда республика олий таълим муассасалари ўртасида кўрсаткичларини 16 поғонага яхшилаб, 30 ўринда қайд этилган эди.

Бу ютуқлар замирида сўнгги йилларда илмий салоҳиятни ошириш, илмий ва инновацион соҳада қатор янгиланишлар, илмий ютуқларга эришиш ҳамда хорижнинг энг илғор тажрибаларини ўрганиш, уларни миллий тажрибаларга сингдирган ҳолда фан ва таълим соҳасига тадбиқ этиш, жумладан, диссертация ҳимоялари сонининг 2 баробарга, илмий салоҳиятнинг 28 фоиздан 35,5 фоизга, дарслик, ўқув қўлланмалар ва монографиялар нашр этиш 3 баробарга, Web of Science ва Scopus базасидаги журналларда илмий мақолалар чоп этиш 2 баробарга, илмий даражалар берувчи илмий кенгашлар сонининг 2 баробарга ошиши, моддий техник базанинг замонавий талаблар асосида янгиланиши асос бўлди десак, адашмаймиз.

Қарши давлат университети жамоасини ушбу муваффақият билан самимий муборакбод этаман. Бу ютуқ университетнинг халқаро рейтинглар соҳасидаги илк қадами ҳисобланиб, келгусида топ-1000 ликка эришиш университет жамоасининг бош мақсадидир.

Дилмурод Набиев
Қарши давлат университети ректори, профессор

👉@rektor_qarshidu