Qadriyatim
1.08K subscribers
8 photos
2 videos
9 links
Yo’l-yo’lakay kelgan qisqa fikrlar…
Tajriba, xulosalar va xatolarim…
Download Telegram
Mohir Speaks
O'zi muammodan chiqish uchun ham kitob o'qilmasmidi?
Muammoga kirmaslik uchun o’qiladi, aslida….
16💯11👍5❤‍🔥1
Musibatga vaqt yaxshi shifokor, ammo yomon kosmetolog hisoblanadi…
😁37💔9🔥41🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir holat, turli manzaralar:
birida tashvish,
boshqasida beg‘uborlik,
yana boshqasida esa befarqlik.

“Bu ummat bunday emasdi, ammo onalari huddi shunday bo‘lishgan…”
😢24👍42🤷‍♂2
Bilol Ablizov
Hadeb solishtiraverib o'zimizni sun'iy nogiron qilib qo'ymadikmi? Huddiki hech nimani qilolmaydigandek ko'rinib qoldik o'zimizga..
Doim takrorlaydigan gapimiz:
O’zimiz bilan solishtiraylik. Kecha qanday edik, bugun qandaymiz…
Bugunimiz kechamizdan yaxshi, ertamiz bugunimizdan yaxshi bo’lishi kerak…
17👍7
Dear problems!
Give me a short vocation…)
20💔10🤣6🕊5👍3❤‍🔥2
So’z o’yini…)
😁69👍3🤣21
Tartibli ish stoli
Ko‘pincha — hech nima qilinmayotganining belgisi.
💯48😁27👍32
Ustoz Kundaligi
Жаҳлим чиқиб, бугун шартта «Mac» овордим.
Shu kunlar keldi-yaaa…

Ustozlar shartta 1000$ harajat qilib yuboryapti….
Cho’chimayapti, Qarz olmayapti…

Sizda ham shundaymi Shokir ustoz
😁35👍119🔥3
Mohir Speaks
Negadir chet davlatlaridan aynan Turkiyani ko'p sog'inaman. Chunki boshqa davlatlatga chiqmaganmanda)
- Amerikaga yana borgim kelyapdi…
- oldin ham borganmisan…?
- oldin ham borgim kelgan…
😁60🤣13
Bir paytda eng katta ne’mat ham, eng og‘ir illat ham — ko‘nikib qolish bo‘lishi mumkin.

Musibatlarga ko‘nikish — bu sabr, bu ruhiy kuch, bu Allohning bergan bardoshliligi. Bu — ne’mat.

Ne’matlarga ko‘nikib qolish — bu esa loqaydlik, beqadr bo‘lish, bor narsani qadrlamaslik. Bu — illat.

Ko‘nikkanimizda duo qilmay qo‘yamiz. Qadrini yo‘qotamiz. Shukrni unutamiz.

Lekin:
Har bir nafas — ne’mat.
Har bir sokin tong — rahmat.
Har bir yaqin inson — ishonchli omonat.

Ko‘nikmang.
Qadrlang.

Bugun bor bo‘lgan narsa — ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin.
😭2417🔥7😢4
Basmalasiz boshlansa, hamdsiz tugaydi…
33💯13👍3🔥3
Boshqa ma’no qidirmang…)
33🤣26👍6
Qanday kulishingiz odobingizni bildirsa,
Nimaga kulishingiz saviyangizni bildiradi
25👍13💯13💋1
Yomon ayolning sifati shundaki, yonida halovat topmaysan, uzoqligida hotirjam bo’lolmaysan…

Hazrat Umar r.a.
🔥23🤔11😢5🌚4😱2💯21👍1
“Deraza oldida gul turibdi” — bu hali ichkarida bahor degani emas.
Ba’zan tashqi ko‘rinish yolg‘on guvohlik beradi:

Ijtimoiy tarmoqda “baxtli” — haqiqatda esa yolg‘iz.

Ko‘plab odamlar tashqi ko‘rinishda “bahor” ko‘rsatadi — tabassum qiladi, chiroyli so‘zlar aytadi, mehribonlik ko‘rsatganday bo‘ladi. Ammo qalbi muzlab yotadi. Ichkarida quvonch, yurakda hotirjamlik, ichkarida halovat yo‘q. Chunki tashqi gul — his-tuyg‘uning belgisi emas, balki uni yashirishga urinilayotgan niqob ham bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda ko‘pchilik odamlar hayotlarining derazasiga chiroyli gullar qo‘yishadi:

ijtimoiy tarmoqlardagi “baxtli” suratlar,

soxta tabassumlar,

“hammasi yaxshi” degan gaplar.

Bahor degani nima?
• Ko‘ngilda halovat.
• Qalbdagi poklik.
• Niyatdagi rostlik.
• Ruhan barqarorlik.

Misol:
Kimdir ijtimoiy tarmoqda har kuni «muvaffaqiyatli» hayotini ko‘rsatadi. Lekin har kechasi yolg‘iz yig‘lab uxlaydi. Chunki qalbida tinchlik yo‘q. U faqat gulni derazaga qo‘ygan, ammo ichkarini tozalashga kuch topmagan.

Xulosa:
Derazadagi gulga emas, ichkaridagi bahorga qarang.
Tashqi ko‘rinishlar sizni aldamasin.

Bahor deraza oldiga emas, yurak ichiga kelsin. Faqat shunda u bardavom bo‘ladi.

Savol:
Sizning ichingizda bahor bormi, yoki faqat derazangizda gulmi?
🔥147👏6
#shogirdimga

Quyidagi to’rtliklar seni halok
qiladi:

Ribo, Shirk, Kufr, Kibr
Zino, Fisq, Ujub, Sehr
Riyo, Pora, Hirs, Makr
Kayf, Zulm, Qahr, Jabr
🔥32👍16🤝21
#shogirdimga

Quyidagi to’rtliklar seni najotga eltadi

Sabr, Zikr, Farz, Hilm
Sidq, Sulh, Shukr, Fahm
Zuhd, Hayo, Vafo, Ijmo
Qunt, Lutf, Hulq, Rahm
🫡20🔥108👍6
#shogirdimga

Yolg‘on muomala va munofiqona ikkiyuzlamachilikdan to‘xta.

Bahosi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, haqiqatni gapir.

Shunda ko‘pchilik sendan uzoqlashadi.

Sen bilan qolganlar barmoq bilan sanarli bo‘ladi.

Ammo aynan o‘sha oz sonli odamlar sen bilan abadiy birga qoladi.
35❤‍🔥10🔥6👏2💯1
Sadaqa qilayotganimizda cho‘ntagimizdagi eng mayda pulni qidiramiz, Allohdan so‘raganimizda esa Firdavsni so‘raymiz.
32😢31🔥5💯5
Xursand bo‘lganingda eng yaxshi ko‘rgan insoningga bog‘lanasan.

Xafa bo‘lganingda esa seni eng ko‘p yaxshi ko‘radigan kishiga bog‘lanasan.

Ikki holatda ham ular bitta inson bo‘lishi esa haqiqiy ne’matdir
58🔥25👍5😢2