Python dasturlash maktabi
2.51K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Testlar va mavzular sizga yoqqan bo'lsa dasturlashga qiziqadigan tanishlaringizga yuboring
Forwarded from Nematillo Ochilov
1 kunda 10-15 trilion AQSH dollari pul aylanadigan xalqaro valyuta bozorida savdo qiluvchi treyderlar hozirgi vaqtda avtomatik savdo qiluvchi robotlarga muhtoj.

Chunki robotlar insonlardan milion barobar tez va samarali ishlaydi va 1 ta robot 100$ dan 70000000$ gacha sotilmoqda.

Robotlar MQL4 dasturlash tilida yoziladi va MQL4 dasturlash tilini o'rganishdan oldin C++ dasturlash tilida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishingiz kerak.

Xoxlasangiz robotdan o'zingiz uchun foydalanib kattagina daromad olishingiz mumkin.

Xullas C++ dan xabari bor robot dasturlamoqchi bo'lganlar @MQLUZ kanaliga kiring va yaqin kunlarga savdo qiluvchi robot yasashni o'zbek tilida o'rgataman.

@Nematillo_Ochilov
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
Ⓜ️ For sikli

For sikli berilgan ketma-ketliklar masalan ro'yxatlar yoki satrlar bo'yicha takrorlash uchun ishlatiladi.

Quyidagi kod ro'yxatdagi har bir elementni chiqaradi va oxirida undov belgisini qo'shadi:

words = ["hello", "world", "spam", "eggs"]
for word in words:
print(word + "!")

hello!
world!
spam!
eggs!


Yuqoridagi kodda so'z o'zgaruvchisi siklning har bir takrorlanishida ro'yxatning tegishli elementini aks ettiradi(undov belgisi nazarda tutilyabdi).
1-takrorlash paytida so'z "hello" ga teng, 2-takrorlash paytida esa "world" ga teng bo'ladi va hokazo.


For sikli satrlar ustida takrorlash uchun ishlatilishi mumkin.
string = "Men dasturlashni muntazam o'rganaman"
soni = 0
for i in string:
if (i == 'a'):
soni += 1
print(soni)

7


Yuqoridagi kod hisoblash o'zgaruvchisini belgilaydi, satr ustida takrorlanadi va undagi 'a' harflar sonini hisoblab chiqadi. Har bir takrorlash paytida i o'zgaruvchisi satrning joriy harfini aks ettiradi.
Sanoq o'zgaruvchisi har safar 'a' harfi topilganda qo'shiladi, shuning uchun sikl oxirida u satrdagi 'a' harflari sonini bildiradi.
While sikli singari, break va continue iboralaridan for siklida ham foydalanish mumkin.


Takrorlash soni aniqlanganda for siklidan foydalaniladi.Masalan oziq-ovqat do'koni dasturida:
Quyidagi kodda sikl 4 marta takrorlanadi.

mevalar = ["olma", "anor", "gilos", "o'rik"]
for i in mevalar:
print(i)



Takrorlash soni noaniq bo'lsa while siklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Masalan 2 ta raqamni qo'shuvchi dasturida:
var = 0
while True:
raqam = int(input("Son kiriting: "))
if var == 0:
var = raqam
else:
print("Natija:", var + raqam)


Son kiriting: 5
Son kiriting: 3
Natija: 8
Son kiriting:


For va while sikllari bir xil natijalarga erishish uchun ishlatilishi mumkin, ammo for loopi qisqa sintaksisga egali uchun aksariyat hollarda qo'llaniladi.

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
Photo
Toʻgʻri javobni toping?
Anonymous Quiz
21%
-1
52%
0
21%
1
6%
2
Tushunmagan savollaringizni oʻsha postni izohida yozib qoldiring.
Takrorlanish soni aniq boʼlganda qaysi sikldan foydanlangan afzal?
Anonymous Quiz
53%
for
28%
while
11%
circle
8%
else
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
Ⓜ️ Roʼyxat

Ro'yxat - ma'lumotlar to'plamini saqlash uchun ishlatiladigan ma'lumot turi.

To'rtburchakli qavs ichida ro'yxat yaratilganda uning barcha elementlari vergul bilan ajratilib yoziladi. ['olma', 'anor', 'gilos']

Ro'yxat massivga o'xshaydi va farqi shundaki massiv o'zida butun va haqiqiy sonlarni saqlaydi, ro'yxat esa boshqa turdagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlashi mumkkin.

list() funksiyasi, literallar yoki ro'yxat gneratorlari yordamida ro'yxatlarni tuzish mumkin.

list_funksiyasi = list('pythonuz')
print(list_funksiyasi)
['p', 'y', 't', 'h', 'o', 'n', 'u', 'z']

literal = ['p', 'y', 't', 'h', 'o', 'n']
print(literal)
['p', 'y', 't', 'h', 'o', 'n']

royxat_gneratori = [ord(i) for i in 'pythonuz']
print(royxat_gneratori)
[112, 121, 116, 104, 111, 110, 117, 122]

none = list()
print(none)
[] # boʻsh roʻyxat

Ro'yxat bo'laklari

Ro'yxat bo'laklari ro'yxatdan qiymatlarni olishning yanada rivojlangan usulini taqdim etadi. Ro'yxatni qismlarga ajratish ikki nuqta bilan ajratilgan butun sonlar bilan indekslanadi.

# indeks 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
squares = [4, 9, 16, 25, 36, 49, 64, 81]

2-elelmentdan 6-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[2:6])
[16, 25, 36, 49]

3-elelmentdan 8-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[3:8])
[25, 36, 49, 64, 81]

0-elelmentdan 1-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[0:1])
[4]

4-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[:4])
[4, 9, 16, 25]

4-elelmentdan oxirgi elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[4:])
[36, 49, 64, 81]

2 qadam bilan ro'yxatni chop qiladi.Ro'yxatadgi har 2-elementni chop qiladi.
print(squares[::2])
[4, 16, 36, 64]

4-elelmentdan 6-elementgacha bo'lgan har 3-elementlarni chop qiladi.
print(squares[2:6:3])
[16, 49]

Manfiy indeks ro'yxatning oxiridan boshlab hisoblash uchun xizmat qiladi.
1-elelmentdan 7-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[1:-1])
[9, 16, 25, 36, 49, 64]

1-elelmentdan 5-elementgacha bo'lgan elementlarni chop qiladi.
print(squares[1:-3])
[9, 16, 25, 36]

Ro'yxat o'zgarmaydi.Ro'yxatni teskari tartibda chop qiladi.
print(squares[::-1])
[81, 64, 49, 36, 25, 16, 9, 4]

Ro'yxat o'zgaradi.Ro'yxatni teskari tartibda chop qiladi.
squares.reverse()
print(squares)
[81, 64, 49, 36, 25, 16, 9, 4]

@pythonuz
Testlar va mavzular sizga yoqqan bo'lsa dasturlashga qiziqadigan tanishlaringizga yuboring
📝 Tushunmagan savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Forwarded from Nematillo Ochilov
@NematilloOchilov - blog

@pythonuz_videos - Python videodarslari

@pythonuz - Python darslari

@pyqt5 - Desktop dasturlash

@phpuz - PHP darslari

@js_uz - Java Script guruhi

@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️ Roʼyxat Ro'yxat - ma'lumotlar to'plamini saqlash uchun ishlatiladigan ma'lumot turi. To'rtburchakli qavs ichida ro'yxat yaratilganda uning barcha elementlari vergul bilan ajratilib yoziladi. ['olma', 'anor', 'gilos'] Ro'yxat massivga o'xshaydi va farqi…
Ro'yxat funksiyalari va uslublari


royxat = list() # yoki []

# ro'yxat oxiriga element qo'shadi
royxat.append('olma')
print('append', royxat)
append ['olma']

# 2 ta ro'yxatni birlashtiradi
royxat.extend(['uzum', 'qulupnay'])
print('extend', royxat)
extend ['olma', 'uzum', 'qulupnay']


# Ro'yxatning birinchi elementiga 'behi' qiymatini kiriting
royxat.insert(1, 'behi')
print('insert', royxat)
insert ['olma', 'behi', 'uzum', 'qulupnay']


# Ro'yxatdagi 'olma' qiymatiga ega bo'lgan birinchi elementni o'chiradi.
# Agar bunday element mavjud bo'lmasa ValueError xatoligini qaytaradi
royxat.remove('olma')
print('remove', royxat)
remove ['behi', 'uzum', 'qulupnay']


# i-elementni olib tashlaydi va qaytaradi. Agar indeks ko'rsatilmagan
# bo'lsa, oxirgi element o'chiriladi
royxat.pop(0)
print('pop', royxat)
pop ['uzum', 'qulupnay']


# qiymati x bo'lgan elementlar sonini qaytaradi
print('count', royxat.count('uzum'))
count 1


# Ro'yxatni teskari joylashtiradi
royxat.reverse()
print('reverse', royxat)
reverse ['qulupnay', 'uzum']


# Ro'yxatni nusxalaydi
rc = royxat.copy()
royxat.extend(rc)
print('copy', royxat)
copy ['qulupnay', 'uzum', 'qulupnay', 'uzum']


# Ro'yxatni tozalaydi
royxat.clear()
print('clear', royxat)
clear []



alfabit = ['i', 'e', 'i', 'o', 'g', 'l', 'i', 'i', 'u', 'l']

index = alfabit.index('o')
print("birinchi o harfini ro'yxatdagi o'rni: ", index)
birinchi o harfini ro'yxatdagi o'rni: 3

index = alfabit.index('i', 3)
print("Ro'yxatdagi uchinchi i harfi joylashgan o'rni: ", index)
Ro'yxatdagi uchinchi i harfi joylashgan o'rni: 6

index = alfabit.index('i', 2, 8)
print("""Ro'yxatning iikinchi elementidan sakkizinchi elementigacha birinchi i harfi joylashgan o'rni: """, index)
Ro'yxatning ikkinchi elementidan sakkizinchi elementi oralig'idagi
birinchi i harfi joylashgan o'rni: 2



# Ro'yxatni funksiyaga qarab saralash
def funksiya(n):
return n['yili']

majburiy_ixtiyoriy = [
{'GM': 'Nexia', 'yili': 2016},
{'GM': 'Spark', 'yili': 2014},
{'GM': 'Damas', 'yili': 2011},
{'GM': 'Matiz', 'yili': 2015}
]

majburiy_ixtiyoriy.sort(key=funksiya)

print(majburiy_ixtiyoriy)
[{'GM': 'Damas', 'yili': 2011}, {'GM': 'Spark', 'yili': 2014},
{'GM': 'Matiz', 'yili': 2015}, {'GM': 'Nexia', 'yili': 2016}]

Ushbu postni pythonga aloqador guruhlarga yuboring.


http://telegra.ph/file/03234945c42b61c15d5ea.jpg

@pythonuz