Python dasturlash maktabi
2.51K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Python dasturlash maktabi
⭕️ 2-bo'lim “Operatorlar” ————————————— Ⓜ️Operatorlar guruhlari? ----------------------------- Pythonda operatorlar quyidagi guruhga bo'linadi. Arifmetik operatorlar Tayinlash operatorlari Taqqoslash operatorlari Mantiqiy operatorlar Identifikatsiya operatorlari…
Ⓜ️ A'zolik operatorlari
A'zolik operatorlari ob'ektda ketma-ketlik mavjudligini tekshirish uchun ishlatiladi:

satr =  'salom dunyo 22'
list = ['salom dunyo', 'hello world', 22, '33']

in Ob'ektda belgilangan ketma-ketlikda o'zgaruvchini topsa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi.

print('salom' in satr) True
print('salom' in list) False
print('salom dunyo' in list) True
print(22 in satr) Error
print(33 in list) False

not in Ob'ektda belgilangan ketma-ketlikda o'zgaruvchini topmasa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi.

print('hello' not in satr) True
print('salom' not in list) True
print('salom dunyo' not in list) False
print(22 not in list) False

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️ Bitli operatorlar Bitli operatorlar 2 lik sanoq tizimidagi raqamlarni solishtirish uchun ishlatiladi va natijani 10 lik sanoq tizimida qaytaradi. @pythonuz_videos
a = 9 # 0b1001
b = 65 # 0b1000001
print("AND operatori 9 & 65 = ", a & b) # 1 - 0b1
print("OR operatori 9 | 65 = ", a | b) # 73 - 0b1001001
print("OR operatori 9 ^ 65 = ", a ^ b) # 72 - 0b1001000
print("NOT operatori ~ 9 = ", ~ a) # -10 - -0b1010
print("SHIFT operatori 9 << 65 = ", a << 1) # 18 - 0b10010
print("SHIFT operatori 9 >> 65 = ", b >> 1) # 32 - 0b100000

Bu mavzuni keyinchalik tushuntiraman
Python dasturlash maktabi
Testlarni guruhlarga ulashing! 🗓MUNDARIJA: --------------------------- ⭕️ 1-bo'lim “Asosiy tushunchalar” Ⓜ️ Python nima? Ⓜ️ Birinchi dastur Ⓜ️ Oddiy operatsiyalar Ⓜ️ Haqiqiy sonlar Ⓜ️ Matnlar (strings) Ⓜ️ O'zgaruvchilar (Variables) Ⓜ️ Ma'lumotlarni olish…
Ⓜ️ Matnlar (strings)
-----------------------------

Python
dasturlash tilida matnlar bir tirnoq (apostrof) yoki ikki tirnoq orasida matn kiritish orqali hosil bo'ladi.

>>>print('Salom dunyo!')
Salom dunyo!

>>>print("O'zbekiston")
O'zbekiston

⚠️ Matn uchun ishlatiladigan bo'sh joy ' salom ' uning ishlashiga hech qanday ta'sir qilmaydi.

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️ Matnlar (strings) ----------------------------- Python dasturlash tilida matnlar bir tirnoq (apostrof) yoki ikki tirnoq orasida matn kiritish orqali hosil bo'ladi. >>>print('Salom dunyo!') Salom dunyo! >>>print("O'zbekiston") O'zbekiston ⚠️ Matn uchun…
📘 Yangi qator va tabulyatsiya

\n yangi qator(ENTER)ni anglatadi.
\t 4 ta bo'sh joy (tabulyatsiya, TAB) ni anglatadi.

>>> print('bir\n\nikki\nuch')
bir

ikki
uch

>>> print('Dasturlash bu\tkelajak')
Dasturlash bu kelajak

Desktop dasturchilar @pyqt_5
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️ Matnlar (strings) ----------------------------- Python dasturlash tilida matnlar bir tirnoq (apostrof) yoki ikki tirnoq orasida matn kiritish orqali hosil bo'ladi. >>>print('Salom dunyo!') Salom dunyo! >>>print("O'zbekiston") O'zbekiston ⚠️ Matn uchun…
Ⓜ️ O'zgaruvchilar (Variables)
-----------------------------

Biror qiymatga nom berganda o'zgaruvchi hosil bo'ladi.O'zgaruchi nomi 1 ta tenglik va qiymat.Namuna: var = 123

Python dasturlash tilida o'zgaruvchilar turi ko'rsatilmaydi va o'zgaruvchini turini o'zgartirish mumkin.Namuna: a = 3; a = 'anor'; a = False vahokazo.

O'zgaruvchilar lotin harflari bilan boshlanadi va 2 belgidan keyin ostki chiziq yoki raqamlardan foydalanishingiz mumkin.Namuna: a123, AIR, en_ru

O'zgaruvchilar nomi birinchi belgisi raqam bilan boshlanishi yoki o'zgaruvchilar nomida simvollar ishtirok etishi mumkin emas.namuna: 123abc, bozor$

O'zgaruvchilar nomidagi katta va kichik harflar farq qiladi. Narx va narx boshqa boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.

x = 123
x = 1
print(x)
>>> 1


Kompyuter uchun dastur tuzish: @pyqt5