Python dasturlash maktabi
2.52K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️Mantiqiy operatorlar Mantiqiy operatorlar shartli gaplarni birlashtirish uchun ishlatiladi.
Mantiqiy operatorlarga namunalarni tayyorlashda asosan taqqoslash operatorlaridan foydalandik.Aslida mantiqiy operatorlarni barcha shart va operatorlar bilan qo'llash mumkin.

and (va) Agar ikkala so'z ham rost bo'lsa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(2 < 5 and 8 < 10) True
print(2 < 5 and 8 > 10) False


or (yoki) ifodalardan biri rost bo'lsa, rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(2 < 5 or 8 < 10) True
print(2 < 5 or 8 > 10) True
print(2 > 5 or 8 > 10) False


not (emas) agar natija rost(True) bo'lsa yolg'on (False) ni qaytaradi boshqa holatda rost (True) qaytaradi
print(not 8 > 10) True
print(not 8 < 10) False
print(not 'salom' == 'salom')
False (https://t.me/pythonuz/279)

@pythonuz
Kanal a'zolari bugun 1000 ta bo'ladimi?

Agar hamma 1 ta testni o'zini guruhiga yuborganda kanal a'zolari 2 barobar ko'payar edi.

Kanal a'zolari ko'paysa nima bo'ladi?

Kanal a'zolari ko'payaversa men e'tiborimni python bo'yicha dars tayyorlashga va test tuzishga qarataman.Kanal a'zolari kamaysa e'tiborimni boshqa loyihalarga qarataman.

Kanal ochishimdan maqsad pul ishlash emas o'zbek dasturchilarini ko'paytirish.Afrikaning Nigeriya yoki Keniya degan mamlakatidagi dasturchilar salohiyati nima uchun bizni dasturchilardan ustun bo'lishi kerak?
Python dasturlash maktabi
⭕️ 2-bo'lim “Operatorlar” ————————————— Ⓜ️Operatorlar guruhlari? ----------------------------- Pythonda operatorlar quyidagi guruhga bo'linadi. Arifmetik operatorlar Tayinlash operatorlari Taqqoslash operatorlari Mantiqiy operatorlar Identifikatsiya operatorlari…
Ⓜ️ Identifikatsiya operatorlari

Identifikatsiya operatorlari ma'lumotlarning xotira birligini aniqlash uchun ishlatiladi.

Xotira... Python xotirani hisobga olmaydi deyishadiku?
CPython ob'ektlari xotirani boshqarishni optimallashtirish uchun juda ko'p xotiradan foydalanadi.Bunga misol CPython -5 dan 256 gacha bo'lgan barcha butun sonlarning global ro'yxatini saqlaydi va bularning hammasi uchun 266 * 24 = 6384 baytni oldindan ajratadi.

Ma'lumotlar turi nima u?
Ma'lumotlar turiga namunalar:
str satr 'salom'
int butun sonlar 2
float haqiqiy sonlar 2.03
bool mantiqiy True yoki False

a = 28
b = 19
a va b o'zgaruvchi
28 va 19 ma'lumot
ma'lumot turi int

a va b o'zgaruvchilar ma'lumot turi bir xil lekin xotirada joylashuvi farq qilishi mumkin.
Ma'lumot xotirada joylashishini ko'rish uchun id() funktsiyasidan foydalanamiz.
>>> print(id(a))
11429120
>>> print(id(b))
11428832


is - Agar ikkala o'zgaruvchi bir xil ob'ekt bo'lsa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(a is b) False
print(True is False) False
print(False is False) True
print(True is True) True


is not - Agar ikkala o'zgaruvchi bir xil ob'ekt bo'lmasa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(a is not b) True
a = 5
b = 5
print(a is not b) False

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
⭕️ 2-bo'lim “Operatorlar” ————————————— Ⓜ️Operatorlar guruhlari? ----------------------------- Pythonda operatorlar quyidagi guruhga bo'linadi. Arifmetik operatorlar Tayinlash operatorlari Taqqoslash operatorlari Mantiqiy operatorlar Identifikatsiya operatorlari…
Ⓜ️ A'zolik operatorlari
A'zolik operatorlari ob'ektda ketma-ketlik mavjudligini tekshirish uchun ishlatiladi:

satr =  'salom dunyo 22'
list = ['salom dunyo', 'hello world', 22, '33']

in Ob'ektda belgilangan ketma-ketlikda o'zgaruvchini topsa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi.

print('salom' in satr) True
print('salom' in list) False
print('salom dunyo' in list) True
print(22 in satr) Error
print(33 in list) False

not in Ob'ektda belgilangan ketma-ketlikda o'zgaruvchini topmasa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi.

print('hello' not in satr) True
print('salom' not in list) True
print('salom dunyo' not in list) False
print(22 not in list) False

@pythonuz