HTML & CSS o'zbekcha.exe
4 MB
HTML va CSS tilini to'liq o'rgatuvchi o'zbekcha kompyuter dasturi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📡 Yaqinlaringizni ham kanalga taklif qiling📡➕
@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilar kinoda va hayotda 😁
[Dyevid_Kopec]_Klassicheskie_zadachi_Computer_Scie.pdf
27.2 MB
#books #rus #русский
"Классические задачи Computer Science на языке Python"
Yil: 2020

Web-dasturlash, ma'lumotlarni qayta ishlash, Machine Learning va Python ishlatiladigan boshqa sohalar uchun optimal kod yozishni o`rgatadi
Kitobda:
- Izlash algoritmlari;
- Graflar uchun umumlashtirilgan texnologiyalar;
- Neyron to`rlar;
- Genetik algoritmlar va boshqa qiziq ma'lumotlar.
Yil: 2020
Yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar
Bugungi kunda mashinalar odamlarning o‘rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025-yilga kelib bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi.
Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo‘lgan yetti kasbni aniqladi.
1. Taksichi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.
Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.
2. Buxgalter
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.
Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.
3. Yurist yordamchisi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026-yilda.
Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqatadi — ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.
4. Aviadispetcher
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.
2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berajak qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.
5. Avtoturargoh xodimi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.
Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.
6. Turoperator
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025-yilda.
Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.
7. Tarjimon
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031-yilda.
2028-yilda Google og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.
Do'stlarga ulashing

#sessiya
Kitob o'qib o'tirsam, bobom keldi.
– Uxlayapsanmi?
– Sessiya yaqin. Tayyorlanyapman.
Yarim tun. Qarasam bobom joynamozda o'tiribdi, duo o'qib.
– Uxladingizmi?
– Sessiya yaqinlashyapti. Tayyorlanyapman...

TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021”GA START BERILDI!
Joriy yilning 1-dekabridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2021” tanlovi tashkil etilmoqda.
Dasturlash boʻyicha IT MARAFON – bu dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi va oʻziga berilgan virtual masofani bosib oʻtishlari kerak boʻladi.
Ushbu marafon uch bosqichda boʻlib oʻtadi:
Birinchi bosqich – 45 kunlik dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish jarayoni. Bunda TATU professor-oʻqituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qoʻyiladigan masalalarni yechish boʻyicha kerakli tushuncha va yoʻriqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul online olib boriladi. Marafon natijalari yuqori boʻlgan ishtirokchilar sovrinli bosqichlar yaʼni ikkinchi va uchinchi bosqichga yoʻllanma oladilar.
Ikkinchi bosqich – qatnashchilar orasida faqat TATU yoki filiallarining birinchi bosqich talabalari qatnashib sovringa ega boʻladilar va ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida oʻtkaziladi.
Uchinchi bosqich – 15-30 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) koʻrinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida oʻtkaziladi.
“IT MARAFON-2021” dasturlash musobaqasining barcha gʻoliblari jami 60 000 000 soʻm sovrin jamgʻarmasiga ega boʻlishadi.
Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.
Marafonda C++, C#, Java, Python va boshqa dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Maʼlumot uchun: robocontest.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.
Roʻyxatdan oʻtish: robocontest.uz/register
Batafsil: https://bit.ly/IT-MARAFON2021
Ishtirokchilarda marafon boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa telegram orqali @robocontest_chat ga murojaat qilishlari mumkin.
Batafsil: https://tuit.uz/post/tatuda-sovrin-miqdori-60-000-000-som-bolgan-it-marafon-2021ga-start-berildi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetlarda vaqt sovurgandan ko'ra nima qilgan yaxshi?
16 yoshdan katta pul topish mumkinmi?
Bor kuchimni qayerga yo'naltiray?
Nega PYTHON?
$6000 oylik ...
@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
16 yoshdan katta pul topish mumkinmi?
Bor kuchimni qayerga yo'naltiray?
Nega PYTHON?
$6000 oylik ...
@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Python dasturlash tilida Telegramda ishlaydigan bot yaratish. Python pyTelegramBotAPI kutubxonasi✅
📹720p
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Ⓜ️anba: ♾Super Coder Community♾
@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
📹720p
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Ⓜ️anba: ♾Super Coder Community♾
@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
pycharm_tutorial.pdf
2.1 MB
🔰PyCharm IDE-dan foydalanishni o‘rgatadigan kitob. Bu Editor Python dasturlash tilida ishlaydiganlar uchun eng qulayi.✅
Dasturlashni o'rganishni qanday boshlash kerak?
Agarda siz dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz unda o'zingiz qiziqqan dasturlash sohalarini bilib oling masalan: Mobil dasturlash. Endi aynan siz tanlagan dasturlash sohangiz haqida yaxshilab tushunchaga ega bo'lib oling! Tushuncha deganda ushbu sohaning kelajagi, qanday texnologiyalar ishlatilishi va hokazolar xullas bilib olib shunga qarab harakatingizni boshlashingiz kerak! Agarda u dasturlash sohasida haqida malumotga ega bo'lmasdan dasturlashni o'rganishni boshlasangiz ishingiz yaxshi bo'lmasligi mumkin shuning uchun o'z sohangiz haqida oldin yaxshilab ma'lumotga ega bo'lib oling. Eng asosiysi o'zingiz qiziqqan, o'zingizga yoqqan va ma'qul kelgan sohani tanlasangiz maqsad muvofiq bo'ladi.
Endi biron bir dasturlash sohasini o'rganish haqida gaplashamiz. Masalan siz Mobil dasturlash sohasini tanladingiz deb faraz qilaylik.
Bu sohani endi qanday qilib o'rganish mumkin? Dasturlashni siz internet orqali ham o'rganishingiz mumkin. Masalan: Googledagi resurslar, veb saytlar orqali yoki YouTubedagi videolar orqali dasturlashni mustaqil ravishda o'rganishingiz mumkin. Dasturlashni internetda o'rganish uchun hozir imkoniyatlar, resurslar ko'p. Men endi IT sohada ishimni boshlayotgan paytimda hozirgiga o'xshab tezkor internet, tayyor tekin resurslar yoki YouTube bo'lmagan, hozir esa sizda imkoniyatlar juda ko'p shu sababli dasturlashni internet orqali ham o'rgansa bo'ladi faqat harakat qilish kerak, bahona, ayb qidirgan inson esa orqada qolib ketaveradi.
Harakat qiling, izlaning, o'qing! YouTubega kiring o'zingiz tanlagan dasturlash sohasi bo'yicha videolarni topib, shular orqali o'rganing va eng asosiysi to'g'ri maqsad qo'ying, ishlaringizni rejalashtiring shu rejalaringiz asosida esa maqsadingiz tomon harakat qiling!
Ⓜ️anba: AkilkhanovUz

Audio
#audio
Audio, podkast 2-qism
Mavzu: Dasturchi bo'lishni istayman lekin nimadan boshlashni bilmayapman.
Foydali bo'ladi degan umiddaman, fikrlarimda kamchiliklar bo'lsa uzr, takliflar bo'lsa izohlarda qoldirishingiz mumkin!
©️ Suhrob Abduaxatov

Dasturchilik darajalari
1️⃣ Beginner — Boshlovchi. Bu dasturlashni endigina boshlaganlarning darajasi. Masalan, savol berayotganda, beginnerman desa, odamlar unchalik ham uni yomonlamaydi, chunki har doimgidek, savol ahmoqona bo‘ladi.
2️⃣ Junior — Kichik. Beginnerdan o‘tgan, dasturlash tilini yomon bilmaydi, ishlaganiga 4-5 oydan o‘tgan, 1-2 ta qilgan ishlari bor progerlar. Odatda ishga kirishda juniordan boshlashadi
3️⃣ Middle — O‘rta. Juniordan o‘tgan, ishlaganiga 1 yildan oshgan, dasturlash tilini yaxshi biladi, portfolioda ishlar ko‘p.
4️⃣ Senior — Katta. Bu o‘sha dasturlash tilini juda yaxshi biladigan, ayni bir kerakli freymvorki bilan yaxshi ishlaydigan, qila olmaydigan ishining o‘zi yo‘qligi bilan maqtana oladiganlarni Senior Developer deyishadi. Ish tajribasi yili 3+.
5️⃣ Team Lead — Jamoa boshlig‘i. Bu daraja jamoada ishlaydiganlar uchun xos. Siz ayni bir jamoada ajralib tursangiz, proyektlarda faol bo‘lsangiz, gapingiz ko‘p kishiga o‘tsa, demak siz tamomladingiz.
@python_uzbek_coder

Forwarded from A'zam Mamatmurodov
Python/Django bo'yicha tajribali dasturchilar kerak, daromadi boshiga 2.5-3 mln. so'mdan bo'ladi, keyinchalik(2-3 oyda) oshib boradi, 5-6 mln. va undan yuqori.
Vakansiya davlat tashkilotida bo'lib, karyera uchun juda yaxshi muhit va imkoniyat bo'ladi.
Shuningdek, ishxona hisobidan ko'p davlatlarga ish safarlari uyushtiriladi va boshqa ajoyib perespektivalari bo'ladi! Juda katta loyihalarda qatnashish imkoniyati!
Barcha xohlovchilarni pm@pixyz.uz ga rezyumi va qilgan ishlaring haqida ma'lumot bilan kutamiz!

#bilasizmi #internet
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor! 🎞
Aksariyat biladiki, oqimli video tomosha qilishda internet-trafik ko‘p sarflanadi, ayniqsa, lavha yuqori sifatda olingan bo‘lsa. Agar internetingiz tezligi past yoki trafik miqdori cheklangan bo‘lsa, u holda pastroq sifatda ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Shuni inobatga olib, eng ommabop videoxosting – YouTube tarmog‘ida roliklarni turli sifatlarda tomosha qilish imkoni berilgan. Lekin ularning har birida qancha trafik sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Qisqacha aytganda, bir daqiqalik videolavhani turli sifat rejimlarida ko‘rganda, quyidagicha miqdorlarda trafik sarflanadi:
• 144p — 1,90 MB
• 240p — 2,70 MB
• 360p — 4,40 MB
• 480p — 7,70 MB
• 720p — 14,50 MB
• 1080p — 27,61 MB
Endi shundan kelib chiqib, biror rolikni har bir rejimda tomosha qilishga ketadigan trafikni hisoblash mumkin. Ya’ni, videolavha davomiyligi necha daqiqaga teng bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan megabaytni o‘sha songa ko‘paytirasiz.
Demak, YouTube’dagi roppa-rosa bir soatlik videoni o‘rtacha rezolyusiyada – 480p rejimida ko‘rish 460 megabayt “turadi”. Ayni shu lavhaning o‘zini Full HD formatida (1080p rejimida) tomosha qilsangiz esa – naq 1,7 gigabaytga “tushasiz”! Agarda uni eng past – 144p rejimida ko‘rsangiz, salkam o‘n besh baravarga kam – taxminan 114 megabayt trafik sarflanadi, xolos.
Videoni ko‘rish rejimini tanlash uchun YouTube mobil ilovasida yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta belgisini bosasiz. Ochilgan menyudan Quality (yoki “Качество”) bandini tanlab, kerakli aniqlik rejimini belgilab qo‘yasiz.

🔥 Hoy siz.. nima qilayapsiz xozir ?
- xa siz , telegramda manashu postni o'qiyatgan odam , nima qilayapsiz ?
- shunchaki o'qiyapman .. ?!
- Yo'q ! , buni siz xohlab o'qimadingiz , men majbur qildim , siz o'qidingiz ,
Men , Siz internetga kirishingiz bilan telegramda meni kanalimga kirishingiz va qancha imkon bo'lsa shuncha kanalni ma'lumotlarini o'qib chiqishingizni xohlayman , va siz shunday qilasiz xam !
Nimaga ? nimagaki internetga kirganingizdan boshlab siz extiyoringiz va xohishlaringiz o'zingizda bo'lmaydi , xammasini boshqarishadi , yo'naltirishadi va majbur qilishadi , lekin siz buni o'zim xohlayapman deb qabul qilasiz , aslida xammasini biz reja bilan yozib qo'ygandek qilgan bo'lasiz.
Mayli bizni kanalga xamma kirmas va balki xammaga xam ta'sir o'tkaza olmas ammo - Google , Facebook , twitter , Tiktok , Instagram , Telegram manabular siz bilan xohlagan tajribasini o'tkaza oladi .
Siz bu texnika oldida oddiy raqamsiz xolos u sizni oddiy son deb biladi , sizda na xuquq bor va na tanlash imkoni , sizda xech qanday konistututsion va davlat tomonidan ta'minlab qo'ygan imtiyozlar , qonunlar yo'q , siz shaxs emassiz bu texnika oldida .
Xa azizlar bu xozirgi davrning eng ko'zga ko'rinmas , payqalmas ammo achchiq xaqiqatidir !
Virtual olamda siz o'z "Shaxsingiz va Men" ni yarata olishingiz uchun , siz ularni boshqarishni , siz uning ssenariysi asosida emas sizni rejangiz asosida dastur ishlashi kerakligini bildirib qo'ying , ma'lumotlaringizdan foydalanayotgani uchun kerak bo'lsa milliardlab $ pul talab qiling , shu qo'lingizdan keladimi ??
O'rganishingiz kerak bo'ladigan bilimlar juda ko'p orqada qolib ketmang, aks xolda siz yangi dunyoda o'z "Meningiz" ni yarata olmaysiz !!
😎 PYTHON DASTURLASH TILI telegram kanali bilan siz Python 3 asoslari , Python Frameworklari Django, Tkinter hamda Sun'iy intellekt (Machine va Deep learning) va boshqa eng yangi va yagona bilimlarni o'rganishingiz mumkin. Python dasturlashni o'rganishni xoziroq boshlang - Yangi dunyo sizniki !
Bizning Telegram kanal : @python_uzbek_coder
https://t.me/joinchat/AAAAAFjIGlUylKDptkc7aw

Telegram
PYTHON DASTURLASH TILI
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?
Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder