PYTHON DASTURLASH TILI
1.57K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
#Web_dasturlash
#Frontend

🔰 Frontend developmentni mustaqil ravishda bepul videodarslar orqali katta amaliy tajribasi bor ustozlardan o'rganish niyatida bo'lganlar uchun tavsiya.

🤩 "Doston Rajabov" youtube kanalida "Front-end" kurslari bo'yicha bepul videodarslar berib borilmoqda !!!

🗂 Frontend Development darslari

⚡️ HTML
⚡️ CSS
⚡️ Bootstrap
⚡️ Sass/Less
⚡️ Javascript/jQuery
⚡️ ReactJs
asoslarini endi siz Senior Developer — Doston Rajabovdan o'rgana olasiz !!!

Frontend devolopment kurslarini qulay muhitda va asosiysi bepul ravishda mukammal o'rganing !!! 😊

Frontend Development darslari 👇
https://www.youtube.com/channel/UCLNc5Vze5_XjaUJ9curcN9g
​​ Sevimli ishingiz bilan shug'ullaning !!!

Oxirgi yillarda IT, Biznes sohalari haqida ko'p gapirilmoqda ya'ni bu sohalarni kelajagi yuqori yoki siz IT ni biron bir sohasini o'rganib $1000, $2000 topishingiz mumkin bo'ladi degan xabarlarni ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Shunday xabarlar ortidan IT yoki Biznes sohalariga o'zlarining qiziqishlari bo'lmasdan faqat pul topish maqsadida kirib kelayotgan insonlar oramizda uchrab turadi. Bunday insonlarga shunday bir maslahatimni bermoqchiman hechqachon o'zingiz qiziqmagan, bilmagan sohaga faqat pul ishlash maqsadida kirib kelmang.

O'zingiz sevgan sohangiz bilan shug'ullanishga harakat qiling, sohangizda expert bo'lishga harakat qiling va hechqachon pulni ortidan quvmang, shunday harakat qilingki pul sizni ortingizdan kelsin!

Bobur Akilhanov ©️

@python_uzbek_coder
💻 IT sohalari uchun kompyuter tanlaymiz.

Grafik-dizaynerlar uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD 256Gb (Minimal)
i7 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

3D Modellashtirish uchun:
i5 / 8Gb RAM / 4Gb VRAM / SSD+HDD (Minimal)
i7/i9 / 12Gb RAM / 4Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

Dasturlash uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2Gb VRAM / SSD 512Gb
i7/i9 / 8Gb RAM / 2Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

SMM & Marketing uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD 256Gb (Minimal)
i7 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

Manba: IT BUSINES SCHOOL

@python_uzbek_coder
#kayfiyat

Dasturlashni bilarmi kuyov ? 😉

Erkin Vohidov she'riga, Qudrat Abdurahimov tomonidan parodiya !!!

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pandemiyadan so'ng dunyo qanday ko'rinishga keladi?

Yangi tizim: pandemiyadan keyin dunyo qanday ko'rinishga keladi? Biz 2030 biz IT sohasi va u bilan birga jamiyatning jadal rivojlantirishimiz zarur. Bugungi videoda pandemiyadan so'ng dunyo qanday bo'lishi va IT sohaning rivojlanishi kerakligi haqida gapirib o'tganman.

Bobir Akilhanov ©️

@python_uzbek_coder
🔖Motivatsiyani yo'qotmaslikning 6 usuli

🗯Aniq bo'ling

Bir parcha qog'ozni oling va ustiga katta, yorqin harflar bilan maqsadingizni yozing. Masalan, yozish o'rniga "ko'proq mashq qiling", iloji boricha aniqroq bo'lishga harakat qiling. Sport zaliga haftasiga 4 marta borishni xohlaysizmi? Maqsadlaringizga miqdoriy belgilarni kiritishga harakat qiling, shunda ma'lum vaqtdan so'ng erishganlaringizni aniq kuzatish mumkin bo'ladi.

🗯Maqsadingizning asosiy sababini hech qachon unutmang

Maqsadga erishish uchun sharoitlar og'irlashganda, maqsad qo'yishning eng katta sababi nima ekanligini doimo yodda tuting. Maqsadingizni yozgan varaqda, unga erishmoqchi bo'lgan sabablarni ham sanab o'ting. Mutlaqo hamma narsani yozing: siz qattiq jinsida yaxshi ko'rinishni xohlaysiz, tez-tez yaxshi kayfiyatda bo'lishni xohlaysiz. Maqsad ro'yxatni iloji boricha kengroq qilishdir.

🗯 Yordam guruhini yig'ing
O'zingizga hamfikrlar jamoasini yarating.

Ular sizni ilhomlantiradigan haqiqiy odamlar, taniqli shaxslar, yulduzlar yoki hatto xayoliy belgilar bo'lishi mumkin. Sizning motivatsiyangiz pasayganda, sizni ilhomlantiradigan odamlarning fotosuratlari maqsadingizga ishonch bilan yurishingizga yordam beradi.

🗯Tabassum bilan maqsadingizga boring

Biz yoshga qarab unutadigan yana bir narsa - bu kulgili. Agar maqsadingizga erishish siz uchun ish bo'lib qolsa yoki undan ham yomoni, og'ir majburiyat bo'lsa, bu juda qiyin va siz uni oxirigacha yetkazish uchun etarli rag'batga ega bo'lmaysiz. Maqsadingiz qanday bo'lishidan qat'i nazar, motivatsiyani yuqori darajada ushlab turish uchun kunlik qadamlaringizga ozgina zavq qo'shishingiz kerak.

🗯Oraliq maqsadlarni belgilash orqali maqsadingizga qarab boshlang

Siz o'zingizga kitob yozishni yoki uyingizni ozoda saqlashni maqsad qilib qo'yganingizdan qat'i nazar, kichik oraliq maqsadlarni amalga oshirish oxir-oqibat kerakli natijaga olib keladi. O'zingizning katta maqsadingizni bir nechta kichik maqsadlarga ajrating va kuniga bir marta yoki haftada bir marta ularga qanchalik tez-tez erishishingizni o'zingiz hal qiling. Ularni bajarganingizga ishonch hosil qiling, va siz o'zingizni tayyorlagan voqealar ro'yxatini tekshirib ko'rganingizda o'zingizni muvaffaqiyatli his qilasiz.

🗯Katta maqsadingiz yo'lida kichik yutuqlaringizni nishonlashni unutmang.

O'zingizning yakuniy maqsadingizga erishganingizda o'zingizni mukofotlash bilan cheklanmang, yo'lda har bir qadamingizni nishonlang. Va buni oldinga siljish uchun yanada ko'proq harakat qilish istagi paydo bo'lishi uchun qiling. Uzoq safardagi kichik mukofotlar oxir-oqibat yakuniy maqsadingizga erishish uchun sizni rag'batlantirishga yordam beradi.

@python_uzbek_coder
cheat.pdf
164.2 KB
#Book
#English

🗂 Theoretical Computer Science Cheat-sheet! 🤓

🔰 Nazariy kompyuter fanlari cheat-sahifasi!

@python_uzbek_coder
Python haqida
📝 Xo'sh, Python haqida juda ko'p eshitdik, katta-katta kompaniyalar ishlatar ekan:
google, yandex, netflix, instagram

Python dasturchilarning oyliklar juda katta ekan, hamma aytgan faktlarni takrorlamasdan, kelinglar, yanayam aniqlashtiraylik:

Soha yo'nalishlarda ham zo'r ekan, misol uchun web, desktop, mobile, embedded, game development va albatda hozirgi kunda yanayam mashhur bo'layotgan AI (Sun'iy intellekt) .

Savol: Qanday python ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, har biriga alohida community lar o'zining kutubxonalari(framework,library) yaratilgan?

🔹 Web : Django,Flask
🔸 Desktop : Kivy,Tkinter,PyQt
🔹 Mobile: Kivy, BeeWare
🔸 Game: pygame,godot
🔹 Embedded: MicroPython,CircuitPython
🔸 AI & ML
:TensorFlow,PyTorch,Keras

Qisqacha qilib aytganda, keyinchalik har biriga batafsil to'xtalamiz, ungacha Pythoni o'rganishni boshlang. Qayergacha o'rgata olaman: Machine Learning and ComputerVision largacha har qanday qiyinchilikdagi savollar bo'lsa, bemalol darsda berishingiz mumkin.

Manba: CODESCHOOLUZ

@python_uzbek_coder
#Foydali
#Web_dasturlash
#Frontend

👨🏻‍💻 Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami.

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar


Manba: IT BUSINES SCHOOL

@python_uzbek_coder
#Vakansiya

Python dasturchi kerak.

👉 Batafsil ma’lumot

===

#Вакансия

Нужен программист Python.

👉 Подробная информация
💻 Dasturchilar o'qishi kerak bo'lgan 3 ta kitob 📚

Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Bugungi postimizda dasturchilar o'qishi kerak bo'lgan eng yaxshi 3 ta kitobni keltirdik. Ushbu kitoblarni sizning kod yozish mahoratingiz, fikrlashingizni oshirishga yordam beradi 😉

Clean Code kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/3cOUc9G

Code Complete 2 kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/2MIdfHW

Introduction to Algorithms kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/3cSE9ru

P.S/ Quyidagi linklar orqali siz bugungi postimizda keltirilgan 3 ta kitoblarnining elektron versiyasini bepul tarzda yuklab olishingiz mumkin!

Manba: Javohir Group

@python_uzbek_coder
Pythonda_virtual_muhit_yaratishga_imkon_beruvchi_dasturiy_ta'minot.pdf
346.2 KB
#Python
#Maqola

🐍 Pythonda virtual muhit yaratishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saidbek_Arislonov
#Silicon_Valley yohud #Kremniy_vodiysi

🔰 Google da ishlash va dasturchilarga sharoitlar | Sherali Obidov

Video format: 720p
Video hajmi: 425.1 MB

@python_uzbek_coder
#Noyob_kun

Bugun noyob kun !!!

...12.02.2021...

Chapdan o'ngga o'qisa ham, teskari o'ngdan chapga o'qisa ham bir xil ko'rinadi.
Ya'ni зеркальный (ko'zgudagidek).


Bunday kun juda ham kam bo'ladi !!!

@python_uzbek_coder
​​5 nafar hakerning qilmishi tufayli keltirilgan zarar yana bitta Toshkent city'ni qurishga yetadi

💻 Kompyuter texnologiyalari allaqachon insoniyat kundalik hayotiga mustahkam o'rnashib olishga ulgurdi. Ammo texnologiyalar shaxsiy manfaatlar yoki buzg'unchilik yo'lida ham foydalanilmoqda.

🔹 Texnologiyalar qanchalik rivojlansa, kiberjinoyatchilik ham shunchalik kuchayib boradi. Hakerlar turli xil ta'sirga ega kompyuter viruslari va troyan dasturlar yaratishadi.

📜 Quyidagi maqolada sizlar bilan tarixda sezilarli darajada nom qoldirgan 5 nafar haker haqida suhbatlashamiz.

👉 Maqolani o'qish

🤔 Sizningcha, "Eng daxshatli haker" nomiga qaysi biri mos? O'zingizga yoqqan haker nomini izohlarda yozib qoldiring.

©️ Dasturchi domla

@python_uzbek_coder
Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?

Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy

Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.

O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.

Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!

Omad!

© mayoquz
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi.

Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.

Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?

– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi

– Ekranning «pikselligi»ni yo‘qotadi

– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi

– Ko‘z charchashini kamaytiradi

– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi


Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.

Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan.

Ⓜ️ terabayt.uz

@python_uzbek_coder