PYTHON DASTURLASH TILI
1.57K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Backend разработчик | OOO "Project Managers"

Зарплата: от 10-15 млн. сум
Работы график: Полная, c 9 до 18 6/1;
Знания языков: Узбекский , Русский , Английский

Обязанности:
· Разработка Stateful приложений на Django;
· Разработка REST API на DRF;
· Построение архитектуры сложных ERP приложений
· Работа в команде, прямое взаимодействие с командой Front-end, Mobile и Design;

Основные требования:
· Уверенное знание Python 3, Django, PEP8, SQL, PostgreSQL;
· Опыт с Linux, Docker, Nginx, Gunicorn, Redis, ElasticSearch;
· Понимание принципов REST API, JWT;
· Умение строить сложные запросы и связи на SQL и Django ORM;
· Знание HTML5, CSS3, Javascript;
· Плюсом будет знание Vue.js, Nuxt.js, Node.js;
· Английский язык на уровне чтения тех. документации;

Дополнительно:
· Оформление по ТК, после успешного прохождения испытательного срока;
· Дружный коллектив молодых креативных специалистов;

Контакт: Сайёра
· Тел.: +998974211188
· Почта: pm@lenta.uz

Адрес города и офиса: Г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, Улица Зиёлилар, дом 9

👉 @uzpythonjobs
📌 «O‘zbek talabalar yetakchi kompaniyalarda ishlash o‘rniga, kundalik mayda ishlarga sho‘ng‘ib ketadi» - Varshavadagi universitet o‘qituvchisi bilan suhbat

Kun.uz'ning «Xorijdagi o‘zbeklar» rukni va Uzbek.Life loyihasining bu galgi mehmoni – Polshada yashab kelayotgan hamyurtimiz Jasur Boboyev. Varshava Vistula akademiyasi doktoranti ushbu akademiyada moliya-buxgalteriya o‘qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/96212654

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL | Instagram
​​ Siz ham muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi? unda siz...

Agarda siz muvaffaqiyatga, biron bir yaxshi natijaga erishmoqchi bo'lsangiz unda siz harakatingiz quyidagi ishlardan boshlashingiz kerak!

🔸 Hayotingizdagi keraksiz narsalardan voz keching (televizor, zararli odatlar, behuda narsalar) chunki bular sizni quruq vaqtingizni oladi va sizga hechqanday foyda bermaydi.

🔸Atrofingizga iloji boricha o'zingizga o'xshagan muvaffaqiyatga erishgan insonlarni yig'ishga harakat qiling, xalqimizda bir maqol bor "Qora qozonga yaqin yursang, qora kuyasi yuqadi" degan naql bor ya'ni hayotda ham huddi shunday agarda sizni atrofingizda tadbirkorlar yoki ITchilar bo'lsa siz ham ularga o'xshab borasiz.

🔸Hayotda muallif pozitsiyasida bo'ling ya'ni biron bir ishingiz o'xshamadimi aybni birovlarga ag'darmang, aybni o'zingizdan qidirishni o'rganing.

🔸Xatolardan xulosa chiqarishga odatlaning bir xato qildingizmi u xatoingizni yaxshilab analiz qiling, xatoingizni aniqlang va uni boshqa qilmaslikka harakat qiling

🔸Sohangizda ko'proq eng zo'ri, expertlaridan biri bo'lishga harakat qiling va izlanishdan, rivojlanishdan aslo to'xtamang!

Manba: Akilhanov Uz

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Html, Ruby, Java, Pyhton larni darajalari solishtirilsa nima bo'lishini ko'ramiz.
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
PYTHON DASTURLASH TILI kanalimiz tomonidan taqdim etilgan Python dasturlash tilini o'rganishda juda ham asqotadigan o'zbek tilidagi tarjima kitob va qo'llanmalar !!! 👌👨‍💻

🔵 Python asoslari (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/825

🔵 Python Tkinter Dasturlash (GUI) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/801

🔵 Learn Django (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/972

🔵 PyMySQL (Pythonda MySQL) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/982

🔵 Python uslubiy qo'llanma (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/870

🔵 Darslik (9-sinf Informatika) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/867

🔵 Pythonni mustaqil o'rganamiz 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1070

🔵 PEP8 – Pythonda kod yozish bo‘yicha qo‘llanma 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1074

🔵 Python dasturlash tilida mantiqiy o'yin dasturini ishlab chiqarish !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1075

🔵 API tushunchasi. Pythonda sodda API yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1094

🔵 Veb-server tushunchasi. 🐍 Pythonda sodda veb-server yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1114

🔵 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Skane" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1123

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiz !!! 1️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1119

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiiz !!! 2️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1120

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
👀 Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda IT sohasi yetakchisiga aylana oladimi?

☑️ Bu savolga pokistonlik yuqori malakali va tajribali mutaxassis – mahalliy loyihalarga investitsiya kirituvchi va mahalliy startaplarni qoʻllab-quvvatlovchi Asif Keshodia batafsil javob berdi.

Yaqinda u Oʻzbekistonga bir haftalik sayohat uyushtirdi va hattoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu mintaqaga tashrifi doirasida Namanganga tashrif buyurdi.

➡️ Xorijiy texnologik investorning faoliyati va uning Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish haqidagi fikri haqida koʻproq bilish uchun havolaga oʻting: https://clck.ru/TgejS

@python_uzbek_coder
Forwarded from Sariq Dev
🧠 Ақлий меҳнат сирлари

Ақлий меҳнатнинг мисоллари: қийин китоб ўқиш, мураккаб масала устида ишлаш ва маънили матн ёзиш (ва албатта дастурлаш)

Оз одамларгина ақлий ишга осонгина шўнғиб, жараёндан лаззат топа оладилар, натижа эса уларга қўшимча мукофотдек бўлади. Кўпчилик эса бунга киришади-ю қандайдир ички совуқ тўсиққа урилиб хафсаласини йўқотади. Шу тўсиқларни енгиб ўтиш баъзи сирлари билан бўлишмоқчиман.

1. Ақлий иш қилишдан олдин таомингизга аҳамият беринг. Оқсилга бой, енгил ҳазм бўладиган озуқа мияга ҳужайралари тез ва самарали ишлашига омил бўлади. Балиқ, ёғсизроқ гўшт, тухум, творог, бир оз ёнғоқлар, кўтара олсангиз сут – мана шулар каби. Ширинлик, хамир овқатлар ақлий ишни секинлаштиради. Яхшиси уларни мукофот тариқасида иш битгач еган яхши, мутлақо воз кечвориш ярамайди.

2. Жисмоний машққа киришиш олдидан аъзоларни қиздириб, чўзиш ҳаракатлари қилинади. Худди шундай ақлий ишни бошлаш олдин мия аъзоларини яхшилаб қиздириб олиш керак. Лекин қиздириш ҳаракатлари, биринчидан, ишингиз мазвзуга алоқадор бўлгани яхши; иккинчидан, енгил истеъмол бўладиган визуал контент бўлмасин. Мисол учун биология бўйича китоб ўқиётганингизда “қизиқишни уйғотиш учун” енгил елпи мавзуга оид бўлса ҳам видео ролик кўманг. Ундан кўраси биологияга оид журнал кичик мақолаларини варақланг, ёки китобингиздаги ажратиб ёзилган абзацларни кўз югуртириб чиқинг. Асосий нарса миянгизда саволлар туғилсин ва ўзингизча жавобни ўйлаб кўринг, ўқиш жараёнида миянгиз жавобингизни текшириб кўришга уринади. Қизитиш йўлларидан бири бу. Видео контент эса ташқи ҳиссиёт ички ҳиссий иштаҳани бўғиб қўйиши мумкин (ширинликлар каби).

3. Ўпка, қон томирлари ва мия ҳужайралари етарлик кислород билан тўйинишини таъминланг. Билиб қўйинг, мияни зўриқтирадиган ақлий меҳнат - биокимёвий жараён. Биокимёвий жараённи ёниш деса бўлади, кислородсиз ёндириш, куйдириб босиш мумкин эмас. Нафас олиш машқлари жуда кўп, биронтасини танлаб қўлланг. Юриш ҳаракати ҳам кислород билан яхши таъминлайди. Сув ичиш ҳам кислород билан тўйинишга ёрдам беради, умуман биокимёвий жараёнлар сувли муҳитда кечади.

4. Ишга киришишдан олдин чалғимасликка аҳд қилиб 10, 20, 40, 60 минутдан иборат танаффусли муддатлар белгиланг. Самарасиз бўлаётган бўлса ҳам шу 10 ёки 20 минутлик вақт охиригача етказиб ўтираверинг. Агар мия ишлаб кетиб, илҳом ёқангиздан тутганини ҳис қилсангиз-у муддат тугаган бўлса ҳам тўхташ интизомини шакллантиринг.

Бир оз танаффус қилиб янги муддатни бошланг. Интернетда “Помодорро” услуби ҳақида қизиқиб кўринг. Ишнинг энг қизиқ жойида узишдан қўрқманг! Бу ҳақда кейинги бандда.

5. Ҳеч қачон чарчаб холсизлангунча, кўнглингизга тегиб кетгунича ишламанг! Шундай қилсангиз вазифангизга бошқа сафар қайтиш жуда оғир кечади. Чарчоқнинг бошқа номи - оғриқ. Мия оғриқни ёмон кўради. Мия оғриқни унутмайди, минг хил баҳона билан ақлий ишга қайтишингизга тўсқинлик қилади. Яхшиси иштаҳа борида тўхтанг.

Эртаси куни учун қайси жойидан давом эитишни белгилаб бошқа ишларингизга равона бўлинг, масалан ухланг. Вақти келиб енгилгина шу жойидан давом этиб кетаверасиз. Бу нафақат синалган услуб балки деярли барча ёзувчилар ва олимлар муваффақиятли меҳнати сири!

Бундан кучлироқ тавсия топмаганман... Ишонишингиз учун, эсланг нима учун одамлар узундан узун сериалларни кутиб, севиб кўришади? Ҳар бир серия қизиқ жойидан узилади. Минг бир кеча эртакларидаги Шаҳризода ҳам бу сирни яхши билган.

Бу ҳақда яна ёзгим келди-ю, ажратилган тайм тугаб қолди.

Жамшид Муслимов
14.03.2021
​​Junior, Middle, va Senior dasturchilar orasida nima farq bor?

Junior — 2 yilgacha tajribaga ega boʻlgan, dasturchilikni endi boshlagan xodim. Bilganlari tajriba emas, asosan teoriya, va juda chegaralangan. Oʻrganishga juda chanqoq boʻlishadi. Katta loyihalarda mustaqil ishlay olishmaydi. Oyliklari $400 lar atrofida.

Middle — 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasiga ega xodimlar. Oʻzi ishlaydigan texnologiyalarni yaxshi tushunadi. Oʻrta meyona loyihalarda mustaqil ishlay olishi mumkin. Agar bir loyihaning oʻzidagina ishlasa, bu darajasida koʻp yillar davomida qolib ketishi mumkin. Oyliklari $800 lar atrofida.

Senior — 5 yildan koʻproq ish tajribasiga ega boʻlgan dasturchi xodimlar. Bir qancha loyihalarni boshidan oxirigacha ishtirok etgan. Mustaqil murakkab qarorlar qabul qila oladi. Dasturchilikni tubdan tushunadi. Odatda sal dangasaroq boʻlishadi, chunki koʻp ishlab charchab qolgan boʻlishadi :) Oyliklari $1400 lar atrofida.

Xoʻsh, siz ayni paytda qaysi darajadasiz?

©itstarsuz
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
#Web_dasturlash
#Frontend

🔰 Frontend developmentni mustaqil ravishda bepul videodarslar orqali katta amaliy tajribasi bor ustozlardan o'rganish niyatida bo'lganlar uchun tavsiya.

🤩 "Doston Rajabov" youtube kanalida "Front-end" kurslari bo'yicha bepul videodarslar berib borilmoqda !!!

🗂 Frontend Development darslari

⚡️ HTML
⚡️ CSS
⚡️ Bootstrap
⚡️ Sass/Less
⚡️ Javascript/jQuery
⚡️ ReactJs
asoslarini endi siz Senior Developer — Doston Rajabovdan o'rgana olasiz !!!

Frontend devolopment kurslarini qulay muhitda va asosiysi bepul ravishda mukammal o'rganing !!! 😊

Frontend Development darslari 👇
https://www.youtube.com/channel/UCLNc5Vze5_XjaUJ9curcN9g
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stiv_Jobs

Stiv Jobs — daho yoki shunchaki yaxshi marketolog? Hippidan tadbirkorlikgacha. | XURMO [GEO]

@python_uzbek_coder
Fransuz olimlari sun'iy yurakni yaratdilar.

To'rtta valf, ikkita qorincha va ikkita mikro nasos mavjud. Bundan tashqari, protezga yurak inson ehtiyojlariga moslashishga imkon beruvchi sensorlar kiradi.

Qurilma yurakning ishini uzoq vaqt qo'llab-quvvatlaydi yoki organni transplantatsiya qilishdan oldin oraliq bosqich bo'ladi.

Business Insider nashri Carmat (ishlab chiquvchi kompaniya) 2021 ning ikkinchi choragida o'z mahsulotini bozorga chiqarishga tayyorgarlik ko'rayotganligini yozadi.‌‌


#maqola #news

Manba: @full_stack_python_developer

@python_uzbek_coder
#Suniy_intellekt

🔥Sun'iy intellekt

Sun'iy intellekt bilan sun'iy ong yaratishimiz va biotexnologiya bilan sun'iy intellekt yordamida bir qancha kasalliglarga davo topilishi mumkin, shular jumlasidan hozirgacha yaratilayotgan yangiliklar dunyo olimlari tomonidan

1.Npreg - homilador bo'lganlarning soni
2.Bp - qon bosimi
3.Teri - Triceps terisining qalinligi
4.Bmi - Tana massasi indeksi
5.Ped - diabet kasalligi naslchilik funktsiyasi shular haqida ko'p ishlar yaratilmoqda
6.Glyukoza - Plazma glyukoza kontsentratsiyasi

Manba: Fulfil Education

@python_uzbek_coder
​​🇺🇿 O'zbekiston sharoitida ham 1500-2500$ dollar pul topish mumkinmi?

Bu savolga javobim shunday - "Albatta ha". Ehhe bunday summani O'zbekistonda topib bo'lmaydi, bizda oyliklar kam, bo'lmagan gap deyishingiz mumkin. Agarda shunday desangiz siz adashasiz 😉

O'limdan boshqa hamma narsaning iloji borligi kabi buni ham iloji bor. Eng avvallo siz bunday summani ishlab topishingiz uchun sohangizda Mutaxasis va ishingizdan rohatlanaolishingiz, yaxshi ko'rishingiz kerak.

🎯 Masalan agarda siz iOS developer bo'ladigan bo'lsangiz, siz O'ZB sharoitida bemalol maximium 1500-2000$ dollar topasangiz bo'ladi. Chunki bizda tajribali iOS dasturchilar juda kam va bu soha vakillariga talab ko'p.
Ko'pgina yaxshi IT firmalar tajribasi yuqori iOS dasturchilarga muhtoj va undan tashqari siz bemalol O'zbekistondan turib freelance platformalarida ham ishlashingiz mumkin bo'ladi.

Eng avvalo ishingizni seving, ishingizni ustasi bo'ling va ko'proq tajriba to'plang. Pul ishlash asosiy maqsadingiz bo'lib qolmasin.
Yuqori sanalgan hislatlar sizda bo'lsa qolgani sekin sekin albatta amalga oshadi!

@akilkhanovuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
Машҳурлашиб бораётган «инновацион» китоблар: тил ўрганиш воситасими ё лотерея?

KunUz сўнгги вақтларда хорижий тилларни тез ва инновацион методлар орқали ўргатишда фойдаланиш мумкинлиги ҳақида реклама қилинаётган китоблар устида кичик суриштирув ўтказибди.

Booknomy ёки Tedbook каби лойиҳаларга ҳозир мен мутлақо ишонмайман. Шунчаки лотереяга ўхшаш ўйин эвазига рекламанинг кучи билан катта миқдорда сотувга эришмоқда. Одамларимиз содда, уларга текин машина, текин совға, умуман текин нарсалар жуда ва жуда ёқади. Ваҳоланки улар текинга эмас, фалон суммага нархига арзимайдиган китоб сотиб олиши кераклигини эса хаёлига келтирмайди.

Ушбу китоблардан сотиб олмоқчи бўлаётганлар, KunUz мақоласини диққат билан ўқиб чиқинг, видеони албатта кўринг. Шунда фақат эшитиб 6 ой ичида хорижий тилни ўрганиб бўлмаслигини, бу шунчаки сафсата эканлигини тушуниб етасиз.

Бундан ташқари инглиз тилини ўргатадиган Booknomy деган китобнинг муаллифининг ўзи инглиз тилини билмаслигини билиб оласиз. Ахир бу майнавозчилик эмасми? Содда халқнинг устидан кулиш эмасми?

Бу каби мисоллар жуда кўп. Хулоса ўзингиздан.

👉 Мақолани ўқиш

📹 Видеони кўриш


👉 @xushnudbek 👈
Full-Stack nima? degan savolga javob
#qiziqarli

Gamburger bu - Full-Stack dasturlash, ya'ni yuqoridagi ko'rsatilgan til va texnologiyalarni bilgan holda, bu turdagi dasturchi bo'lishingiz mumkin(albatta hammasini bilish shart emas).

Front-end (iste'molchiga ko'rinadigan qismi, bulochkaning usti) - web sahifa foydalanuvchisi ko'radigan qism.
Web-xizmatlar(salat bargi) - ma'lumotlar bazasi bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan texnologiya va standartlar.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari(pishloq) - web ilova ma'lumotlarlari saqlanadigan joy.
Back-end(kotlet) - ilovaning asosiy mantiqiy jarayoni: ishlashi, tekshiruvlari, qayta ishlashlari shu yerda bo'ladi.
Operatsion tizimlar(eng quyi bulochka) - ilova ishlaydigan operatsion tizim, ya'ni asos.

☝️Mana shu misol orqali, o'z dasturlash yo'nalishingizni aniqlab oling, endi boshlovchilar uchun juda yaxshi visual ko'rinish.

Manba: IT PLANETA

@python_uzbek_coder
#Kayfiyat

– Bitta savol bersam maylimi?
– Berib boʻlding!
– Xoʻp, ikkita savol bersam maylimi? 😂
– Allaqachon berib boʻlding!
– Xoʻp, toʻrtta savol bersam maylimi? 😡
– Buncha ham berib boʻlding!
– Qachon? 🙄
– Hozir!

@python_uzbek_coder