PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
(Pythonda sayt yaratish) Dunyoda eng mashhur bo'lgan Python moduli Djangoda sayt yratish 10-dars

Ⓜ️anba: Informatika va Grafika

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pythonda kutubxonalarni qanday o'rnatish mumkin ?

Ⓜ️anba: Informatika va Grafika

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Python dasturlash tili bo'yicha boshlang'ich kurs !!!

Ⓜ️anba: Darslar Python

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
Python Dasturlash Tili vby Soft 2X.apk
5.3 MB
| #Soft_2X | @Kokand_Servis | #Apk |

#Uzbek_tilida

📥Fayl nomi
: Python Dasturlash Tili..!

🆚 Versiya: 1.0..!

💾 Fayl hajmi: 5,3 MB..!

📱Android Telefonlar Uchun (Apk)..!

📝 Izoh: Ushbu qo'llanma orqali siz Python dasturlash tilini boshlang'ich qismini o'rganishingiz mumkin..!

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
HTML & CSS o'zbekcha.exe
4 MB
HTML va CSS tilini to'liq o'rgatuvchi o'zbekcha kompyuter dasturi


📡 Yaqinlaringizni ham kanalga taklif qiling📡

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
[Dyevid_Kopec]_Klassicheskie_zadachi_Computer_Scie.pdf
27.2 MB
#books #rus #русский

"Классические задачи Computer Science на языке Python"

Web-dasturlash, ma'lumotlarni qayta ishlash, Machine Learning va Python ishlatiladigan boshqa sohalar uchun optimal kod yozishni o`rgatadi

Kitobda:
- Izlash algoritmlari;
- Graflar uchun umumlashtirilgan texnologiyalar;
- Neyron to`rlar;
- Genetik algoritmlar va boshqa qiziq ma'lumotlar.


Yil: 2020
Yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar

Bugungi kunda mashinalar odamlarning o‘rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025-yilga kelib bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi.

Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo‘lgan yetti kasbni aniqladi.


1. Taksichi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

2. Buxgalter

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.

3. Yurist yordamchisi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026-yilda.

Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqatadi — ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.

4. Aviadispetcher

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berajak qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.

5. Avtoturargoh xodimi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.

6. Turoperator

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025-yilda.

Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.

7. Tarjimon

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031-yilda.

2028-yilda Google og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.

Do'stlarga ulashing
#sessiya

Kitob o'qib o'tirsam, bobom keldi.

– Uxlayapsanmi?
– Sessiya yaqin. Tayyorlanyapman.

Yarim tun. Qarasam bobom joynamozda o'tiribdi, duo o'qib.

– Uxladingizmi?
– Sessiya yaqinlashyapti. Tayyorlanyapman...
TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021”GA START BERILDI!

Joriy yilning 1-dekabridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2021” tanlovi tashkil etilmoqda.

Dasturlash boʻyicha IT MARAFON – bu dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi va oʻziga berilgan virtual masofani bosib oʻtishlari kerak boʻladi.

Ushbu marafon uch bosqichda boʻlib oʻtadi:

Birinchi bosqich
– 45 kunlik dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish jarayoni. Bunda TATU professor-oʻqituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qoʻyiladigan masalalarni yechish boʻyicha kerakli tushuncha va yoʻriqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul online olib boriladi. Marafon natijalari yuqori boʻlgan ishtirokchilar sovrinli bosqichlar yaʼni ikkinchi va uchinchi bosqichga yoʻllanma oladilar.

Ikkinchi bosqich – qatnashchilar orasida faqat TATU yoki filiallarining birinchi bosqich talabalari qatnashib sovringa ega boʻladilar va ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida oʻtkaziladi.

Uchinchi bosqich – 15-30 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) koʻrinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida oʻtkaziladi.

“IT MARAFON-2021” dasturlash musobaqasining barcha gʻoliblari jami 60 000 000 soʻm sovrin jamgʻarmasiga ega boʻlishadi.

Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Marafonda C++, C#, Java, Python va boshqa dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Maʼlumot uchun: robocontest.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.

Roʻyxatdan oʻtish: robocontest.uz/register

Batafsil: https://bit.ly/IT-MARAFON2021

Ishtirokchilarda marafon boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa telegram orqali @robocontest_chat ga murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil
: https://tuit.uz/post/tatuda-sovrin-miqdori-60-000-000-som-bolgan-it-marafon-2021ga-start-berildi