PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
​​#terminlar

Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (1-qism)

🗝 Algorithm - ma'lum bir vazifani bajarish uchun harakatlar to'plamidir. Dasturlashda algoritmlar muammoni hal qilishning eng muhim qismidir. Algoritmni ishlab chiqishdan avval dasturchilar muammoni hal qilish uchun barcha zarur qadamlarni va har bir bosqich nimani o'z ichiga olganligini yozib oladilar.

📲 Application - siz shubhasiz applicationlar ya'ni ilovalar bilan tanishsiz. Faqat nomini bilmasligingiz mumkin halos. Masalan har kuni будильник qo'yish uchun siz ilovadan foydalanasiz. Siz dasturchi sifatida veb ilovalar, mobil ilovalar va kompyuter ilovalari orasidagi farqni bilishingiz kerak.

🐞 Bug - agar siz dasturchi sifatida ishlashni istasangiz, bu so'z sizning lug'atingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng muhum so'zlardan biri. Oddiy qilib aytganda bug bu veb-sayt yoki ilovani kerakli darajada ishlashiga xalal beradigan xatolikdir. Dasturlash olamida siz tez-tez buglar bilan yuzlashasiz va bunday muammolarni yechish asosiy vazifangiz hisoblanadi.

💾 Cache - kesh bu ma'lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun joy hisoblanadi. Tashrif buyurgan veb-saytingizdagi ma'lumotlar avtomatik tarzda sizning keshingizga saqlanadi. Agar yaqin kelajakda siz veb-saytga qayta kirsangiz undagi ma'lumotlar sizga original serverdan emas, balki keshingizdan olingan holatda havola qilinadi. Bu veb-saytning tezligini sezilarli darajada oshiradi.

👨‍💻 Code - albatta kod nima ekanligini bilmas ekansiz o'zingizni dasturchi deb atashingiz biroz kulgili holat bo'ladi. Kod bu dasturchilar dasturlash tillaridan foydalanib yozadigan narsadir. Kodlarning ko'rinishi qanday bo'lishiga qiziqsangiz, internet brauzeringizni oching va sichqonchaning o'ng tomonini bosib "view page source" (sahifa manbasini ko'rish)ga bosing. Siz biror veb-saytning ba'zi kodlarini mana shu yo'l bilan ko'rib olishingiz mumkin.
muallif: ©️Muhammadbobur

Dasturlash haqida ma'lumotlar:

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
​​#terminlar

Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (2-qism)

🐞 Debugging
- sizga ma'lumot berganimiz muammo (bug)lar esingizdami. Debugging bu xuddi shunday muammolarni yechish jarayoni hisoblanadi. Muammolarni tuzatish bir necha bosqichdan iborat jarayon hisoblanadi. Dasturchi muammoni topadi, koddan nusxa ko'chiradi va tuzatishga kirishadi. So'ng uni sinovdan o'tkazib, agar kerak bo'lsa qayta tuzatadi.

🖼 Frameworks - freymvorklar loyihani ishlab chiqish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish uchun ishlab chiqilgan bo'ladi. Oddiy qilib aytganda siz freymvorkni muammolaringiz uchun yechimlar to'plami deb tushunib olishingiz mumkin. Ba'zi mashhur freymvorklar: Bootstrap, Angular, Laravel.

📚 Libraries
(kutubxonalar) - dasturchilarning vaqtini va energiyasini tejashda katta yordam berishi mumkin. Kutubxonalar bu oldindan yozib qo'yilgan kodlar va modullar to'plami bo'ladi. Kutubxonalar orqali dasturchilar o'zlariga kerakli kodni ko'chirib, ishlatishlari mumkin. Masalan: JavaScript(dasturlash tili), jQuery(JavaScript kutubxonasi).

🔬 Minification
- bu fayl hajmini kamaytirish uchun kod va belgilarni minimallashtirish jarayoni. Masalan, dasturchi loyihani kodlashtirish jarayonida kodlar orasida bo'sh joylar qoldiradi, izohlar yozib boradi (kodni o'qishni oson qilish uchun). Minifaction jarayonida kodlar orasidagi bo'shliqlar va izohlar olib tashlanadi. Bu sahifani tezroq ishlashiga va foydalanuvchida yaxshi taassurot uyg'otish uchun muhim hisoblanadi.

🔌 Plugin - asosan mavjud dasturiy ta'minot (loyiha)ga qo'shimcha funktsiyalar qo'shadigan kengaytma. Masalan brauzeringiz uchun yoki matn muharriringiz uchun plaginlar. Agar ilova plaginlarni qo'llab-quvvatlasa buning yaxshi tomoni yangi imkoniyatlarni qo'shish oson bo'ladi. Shuningdek ilovaning hajmi ham kattalashib ketmaydi.
muallif: @the_muhammadbobur

@webdev07
Forwarded from Foydali LINK
#frilanser

Masofadan turib ishlashni xohlovchilar uchun eng katta saytlardan biri. Odatdagi frilans saytlardan farqi shundaki, bu saytda siz mijozlarni emas, mijozlar oʻzlari sizni izlab topishadi. Eng yaxshi ishlaringizdan toʻplab, roʻyxatdan oʻting. Agar ishlaringiz va xizmat narxingiz ularga qiziq tuyulsa aloqaga chiqishadi. Ushbu sayt orqali oyiga 5 xonali sonlarda pul topayotganlar ham bor.

LINK 👉 Fiverr.com

👉 @foydali_link
Forwarded from Foydali LINK
#bepul #kurs

Dasturlashdan tortib dizayn va hayot tarzigacha bo‘lgan ko‘plab video darslarni o‘zida jamlagan sayt. Karantin sababli 100 % bepul kurslar juda ko'paygan.

LINK 👉 Coursevania.com

👉 @foydali_link
Forwarded from matyokubov | personal blog (<\USER = FIRDAVS\>) via @like
Smart_Translator.exe
10.1 MB
Python dasturlash tilida, tkinter modulidan foydalangan holda - Aqlli tarjimon dasturini yaratdim. Ushbu dasturga tekst kiriting va pastda shu so'zni tarjima qiladi - birinchi tilni tanlang
Forwarded from Ravshan Baxranov
(by-Nichola-Lacey)-Python-by-Example-Learning-to.pdf
9.8 MB
Python by Example. Learning to Program in 150 Challenges - 2019
#python #english #beginner
Forwarded from Ravshan Baxranov
Книги по программированию для будущего Python Developera. Русские и на языке оригинала. Все в PDF.

Наш канал с задачами по Python: @pythonquestions

Ищешь работу: @pythonrabota

Создатель: @aldrson

По рекламным размещениям пишите : @anothertechrock
https://t.me/pythonbooks
Forwarded from Web Dasturlash kanali
​​Web dasturlash haqida, Frontend nima?
2-qism
Siz bilan Web dasturlash nima ekanligi bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endi hozir siz bilan Frontend haqida qisqacha tanishib chiqamiz

Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.

Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.

Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.

Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? 3-qismda shu haqida to'xtalamiz

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Savol: Web Dasturchi Freelancer (online) ishchi bo'lib, ishlay oladimi? Javob: Ha, albatta!

🌐 O'zbekiston va Dunyo miqyosidagi ko'pchilik dasturchilar online ya'ni Freelancer bo'lib, ishlaydilar. Chunki Freelancer bo'lib ishlash uchun ortiqcha sarf-xarajat ketmaydi ya'ni ishga borish, yo'l xarajatlari, ofis chiqimlari va boshqalar.

👨‍💻 Freelancer ishchi esa uydan turib, istalgan grafik asosida bemalol ishlashi mumkin. Bundan tashqari Freelancer'lik sohasida doimo ish topiladi va bu ishlar doimiy va vaqtinchalik bo'lib, ishga qarab yoki kelishilgan holda maosh to'lanadi.

🤓 Freelancer bo'lib ishlash uchun yana nimalar talab qilinadi? - Javob: Agar, ijtimoiy tarmoqlardan ozgina xabaringiz bo'lsa, juda yaxshi bo'ladi. Ingliz yoki Rus tillaridan tajribangiz va bilmingiz bo'lsa, nur ustiga nur bo'ladi.

🤔 Ho'sh ishlarni qayerdan topsam bo'ladi deysizmi? - Quyidagi Mahalliy internet saytlardan Freelancer'lik ishlarini topishingiz mumkin: Hirelancer.uz - Giglancer.uz - Frilanser.uz - Yoki Xalqaro Internet saytlardan ish topishingiz mumkin: Modber.ru - Clancer.ru - Fl.ru

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
​​Web dasturlash haqida
3-qism
Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak?

🔥 Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun)
🔻 Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda):
🔸 Html5
🔹 Css3
🔸 JavaScript (Es6)
🔹 Bootstrap
🔸 jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular
🔹Sass

🧑‍🎨 HTML va CSS
HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.

🧑‍🔧 JavaScript va jQuery
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
davomi bor...

Forwarded from 🌙
anti.exe
9 MB
Forwarded from 🌙
mana ozim qildim antivirus kompka
Forwarded from 🌙
Tekwirib korila
Forwarded from 🌙
Pythonda
Forwarded from Tech School
​​🐍Python🐍

🔺Python oddiy tuzilgan dasturlash tili bo'lib, aniq sintaksisga;
🔸Barcha platformalarda bir xil ishlaydigan interfeysga;
🔻Hamda 200 mingdan ortiq to'plamdan iborat kutubxonaga ega;
🔺Python dasturlash tilini o'qish, o'rganish, yozish va testdan o'tkazish oson va qulay;
🔸Python katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash
imkonini beradi;
🔻Bundan tashqari, Python — UNIX, Windows va Macintoshda o’zaro faoliyat yurutuvchi platformalar bilan hech qanday muammolarsiz mos keladi.

Shuncha afzalliklarni bilgandan so'ng sizni ham "Python dasturlash tiliga" bo'lgan qiziqishingiz oshdimi?😍
Lekin qayerda qanday qilib yoki kimdan o'rganishni bilmaysizmi?

Shahar markazida joylashgan va eng ilg'or texnalogiyalari bilan jihozlangan "Tech School" IT markazida, Pythonning professionlaridan tahsil oling va birinchi start-up proektingizni biz bilan birgalikda amalga oshiring!🚀

🏢Bizning manzil: Yunusobod tumani, Qozitarnov ko'chasi 50/4.
Mo'ljal: "MediaPark" binosi 4-qavat.
☎️ Murojat uchun: +998 99 818-94-78 / +998 71-207-56-00

Telegram | Facebook | Instagram | Web sahifa | You tube
Forwarded from Tech School
#courses #python

Bizning "Python dasturlash tili" kurslarimizdan lavhalar!

Birinchi darsimiz haqida fikr va mulohazalaringizni qoldiring!