PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Walletmor kompaniyasi teri ostiga o'rnatiladigan ilk to'lov chipini taqdim qildi. Chip kaftingizning sirtqi tarafiga maxsus jarrohlik yordamida o'rnatiladi.

Chipning amal qilish muddatiz 8 yil, o'rnatish narxi 199€. Implant batareyakasiz NFC (RFID) texnologiyasi asosida ishlaydi va faqatgina kassa-to'lov qurilmasiga yaqinlashganda faollashadi (zamonaviy bank kartalari kabi).

Endi do'konlarda kaftingizni bir silkitib to'lov qilib ketaverishingiz mumkin.

Nima deysiz, chiplanishga rozimisiz? 😅

@sariqdev
Tajriba yetishmaslik muammosi

Ko'p odamlar o'z loyihalarini yaratishga bir necha bor urinib, amalga oshmay qolsa, bu g'oyadan osongina voz kechishadi. Axir, hech narsa darhol bo'lmaydi, chunki bularning barchasiga tajriba yetishmasligi ta'sir qiladi.

Tegishli ko'nikmalar va bilimlarning yo'qligi orzuyingizni tark etish uchun sabab emas. Iste'dod tufayli ertami-kechmi kerakli ko'nikmalar yaxshilanadi, kerakli tajriba to'planadi va nima qilish va qanday qilish kerakligi haqida intuitiv tuyg'u paydo bo'ladi.

Tog'ning cho'qqisiga chiqish mashaqqat, biroq qiyinchilikka sabr qilib chiqib olsangiz, pastga qarab tushish oson bo'ladi. Yashin tezligida harakatlanasiz. Buning uchun faqat sabr va vaqt kerak. Faqat boy amaliy tajriba tufayli, haqiqiy asar yaratish mumkin bo'ladi.

Shunday ekan hech qachon taslim bo'lmang! 😊

Manba: IT Star

@python_uzbek_coder
Suhbatdan o'tishga tayyorlaydigan bir qancha servislar bilan tanishamiz

Pramp — bu yerda siz, bir qancha kompaniyalar suhbatidan o'tishga tayyorlanishingiz mumkin.

Codesignal — bu yerda siz Facebook, Google, Microsoft'dagi haqiqiy suhbatlardan savollar topasiz.

Intervyu.io — bu sayt taniqli kompaniyalarning ajoyib dasturiy ta'minoti muhandislari bilan anonim suhbat xizmatini taklif etadi.

CheckIO — o'yin jarayonida ishlab chiqilgan, hamma darajadagi dasturchilar uchun vazifalar mavjud bo'lgan sayt.

E-Olimp — turli xil murakkablikdagi vazifalarning katta arxiviga ega bo'lgan test tizimi.
Forwarded from Nizamoff
Hamma davrlarda fikrlar turlicha

Bilasizmi har kimning oʻz davri bor. Har kim oʻzi ulgʼaygan muhit va jamiyatdan kelib chiqib fikrlaydi. Masalan bugun sizga otangiz "Juda boʼlmaganda bitta oʼqishga "заочный"ga boʻlsa ham topshirib qoʼy" desa siz "Undan koʼra kurslarga borib dasturlashni oʼrganaman" deysiz.

20 yildan soʼng siz farzandingizga "Juda boʼlmaganda bitta dasturlash tilini oʼrganib qoʼy" desangiz, farzandingiz "Hozir sunʼiy intellekt orqali fikrlarimni virtual tarzda reallashtiruvchi nano texnologiyali super kompyuterni tuzilish prinsiplarini oʼrgangan holda oʼzimga yordamchi koʻzoynak ixtiro qilishim kerak, dasturlash tillari qiziq emas" deganida siz ham oʻzingizni davringiz oʼtganini tushunib yetasiz...

#kepQoldi

👉 @nizamoff
🍪 Cookies nima? Ular rostdan ham "mazali"mi?

❶ Internetda qaysidur saytga birinchi marta kirsangiz, sayt yuqori qismida yoki pastki qismida "bu sayt cookie'lardan foydalanadi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Cookies - bu saytlar tomonidan kompyuteringizda yig'iladigan sizning ma'lumotlaringizdir.

❷ Biron saytga kirdingiz va deylik, biron maqola o'qidingiz. Keyingi safar yana o'sha saytga kirsangiz va o'sha o'qigan maqolangizni qayta o'qimoqchi bo'lsangiz sayt sizga uni avval o'qiganligingizni eslatadi. Mana shu cookie'larning qanday ishlashidir.

❸ Cookie'larning "achchiq"lari ham bor - cross-site cookies - bular oddiy cookie'lardan ko'ra sizni butun internet bo'ylab nima qilayotganingiz haqidagi ma'lumotlarni kompyuteringizga yig'ib boradi va ulardan asosan reklamachilar foydalanadi.

❹ Agar internetga kirib biron oyoq kiyim qidirsangiz, bo'ldi tamom, qaysi saytga kirmang o'sha oyoq kiyim reklamasini ko'raverasiz. Bu cross-site cookie'laridir.

❺ Cross-site cookie'lari va oddiy cookie'larni brauzerni tozalash yordamida o'chirib yuborib mumkin, ammo supercookie deganlari ham bor. U yuqoridagi ikki cookie turidan ko'ra yomonroq va u cookie fayl sifatida emas, balki, brauzerning cache fayli sifatida saqlanadi. Supercookie'larni o'chirish uchun siz cache'ni tozalashingizga to'g'ri keladi.

ℹ️ Manba
Python orqali istalgan matnni qo'lda yozilgandek ko'rinishga keltirish.

👉 @python_uzbek_coder
Pythonda internet tezligini qanday aniqlaymiz?

##import speedtest module
from speedtest import Speedtest

def tezlikk():
print("Iltimos ozgina sabrli bo'ling!")

st = Speedtest()
down_tezligi = st.download()/1048576

print("Musaffo osmon ostidagi internet tezligingiz: {:.2f} MB/s\n".format(down_tezligi))

tezlikk()
Forwarded from Nizamoff
Har bir junior bilish kerak

Ko'p gapirib o'tirmayman, slayderni ko'rsangiz barchasini tushunib olasiz 😉

P.s. Asosiysi barchasi odamni o'ziga bog'liq!

👉 @nizamoff
Kompyuteringiz ip-adresini aniqlash dastur kodi:

import socket

def ip_adres():
## socket.gethostname() metodi orqali hostnameni olamiz
hostname = socket.gethostname()
## socket.gethostbyname() metodi orqali ip_addressni olamiz
ip_address = socket.gethostbyname(hostname)
## Ip_address va hostname ni ekranga chiqaramiz

print("Sizning IP-adresingiz: {} ".format(ip_address))
print("Kompyuter egasi: {} ".format(hostname))

ip_adres()
Forwarded from Nurmukhamedoff
Self-Study

Nikola Tesla yoki Steve Jobs kabi daholarni bilmagan odam bo’lmasa kerak, aynan shular nima orqali bu darajaga erishishgan deb o’ylaysiz? Menimcha ularning eng katta yutug’i bu self-study bo’lgan, u vaqtlarni bu metodikani hamma ham bilmas va hamma ham o’z tajribasida sinab ko’rmagan va albatta buning uchun yetarlicha resurslar bo’lmagan ham. Hozirgi katta miqdorda bepul resurslar, yuzlab content manbalari va onlayn kurslarga kirish imkoniyati bo’lib turgan zamonamizda esa, siz yangi narsa o’rganishga ko’p vaqt va kuch sarflash kifoya.

Self-learning nima ekanligiga qiziqgan bo'lsangiz, javob quyidagicha:
O'z-o'zini o'qitish-bu o'quv dasturisiz yoki imtihonsiz sinfdan tashqarida o'zingiz o'rganadigan narsa.
Biz o’rganib qolgan an’anaviy talim tizimi kabi, self-learning da o’rganganlaringiz imtihonni qanchalik yaxshi bajarganingiz bilan o’lchanmaydi. Self-learning bu sizga amaliy baholarsiz o'z bilimlaringizni o'lchash va takomillashtirish imkonini beradi. Natijada esa siz biron narsani baho uchun emas aksincha natija uchun o’rganasiz. Bilim omilidan tashqari, self-learning ham amaliy ko'nikmalar orqali o'z mahoratingizni oshirishga va tajribangizni boyitishga yordam beradi.

Self-study yaxshi taraflari nimada?
Self-Study muammoni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Self-Study da stressslar, hech qanday imtihonlar va muddatlar yo'q, faqat qiziqish va intizomga e’tibor berilsa bo’ldi.

Selft-Study da siz ko’plab ko'nikmalarga ega bo'lasiz, bu sizning darajangizni oshirishga yordam beradi, ya’ni qolganlardan ajralib turadigon hususiyatlaringiz rivojlanadi.
Self-Study sizning shaxsiy xohishingizdan kelib chiqadi, natijada siz kimdir majburlayotgani uchun emas maqsadingizga erishish uchun harakat qilasiz. Shunday qilib, siz muvaffaqiyatga erishasiz.
Bironta o’rganish usulini tanlang. Ular video, matnlar, yoki veb -seminarlar, bo’lishi mumkin.

Endi sizda savol tug’ilishi tabiiy qanday qilib self-study ni boshlayman?

Shu savolga commentlarda javob berishga harakat qiling, keyingi post shulardan kelib chiqib qanday qilib boshlab olish haqida bo'ladi.
Davomi bor...

@nurmukhamedoff_dev
🧑🏻‍💻Kelajakda dasturchilar o'rnini Sun'iy Intellekt egallaydimi?

💻Sun'iy intellektning sharofati bilan kelgusida dasturlar o'zini-o'zi yaratadi. Google kompaniyasi rahbari Sundar Pichai dasturlash sohasi kelajagini xuddi shunday tasavvur qiladi. Ammo, bu endi dasturchiga hojat bo'lmaydi degani emas – aksincha...

Yaqin kelajakda kompyuter dasturchilari o'rnini sun'iy intellekt egallaydimi? Aslida, buning imkoni bormi?

🙅🏻‍♂️Javob esa juda oddiy: Yo'q. Buning o'rniga "Kompyuter dasturchilari" "Sun'iy intellekt dasturchilari"ga aylanishadi.

🚀Sun'iy intellekt dasturlash sohasida kundan-kunga ilg'orlab borayotgani hech kimga sir emas. Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan qurilmalar inson boshqaradigan qurilmalardan yaxshiroq ishlashi bor haqiqat. Ammo mashina insondan bunchalik tez mustaqil bo'lishi imkonsiz.

🎯Hozirda dasturchilar kodni qo'lda yozib o'tirishmaydi. Ular, allaqachon, ma'lum jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi turli aqilli qurilmalar yordamidan foydalanishadi. Sun'iy intellekt ayni shu vazifani bajaradi: u dasturchiga yordam beradi.

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturchi sifatida universitetda o'qish uchun 7 sabab

Hozirgi kunda ko'pchilik dasturchi bo'lish uchun universitet kerak emas, aksincha uni to'siq deb hisoblaydi. Bugungi maqolada esa Azimjon Pulatov (Backend Engineer, Super Dispatch) dasturchilar uchun uuniversitet ahamiyatli va muhimligini tushuntirib berishga harakat qiladi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/universitet-sabablar

Bizni kuzatishda davom eting!

@mohirdev
Python dasturlash tilini yaxshi o'rganib, Djangoni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar uchun ajoyib kanal - t.me/djangodarslari kanalini tavsiya qilaman.

Bu kanalda siz Django freymvorkini 0 dan professional darajagacha o'rganishingiz mumkin. Kanaldagi kontent mutlaqo bepul