PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Advokatingiz robot bo'lishiga rozi bo'lardingizmi?

🤔 Kelgusida advokatlar o'rnini robotlar egallashi mumkinmi?

🤖G'alati eshitilishi mumkin, ammo sun'iy intellekt(AI) dasturiy tizimlar — mustaqil "fikrlaydigan" va o'zini-o'zi yangilay oladigan kompyuter dasturlaridan foydalanish qonunchilik olamida keng tus olgan.

🚀Joshua Brouder o'zining DoNotPay nomli dasturini "dunyodagi ilk robot advokat" deb ataydi.

🎯U foydalanuvchilarga yuridik hujjatlar matnini yozishga ko'maklashadi. Siz uning chatbotiga o'z muammongizni aytasiz, aytaylik, siz mashinangizga yuklatilgan jarimani bekor qilish davosi bilan ariza yozmoqchisiz, robot esa sizga qonunchilikda ishlatiladigan so'zlardan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.

✔️"Odamlar bo'lgan voqeani bemalol o'z so'zlarida ifodalab berishlari mumkin, mashinali o'qitish tizimi asosida ishlaydigan dastur esa ularning so'zlarini sof yuridik tilda bayon etadi. Robot ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi!" deydi loyiha muallifi Brouder.

©️Manba

@python_uzbek_coder
August 17, 2021
Forwarded from Sariq Dev
August 18, 2021
August 22, 2021
August 22, 2021
Forwarded from Nizamoff
August 30, 2021
🍪 Cookies nima? Ular rostdan ham "mazali"mi?

❶ Internetda qaysidur saytga birinchi marta kirsangiz, sayt yuqori qismida yoki pastki qismida "bu sayt cookie'lardan foydalanadi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Cookies - bu saytlar tomonidan kompyuteringizda yig'iladigan sizning ma'lumotlaringizdir.

❷ Biron saytga kirdingiz va deylik, biron maqola o'qidingiz. Keyingi safar yana o'sha saytga kirsangiz va o'sha o'qigan maqolangizni qayta o'qimoqchi bo'lsangiz sayt sizga uni avval o'qiganligingizni eslatadi. Mana shu cookie'larning qanday ishlashidir.

❸ Cookie'larning "achchiq"lari ham bor - cross-site cookies - bular oddiy cookie'lardan ko'ra sizni butun internet bo'ylab nima qilayotganingiz haqidagi ma'lumotlarni kompyuteringizga yig'ib boradi va ulardan asosan reklamachilar foydalanadi.

❹ Agar internetga kirib biron oyoq kiyim qidirsangiz, bo'ldi tamom, qaysi saytga kirmang o'sha oyoq kiyim reklamasini ko'raverasiz. Bu cross-site cookie'laridir.

❺ Cross-site cookie'lari va oddiy cookie'larni brauzerni tozalash yordamida o'chirib yuborib mumkin, ammo supercookie deganlari ham bor. U yuqoridagi ikki cookie turidan ko'ra yomonroq va u cookie fayl sifatida emas, balki, brauzerning cache fayli sifatida saqlanadi. Supercookie'larni o'chirish uchun siz cache'ni tozalashingizga to'g'ri keladi.

ℹ️ Manba
August 30, 2021
September 1, 2021
September 1, 2021
September 5, 2021
Forwarded from Nizamoff
September 5, 2021
September 7, 2021
Forwarded from Nurmukhamedoff
September 8, 2021
🧑🏻‍💻Kelajakda dasturchilar o'rnini Sun'iy Intellekt egallaydimi?

💻Sun'iy intellektning sharofati bilan kelgusida dasturlar o'zini-o'zi yaratadi. Google kompaniyasi rahbari Sundar Pichai dasturlash sohasi kelajagini xuddi shunday tasavvur qiladi. Ammo, bu endi dasturchiga hojat bo'lmaydi degani emas – aksincha...

Yaqin kelajakda kompyuter dasturchilari o'rnini sun'iy intellekt egallaydimi? Aslida, buning imkoni bormi?

🙅🏻‍♂️Javob esa juda oddiy: Yo'q. Buning o'rniga "Kompyuter dasturchilari" "Sun'iy intellekt dasturchilari"ga aylanishadi.

🚀Sun'iy intellekt dasturlash sohasida kundan-kunga ilg'orlab borayotgani hech kimga sir emas. Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan qurilmalar inson boshqaradigan qurilmalardan yaxshiroq ishlashi bor haqiqat. Ammo mashina insondan bunchalik tez mustaqil bo'lishi imkonsiz.

🎯Hozirda dasturchilar kodni qo'lda yozib o'tirishmaydi. Ular, allaqachon, ma'lum jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi turli aqilli qurilmalar yordamidan foydalanishadi. Sun'iy intellekt ayni shu vazifani bajaradi: u dasturchiga yordam beradi.

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
September 11, 2021
Forwarded from MohirDev.uz
September 11, 2021