PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#So'nggi_Qo'ng'iroq
🎁🔔 So'nggi tuhfa!

Maktab davrlarini yodga soluvchi, kayfiyatni maksimum ko'taruvchi videolavha, megabaytingizga achinmaysiz.

🔔 2021-yil bitiruvchilarini katta hayotga ilk qadamlari bilan tabriklaymiz, o'zlari xohlagan o'qishga kirishlariga tilakdoshmiz!!!
Forwarded from Python в тестах
Что выведет код выше?
Anonymous Quiz
23%
False
47%
True
7%
2.0
11%
2
5%
None
7%
Узнать ответ
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
Dasturlashga bog'liq hechkim aytmaydigan 5 haqiqat

🔘 Bir dona dasturlash tilini o'zi yetarli emas. Dasturlashni endigina boshlamoqchi bo'lgan yoshlarni eng ko'p o'ylantiradigan savollardan biri bu - qaysi dasturlash tilini o'rgansam ekan? Ammo o'z tajribamdan kelib chiqib aytamanki, bir ta til hechqachon yetarli emas. Boshqa dasturlash tilini o'rgansangiz, boshqa tarafdan o'ylashni ham o'rganasiz. Umuman olganda birtasini yaxshilab o'rgansa boshqasiga o'tish qiyin ish emas! Masalan Python dasturlash tilini oladigan bo'lsak. Agar siz bu tilni web-dastur yasashga ishlatmoqchi bo'lsangiz, unda agarda siz JavaScriptni bilmasangiz, faqat backendgagina chegaralanib qolasiz.

🔘 Bir oyda dasturlashni o'rganishni imkoni yo'q! Ba'zi bir bloggerlarning Dasturlashni 1 oyda o'rganing degan gapi mutlaqo xato deb o'ylayman. Dasturlashni hechqachon 1 oyda, hattoki 3 oyda ham o'rganib bo'lmaydi. To'g'ri agar gap oddiy skriptlar yozish haqida ketadigan bo'lsa, unda buning iloji bor albatta. Ammo mukammal dasturchi bo'lib, o'z jamoangizga va kompaniyangizga foydangiz tegishi uchun, sizdan bundan ko'proq bilim va tajriba talab qilinadi.

🔘 Kurslar sizga ishga kirishga yordam bermaydi. Sertifikatlarning foydasi yo'q demoqchi emasman, ammo falon narxdagi kursga bordim, demak tugatganimda ishim allaqachon tayyor deb fikr yuritayotgan bo'lsangiz, yana biroz o'ylab ko'rishingizni maslahat bergan bo'lardim. Kompaniyalar asosan siz qayerda o'qiganingiz, kim o'qitgani bilan qiziqmaydi. Ular qiziqadigan narsa bu: qanday vazifalarni bajarib bilasiz va aynan sizni ishga olish kompaniyaga qanday foyda olib keladi. Ishga kirishga yordam beradigan narsa bu: portfolio hamda chiroyli rezyume.

🔘 Yengilishingiz keladi, ammo kuchli bo'ling. Faoliyatingiz davomida bir nechi marta: bu soha man uchun emas ekan, hamma mandan kuchli, zo'r kod yozadi, mani kodimni esa hatto o'zim ham tushunmayman, degan fikrlar sizni qiynashi mumkin. Ammo siz kuchli bo'ling, yengilmang. Ko'p endi boshlayotgan dasturchilar shu qadamda tashlab ketishadi. Hechqaysi soha osonmas! Hamma ham, hatto eng kuchli dasturchilar ham, qachondir 0 dan boshlagan, va katta ehtimol bilan ularga ham shunday fikrlar kelgan boshida (balki hozrgacha 🙂 ). Dasturlashni boshlashdan oldin, nima uchun aynan shu sohani tanlamoqchilingizni yozib qo'ying (agar istasangiz shu post izohida yozib qo'ysangiz ham bo'ladi). Va qachon to'xtatmoqchi bo'lsangiz, shu yozganizni o'qib, o'zizga o'ziz eslating nima uchun boshlaganizni.

🔘 Matematika, Statistika va Ingliz tilidan qochib qutulolmaysiz. Matematika kerakmas, ingliz tili kerakmas, diplom kerakmas, notbuk kerakmas, hechnarsa kerakmas, kelinglar o'rgatamiz dasturlashni 😂. Juda ko'p uchratadigan marketing tuzoqlaridan biri. Hammasi kerak bularning. To'g'ri yoshligingizda matematikani yaxshi ko'rmagan bo'lishingiz, o'tirib qaysidir misolni yoki masalani soatlab yechishga harakat qilmagan bo'lishingiz mumkin, ammo dasturlash ham xuddi shunday. Dasturlashda ham fikrlash qobiliyati juda muhim, yechimga eng qisqa va optimal yo'lni topib bilish ham muhim. Umuman olganda, dasturchi sifatida o'ylashni rivojlantirishga matematikaning o'rni juda baland.

👉 @lazerg
Amerikada dasturchi bo'lib ishlash | Saidbek Arislonov

📌Kasb tanlashda insonlar yo’l qo’yadigan eng asosiy xatolardan biri bu, faqatgina kasb keltiradigan daromadga qiziqib, o’zi sevmagan ish bilan shug’ullanish bo’lsa, ikkinchisi esa bir sohani qat’iyan tanlamay, har 2 haftada o'z ish joyini yangilab turishdir.

🧑🏻‍💻Dasturlash esa aynan ana shunday insonlarni xush ko’rmaydi. Bo’lajak dasturchilardan, albatta, sabr, tirishqoqlik va o'z ishiga bo’lgan muhabbat talab etiladi.

🚀Navbatdagi PDP Meet-up loyihasining 17-soni mehmoni, MasterCard Senior Full Stack Developer Saidbek Arislonov Amerikada dasturchilarni qanday ustunliklari uchun ishga olishlari va u yerdagi ish muhiti haqida batafsil so’zlab berdilar.

Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/L-Rjyl52sPQ

Manba: PDP IT-Academy


@python_uzbek_coder
Advokatingiz robot bo'lishiga rozi bo'lardingizmi?

🤔 Kelgusida advokatlar o'rnini robotlar egallashi mumkinmi?

🤖G'alati eshitilishi mumkin, ammo sun'iy intellekt(AI) dasturiy tizimlar — mustaqil "fikrlaydigan" va o'zini-o'zi yangilay oladigan kompyuter dasturlaridan foydalanish qonunchilik olamida keng tus olgan.

🚀Joshua Brouder o'zining DoNotPay nomli dasturini "dunyodagi ilk robot advokat" deb ataydi.

🎯U foydalanuvchilarga yuridik hujjatlar matnini yozishga ko'maklashadi. Siz uning chatbotiga o'z muammongizni aytasiz, aytaylik, siz mashinangizga yuklatilgan jarimani bekor qilish davosi bilan ariza yozmoqchisiz, robot esa sizga qonunchilikda ishlatiladigan so'zlardan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.

✔️"Odamlar bo'lgan voqeani bemalol o'z so'zlarida ifodalab berishlari mumkin, mashinali o'qitish tizimi asosida ishlaydigan dastur esa ularning so'zlarini sof yuridik tilda bayon etadi. Robot ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi!" deydi loyiha muallifi Brouder.

©️Manba

@python_uzbek_coder
Forwarded from Sariq Dev
Walletmor kompaniyasi teri ostiga o'rnatiladigan ilk to'lov chipini taqdim qildi. Chip kaftingizning sirtqi tarafiga maxsus jarrohlik yordamida o'rnatiladi.

Chipning amal qilish muddatiz 8 yil, o'rnatish narxi 199€. Implant batareyakasiz NFC (RFID) texnologiyasi asosida ishlaydi va faqatgina kassa-to'lov qurilmasiga yaqinlashganda faollashadi (zamonaviy bank kartalari kabi).

Endi do'konlarda kaftingizni bir silkitib to'lov qilib ketaverishingiz mumkin.

Nima deysiz, chiplanishga rozimisiz? 😅

@sariqdev
Tajriba yetishmaslik muammosi

Ko'p odamlar o'z loyihalarini yaratishga bir necha bor urinib, amalga oshmay qolsa, bu g'oyadan osongina voz kechishadi. Axir, hech narsa darhol bo'lmaydi, chunki bularning barchasiga tajriba yetishmasligi ta'sir qiladi.

Tegishli ko'nikmalar va bilimlarning yo'qligi orzuyingizni tark etish uchun sabab emas. Iste'dod tufayli ertami-kechmi kerakli ko'nikmalar yaxshilanadi, kerakli tajriba to'planadi va nima qilish va qanday qilish kerakligi haqida intuitiv tuyg'u paydo bo'ladi.

Tog'ning cho'qqisiga chiqish mashaqqat, biroq qiyinchilikka sabr qilib chiqib olsangiz, pastga qarab tushish oson bo'ladi. Yashin tezligida harakatlanasiz. Buning uchun faqat sabr va vaqt kerak. Faqat boy amaliy tajriba tufayli, haqiqiy asar yaratish mumkin bo'ladi.

Shunday ekan hech qachon taslim bo'lmang! 😊

Manba: IT Star

@python_uzbek_coder
Suhbatdan o'tishga tayyorlaydigan bir qancha servislar bilan tanishamiz

Pramp — bu yerda siz, bir qancha kompaniyalar suhbatidan o'tishga tayyorlanishingiz mumkin.

Codesignal — bu yerda siz Facebook, Google, Microsoft'dagi haqiqiy suhbatlardan savollar topasiz.

Intervyu.io — bu sayt taniqli kompaniyalarning ajoyib dasturiy ta'minoti muhandislari bilan anonim suhbat xizmatini taklif etadi.

CheckIO — o'yin jarayonida ishlab chiqilgan, hamma darajadagi dasturchilar uchun vazifalar mavjud bo'lgan sayt.

E-Olimp — turli xil murakkablikdagi vazifalarning katta arxiviga ega bo'lgan test tizimi.
Forwarded from Nizamoff
Hamma davrlarda fikrlar turlicha

Bilasizmi har kimning oʻz davri bor. Har kim oʻzi ulgʼaygan muhit va jamiyatdan kelib chiqib fikrlaydi. Masalan bugun sizga otangiz "Juda boʼlmaganda bitta oʼqishga "заочный"ga boʻlsa ham topshirib qoʼy" desa siz "Undan koʼra kurslarga borib dasturlashni oʼrganaman" deysiz.

20 yildan soʼng siz farzandingizga "Juda boʼlmaganda bitta dasturlash tilini oʼrganib qoʼy" desangiz, farzandingiz "Hozir sunʼiy intellekt orqali fikrlarimni virtual tarzda reallashtiruvchi nano texnologiyali super kompyuterni tuzilish prinsiplarini oʼrgangan holda oʼzimga yordamchi koʻzoynak ixtiro qilishim kerak, dasturlash tillari qiziq emas" deganida siz ham oʻzingizni davringiz oʼtganini tushunib yetasiz...

#kepQoldi

👉 @nizamoff
🍪 Cookies nima? Ular rostdan ham "mazali"mi?

❶ Internetda qaysidur saytga birinchi marta kirsangiz, sayt yuqori qismida yoki pastki qismida "bu sayt cookie'lardan foydalanadi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Cookies - bu saytlar tomonidan kompyuteringizda yig'iladigan sizning ma'lumotlaringizdir.

❷ Biron saytga kirdingiz va deylik, biron maqola o'qidingiz. Keyingi safar yana o'sha saytga kirsangiz va o'sha o'qigan maqolangizni qayta o'qimoqchi bo'lsangiz sayt sizga uni avval o'qiganligingizni eslatadi. Mana shu cookie'larning qanday ishlashidir.

❸ Cookie'larning "achchiq"lari ham bor - cross-site cookies - bular oddiy cookie'lardan ko'ra sizni butun internet bo'ylab nima qilayotganingiz haqidagi ma'lumotlarni kompyuteringizga yig'ib boradi va ulardan asosan reklamachilar foydalanadi.

❹ Agar internetga kirib biron oyoq kiyim qidirsangiz, bo'ldi tamom, qaysi saytga kirmang o'sha oyoq kiyim reklamasini ko'raverasiz. Bu cross-site cookie'laridir.

❺ Cross-site cookie'lari va oddiy cookie'larni brauzerni tozalash yordamida o'chirib yuborib mumkin, ammo supercookie deganlari ham bor. U yuqoridagi ikki cookie turidan ko'ra yomonroq va u cookie fayl sifatida emas, balki, brauzerning cache fayli sifatida saqlanadi. Supercookie'larni o'chirish uchun siz cache'ni tozalashingizga to'g'ri keladi.

ℹ️ Manba
Python orqali istalgan matnni qo'lda yozilgandek ko'rinishga keltirish.

👉 @python_uzbek_coder
Pythonda internet tezligini qanday aniqlaymiz?

##import speedtest module
from speedtest import Speedtest

def tezlikk():
print("Iltimos ozgina sabrli bo'ling!")

st = Speedtest()
down_tezligi = st.download()/1048576

print("Musaffo osmon ostidagi internet tezligingiz: {:.2f} MB/s\n".format(down_tezligi))

tezlikk()
Forwarded from Nizamoff
Har bir junior bilish kerak

Ko'p gapirib o'tirmayman, slayderni ko'rsangiz barchasini tushunib olasiz 😉

P.s. Asosiysi barchasi odamni o'ziga bog'liq!

👉 @nizamoff